Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/299
Sana03.06.2022
Hajmi4,96 Mb.
#632497
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   299
Bog'liq
7908 1061 TDPU I A 2-son 2020

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 
 
2020/2
 
qurilmalargina talaffuzga о‘rgatishda samarali yordamchi vositalar hisoblanadi. Nuqtni 
vizuallashtirish vositalarini takomillashtirishga qaratilgan ish aynan mana shu yо‘nalishda 
davom ettirildi (B.A.G.Elsendoom, F. Coninx). Masalan, Germaniyada, Dyusseldorf 
Universiteti tibbiyot klinikasining audiologiya va akustika ilmiy laboratoriyasida (Research 
Laboratory for Medical Acoustics and Audiologyat the University Clinicof Dusseldorf, 
Germany) xuddi shu yillarda akustik nutq komponentlarini vizuallashtirish kompyuter tizimi 
ishlab chiqildi. Bu ishlanmani Peter Nolte, Renate Printzeni Gunter Esser amalga oshirdilar. 
Nutqni vizuallashtirish tizimlarini ishlab chiqishda radioelektronikaning yangi rivojlanish 
bosqichida akustik nutq komponentlarini kompyuter ekranida aks ettirishning butunlay 
о‘zgacha tizimini ishlab chiqishni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘ygan mutaxassislar mislsiz 
ilgarilab ketdilar. IBM korporatsiyasining ilmiy xodimlari aynan shu yо‘ldan bordilar.
1989-yili IBM ning Parij bо‘limida “Speech Viewer” (“Kо‘rinadigan nutq”) tizimi yaratildi. 
Uning asosida asosiy akustik nutq komponentlarini vizuallashtirishning mutlaqo yangi yechimi 
yotar edi. Mutaxassislar birinchi marta aniq axborot beradigan, hatto kichik yoshdagi bolalar 
ham osongina “о‘qib” oladigan obrazlarni yaratish va multiplikatsiya elementlarini kiritishga 
erishdilar. Shuningdek, ular hatto barqaror teskari aloqaga, ya’ni real vaqt rejimida ekranda 
bola uchun axborot beruvchi obraz kо‘rinishida taqdim etilgan nutq namunasini takror-takror 
eshitish imkonini beradigan interaktiv muloqotga erisha oldilar. Ushbu kompyuter tizimining 
bundan boshqa afzalliklarini ham hisobga olgan holda, shuni ta’kidlash mumkinki, IBM ning 
“Speech Viewer” (“Kо‘rinadigan nutq”) kompyuter tizimi birinchi bor nutqning talaffuz jihatini 
shakllantirish va korreksiyalashda akustik nutq komponentlarini vizuallashtirish prinsipiga 
asoslangan yordamchi vositalarga nisbatan surdopedagoglar va logopedlar qо‘ygan deyarli 
hamma talablarga javob berar edi. 90-yillarning boshida “Speech Viewer” (“Kо‘rinadigan 
nutq”) kompyuter tizimi kо‘plab mamlakatlarda surdopedagoglar va logopedlar tomonidan 
ishlatila boshladi. Bu texnologiyaning shu qadar keng tarqalishini quyidagilar bilan izohlash 
mumkin: u bolalarni talaffuz bо‘yicha mashg‘ulotlarga undashning (motivatsiya qilishning) 
noyob vositasi bо‘lib xizmat qiladi; bolalarning о‘z nutqiy faoliyatlarini real va orqaga surilgan 
vaqt rejimida tahlil qilish uchun qо‘shimcha vizual dinamik tayanchga bо‘lgan ehtiyojini 
qondiradi; bolalarning individual talaffuz qilish imkoniyatlarini amalda hisobga olish imkonini 
beradi.
Rossiyada rivojlanishida kamchiliklari bо‘lgan bolalarga ta’lim berish vositalarini ishlab 
chiqish uchun mikroprotsessorlar va axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatiga 
mutaxassislar faqat 90-yillarning boshlarida ega bо‘ldilar. “Speech Viewer” tizimining tuzilish 
prinsiplarini tahlil qilish asosida 1992-yilda “Delfa” firmasi tomonidan “Delfa-130” 
surdopedagogik trenajyor ishlab chiqildi.
Bu ikki tizimning qiyosiy tahlili shuni kо‘rsatadiki, о‘zlarining funksional imkoniyatlariga 
kо‘ra Rossiya mutaxassislarining ishlanmasi “Speech Viewer”dan ancha orqada turadi.
Nutqning talaffuz jihatlarini shakllantirish va korreksiyalashda qо‘llanadigan ta’lim 
vositalarining yangi avlodiga murojaat qilishimizning bir qancha sabablari mavjud bо‘lib, 
ularni quyidagi omillar asosida izohlash mumkin: 
- og‘zaki nutq muloqot vositasi va tilni о‘zlashtirish asosi sifatida favqulodda ahamiyatga 
ega; 
121



Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish