SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
ǀ
ISSUE 6
ǀ
2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1371
biroz boshqacha talqin qilinib, fakat ijod turi deya e’tirof etilgan. Blogging fuqarolik
jurnalistikasining asosiy shakllaridan biri, bu bir qator manbalar bilan tasdiqlanadi.
Bloglar alohida odamga (shaxsiy) yoki guruhga tegishli bo‛ladi. Masalan:
Bahodir Ahmedov blogi (
https://t.me/bahodirahmedoff
) ,
Aziza Qurbonova blogi (
https://t.me/qurbonova_a
)
Shahnoza Soatova blogi (
https://t.me/shahnozxon
)
Zafarbek Solijonov (
https://t.me/Zafarbek_Solijonov
)
Bloglarning mavqei jahon axborot makonida kundan kunga oshib bormoqda.
littp://go.mail.ru/search?fm=l&q saytining xabar berishicha: 2004 yildan buyon 14
iyun xalqaro blogerlar kuni sifatida nishonlanmoqda.
Blogerlik - ommaviy axborot sohasidagi faoliyat. Ammo blogerlik shu sohadagi
ishning boshqa turlariga, masalan, notiqlik. Matbuot,
radio yoki televideniyedagi
faoliyatga o‛xshamaydi. Masalan, Rossiya Federasiyasida blogerning saytiga bir
kecha-kunduzda uch ming iste’molchidan ko‛prok odam kirsa, mazkur blog OAV deb
nomlanish huquqiga ega bo‛lishi qonun bilan belgilangan.
O‛zbekiston qonunchiligida bunday me’yor yo‛q. 2014-yilda qabul qilingan
«O‛zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‛zgartish va qo‛shimchalar
kiritish to‛g‛risida»gi qonunda «bloger - internet jahon axborot tarmog‛idagi o‛z veb-
saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‛lgan,
ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa
xususiyatga ega axborotni
joylashtiruvchi, shu jumladan, axborotdan foydala- nuvchilar tomonidan ushbu
axborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs» deya ta’riflanadi.
O‛zbekiston
Respublikasining
2003-yil
1-dekabrda
qabul
qilingan
«Axborotlashtirish
to‛g‛risida»gi
konunning
3-moddasi shu mazmundagi xatboshi bilan to’ldirilgan.
Yana bir qo’shimcha Qonunning 12-moddasiga tegishli.
Bu yerda
«veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan,
bloger hamma
erkin foydalanishi mumkin bo’lgan axborot joylashtiriladigan internet jahon axborot
tarmog’idagi o’z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi
mumkin bo’lgan axborotni joylashtirishdan avval uning to’g’riligini tekshirishi,
shuningdek, joylashtirilgan axborotning noto’g’riligi aniqlangan
taqdirda uni darhol
o’chirib tashlashi shart»
1
deb belgilangan.
Mazkur huquqiy me’yorda blogerlik faoliyati qonuniy kafolatlangan. Faqat
huquqshunoslar tomonidan qonunga yoziladigan sharh yoki izohlarda qanday
axborotni noto’g’ri deb hisoblash mumkinligi haqida tushuncha berilmagan.
Misol
uchun, aytaylik, bir bloger boshqa bloger materialini o’z sahifasiga joylashtirsa va bu
ma’lumot noto`g’ri chiqsa, unda kim javobgarlikka tortilishini aniqlash zarur bo’ladi.
Vaholanki, internet kengliklarida axborot noto’g’riligi tushunchasi turli mamlakatlarda
1
http://www.lex.uz/pages/getpage.aspx?lactjd=2456411