ǀ
ISSUE 6
ǀ
2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1374
olgan. Undan tashqari bu faoliyat ommaviylik bo’yicha dastlabki yillardagi matbuot,
radio va televideniyeni ortda qoldirdi.
5
Ma’lumki, ommaviy auditoriya mish-mish va shov-shuvlarni yoqtiradi hamda
ularga ko’proq qiziqadi. Bu ehtiyoj blogerlarning materiallariga talabni oshiradi.
An’anaviy tahririyatda vazifalar (jumladan, mavzular) xodimlar o’rtasida bo’lingan
bo’lsa, bloger ko’p hollarda bir o’zi tahririyat vazifasini bajaradi. O’z nuqtai nazarini
bayon etishda blogerlarning imkoniyatlari kengroq. Ular bevosita interfaol shaklda
ko’prok ishlaydilar, matn bilan birga foto va videoyozuvlarni taqdim etadilar,
yangiliklar bloklarini tuzadilar.
Blogerlar ijodida jurnalistikaning turli vazifalarini birlashtirish hodisasi uchrab
turadi, ya’ni ular rasmiy materiallarni kamroq sharhlaydilar. Ammo rasmiy OAV esa
ulardan iqtiboslar keltirib turadi. Zamonaviy virtual jurnalistika uchun hozirda bu
odatiy hol bo’lib qolgan.
Bugungi kunda bir jurnalist ikki maqomda ish olib borishi tabiiy bo’lib
qolmoqda, professional xodim va bloger. Chunki ayrim tahririyatlar jurnalistning erkin
fikrini o’tkazmaydi, shunda ular shaxsiy pozisiyalarini bloger sifatida bildirishga
intiladilar.
Ko’p jamiyatlar hayotida bir noodatiy manzara, ya’ni davlat yoki jamoatchilik
vakillarining keng ommadan ayrim axborotni yashirishga urinishlari kuzatiladi.
Bunday vaqtlarda blogerlar yangilik haqida bilganlaricha gapirib, yetakchilikni qo’lga
oladilar. Bunday holatda xatto professional jurnalist yoki nashrlar, boshqa manba
yo’qligi sababli, bloger uzatgan axborotdan foydalanishga majbur bo’ladi.
Bugungi kundagi "blog" tushunchasi inglizcha "web log" - "vebkundalik"
birikmasidan kelib chiqqani ko'pchilikka ma'lum bo'lsa kerak. Bu ibora boshida "web
log", keyinroq "weblog" holida qo'llanilgan bo'lsa, ko'p o'tmay "blog" holiga kelgan.
Afsuski, bugun jamiyatimizda ko'pchilik bloggerlikni juda tor ma'noda
tushunishadi. Ko'pchilik blogger deganda faqat jamiyatdagi kamchiliklarni aytib,
tanqid qiluvchi shaxsni, blog deganda esa facebook profili, sahifasi telegram kanalini
tushunishadi. Aslida esa blog juda keng ma'noga ega. Blogning quyidagi turlari
mavjud:
1. Shaxsiy blog
2. Moda blogi
3. Taomlar retsepti blogi
4. Sayohat blogi
5. Musiqa blogi
6. Hayot tarzi blogi (Lifestyle)
7. Fitness blogi
5
Nozima Muratova, Nargis Qosimova, Gulnoza Alimova, A’zam Dadaxonov, Azizaxon Ilyosxonova, Sitora Xolmatova,
Nigina Xakimova: Jurnalistika “Onlayn jurnalistika va mediada yangi trendlar” –T.: O’zbekiston, 2019. 135-b.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
Do'stlaringiz bilan baham: |