Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
TARIX 
 
 
2016-yil, 2-son 
marhumlar buyra yoki kigizga yotqizilgan. Ularning boshi asosan shimol yoki shimoli-sharqqa qaratib 
ko‘milgan. Har bir qabrda sopol idishlar temir xanjar, pichoq, kamar to‘qalar va boshqalar uchraydi 
[8]. Bu esa ushbu qabrlarga chorvador urug‘ jamoalariga mansub kishilar dafn etilganligidan guvohlik 
beradi.
Zarafshon vohasi mozor-qo‘rg‘onlari moddiy manbalaridagi umumiy yaqinlik Sirdaryo bo‘yi 
yodgorliklari misolida o‘rganilib klassifikatsiyalangan sopol idishlarda ham kuzatiladi [9]. Voha 
mozor-qo‘rg‘onlaridagi kulollik idishlari o‘z yasalishi va shakliga ko‘ra, Ustrushonadagi Shirinsoy, 
G‘ulbo [10] Farg‘ona vodiysidagi Kugay-Qorabuloq madaniyatiga oid Qorabuloq, Jangail, Isfara [11]. 
Shuningdek, janubiy Ural atroflaridan ochib o‘rganilgan chorvadorlar qabrlarida o‘rganilgan idishlar 
bilan yaqin muqoyasaviy o‘xshashlikka ega [12]. Milodiy eramiz boshlarida Qovunchi madaniyatining 
ta’siri markaziy Sug‘dning mahalliy tub aholisi shaharlarigacha kirib boradi. O‘rganilgan manbalar, 
Qovunchi (Sirdaryo bo‘yi) madaniyatini bu davrda O‘rta Osiyo bo‘yicha ustuvor bo‘lganligini 
ko‘rsatmoqda.
А.Asqarov Qovunchi madaniyati sopollarining umumiy ta’rifini quyidagicha keltiradi: 
“Qovunchi madaniyatining aksariyat ko‘pchilik sopol idishlari xum va tuxumsimon xumchalar, dastasi 
hayvon figurali krujka va xurmachalar Burg‘uliq keramikasi bilan genetik jihatdan bog‘lanmagan. 
Qovunchi madaniyatining xum va xumchalari bo‘g‘zi ostida uchburchak, ilon izi, sxematik hayvon 
sifat rasmlar va xoch shaklidagi tamg‘alar uchraydi. Xum va xumchalarning yelkasi nishab, tashqariga 
qayrilgan, gardishi yumaloq yoki uchburchaksimon shaklda yakun topgan. Yelka va bo‘g‘zini 
birlashtiruvchi dastasi ba’zida hayvon shaklida ishlangan. Uning qarama-qarshi tomonida trubasimon 
jo‘mragi joylashgan. Qovunchi madaniyati xurmachalari va krujkalari jo‘mraksiz, ammo dastalari 
hayvon shaklida ishlangan. Sopol idishlar tarkibida katta va kichik hajmdagi miskalar, flyagalar, 
tovalar, chiroqdonlar, qo‘chqor boshli sopol qozon tagkursilari, qozon va idish qopqoqlari uchraydi 
[4]. Umuman olganda, Sug‘dda o‘rganilgan sopol idishlarning barchasining yasalish texnologiyasi, 
shakli va sirtiga berilgan bezaklarida yuqorida ta’riflangan – Qovunchi madaniyatiga oid kulollik 
idishlariga xos xususiyatlar mavjud [9].
Moddiy manbalar tahlili O‘rta Sirdaryo bo‘yi hududida shakllangan Qovunchi madaniyati 
sohiblari birinchi va ikkinchi bosqichlar chegarasida janubga siljiganligini ko‘rsatmoqda. Zarafshon 
vohasidagi shu davrga oid Kofir-qal’a, Talu-Barzu, Oqjartepa kabi yodgorliklarda Qovunchi 
madaniyatining tasiri ayniqsa kuchli seziladi.
Shunday qilib, Zarafshon vohasidan topib o‘rganilgan ko‘chmanchilarga mansub moddiy 
madaniyat namunalari bronza davridan boshlab to o‘rta asrlarda ham chorvador aholining tinimsiz 
ravishda bu o‘lkaga kirib kelganligi va o‘troqlasha borganligini ko‘rsatadi. Bu tarixiy jarayonlar 
qadimiy yozma manbalarda ham o‘z aksini topgan. Zarafshon vohasining o‘zlashtirila boshlanishidan 
to uning aholi gavjumlashgan obod vohaga aylanishigacha bo‘lgan davrda, vaqtlar mobaynida kirib 
kelib, o‘troqlasha borgan va voha atrofida istiqomat qilgan ko‘chmanchi chorvador xalqlarning ham 
o‘rni bo‘lgan. Bu chorvador aholini esa Quyi va O‘rta Sirdaryo bo‘yi orqali kirib kelgan va 
dehqonchilik uchun qulay joylarda o‘troqlasha borgan. Biroq, Sug‘d hududida o‘rganilgan moddiy 
madaniyat namunalari bu yerda (dehqonchilik uchun tabiiy sharoitning qulayligi sababli), 
chorvadorlarning xo‘jalik yuritish shaklini ertaroq o‘zgartirganligini ko‘rsatadi. 

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish