ILMIY AXBOROTNOMA
TARIX
2016-yil, 2-son
unga berilgan naqshlarda Kojamberdi tipidagi sopol idishlarga, ikkinchi idishning yasalishi va
bezalishida esa Tozabog‘yob va Andronova madaniyatining Orsk-Oqto‘ba guruhidagi yodgorliklardan
topilgan idishlar bilan o‘xshashlik kuzatiladi [3]. Zarafshon quyi qismidagi Gujayli, Katta va Kichik
Tuzkon hamda Mohandaryo o‘zanlaridagi chorvadorlarning qisqa muddatli yashash joylaridan topib
o‘rganilgan sopol buyumlarning Andronova jamoalariga tegishli materiallar bilan qariyib bir xilligi,
chorvador qabilalarning shimoliy dasht mintaqalaridan, O‘rta Osiyo dehqonchilik vohalariga, bronza
davridanoq kirib kelganligi to‘g‘risidagi ilmiy farazni yana bir bor tasdiqlaydi. Bu esa akademik
A.A.Asqarov ta’biri bilan aytganda, “chorvador turkiy tilli dashtliklarning Zarafshon vodiysining
Sug‘diyzabon qadimgi dehqonchilik madaniyati jamoalari bilan ilk bor aralashib, qorishib yashay
boshlaganliklaridan dalolat beradi” [4].
Dashtdan kirib kelgan aholi sekin-asta o‘troqlashib, mahalliy aholi bilan turli xildagi madaniy
aloqalar natijasida yaqinlashib, qorishib borishi vohada ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va etnik hayotning
yanada jonlanishiga sabab bo‘lgan. Turli xil xo‘jalik vakillarining madaniy aloqalari faol
kechganligini, ayniqsa, 1994-2000-yillarda o‘rganilgan Galasherik qabristoni materiallari o‘zida
yaxshi namoyon qiladi. Akademik A.A.Asqarov ushbu mozorlarda o‘rganilgan materiallarni tahlil
qilib, “Bu joy turli etnik guruhlar vakillarining qabristoni bo‘lsa kerak”, deb va yana “Bu joydan
topilgan ashyoviy dalillar uch xil etnik guruhlarga tegishli bo‘lib, ular o‘rtasida uzoq asrlar davom
etgan iqtisodiy va madaniy aloqalar haqida guvohlik beradi”, degan fikrni bildiradi [4].
Yevro Osiyo dashtlaridan ko‘p sonli chorvador aholi kirib kelishining eng yirik to‘lqinlaridan
biri antik davrda, ayniqsa, miloddan avvalgi I ming yillikning so‘nggi choragida kuzatilgan. Ushbu
davrda kirib kelgan yuechji, usun, xun va boshqa qabilalarining ba’zi guruhlari Sug‘dning
dehqonchilik vohalari atrofidagi chorva uchun qulay joylarida ham qolib ketgan va bu yerlarni makon
tutishgan. Aynan shu paytda, chorvadorlarning Sug‘dga, nafaqat O‘rta Sirdaryo bo‘yi, balki Sirdaryo
quyi oqimi – Qizilqum orqali kirib kelishi ham kuzatilgan. Uzluksiz sodir bo‘ladigan bu jarayonlar
o‘troq aholi va ko‘chmanchilar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada faollashtirgan. Bu davrga oid
arxeologik materiallar O‘rta Sirdaryo bo‘yining turli madaniyat vakillari uchun kontakt makoni
vazifasini o‘taganligini ko‘rsatadi[5].
O.V.Obelchenko Zarafshon vohasidagi chorvadorlarga mansub ko‘plab mozor-qo‘rg‘onlarni
o‘rganib, Sug‘dga dasht madaniyatining ta’siri ayniqsa antik davrda – milod boshlarida nihoyatda
kuchli ta’sir ko‘rsatganligini asoslab, ularning qabr tuzilishi, dafn marosimlari va ashyoviy buyumlar
tahliliga ko‘ra xronologik jihatdan uchta guruhga bo‘lgan [6]. Ulardan birinchi guruhga mansub
mozor-qo‘rg‘onlar miloddan avvalgi VII-III asrlarga oid bo‘lib, ko‘plari yog‘och bilan yopilgan, oddiy
gruntli qabrlardir. Marhumlar boshi g‘arb tomonga qo‘yib, tagiga qamish to‘shab ( ba’zan boshiga
qamishdan yostiq qo‘yilgan) holda dafn etilgan. Shuningdek, qabrga qizil rang sepish, bo‘rli tayoqcha,
siniq boshli sopol idish, qurbonlik toshi, qilich va xanjarlar (Lavandak) qo‘yilishi kuzatiladi[6].
Ikkinchi guruhi miloddan avvalgi II-I asrlarga mansub bo‘lib, bu qabrlar shimol-janub
yo‘nalishida g‘arbga biroz og‘dirilgan tarzda qazilgan. Marhumlar ko‘proq janubi-g‘arbiy yo‘nalishda
dafn etilib, shimoliy devordan lahadga tuynuk qo‘yilgan. Ularda yorma qabrlar ko‘pchilikni tashkil
etib, g‘arbiy uzun devor tagidan yorma qazilgan va zina qoldirilgan. U ayvondan qamish va ohaktosh
bo‘laklari bilan ajratilgan.
Uchinchi guruh esa milodning I–VII asrlariga mansub bo‘lib, bu davrga kelib, yorma ayvondan
xom g‘isht bilan ajratilgan. Qurollar kam uchraydi. Marhumlar oldingi (janubi-g‘arbiy) yo‘nalishda
dafn etilib, ko‘proq gilamga o‘xshash to‘shamaga yotqizilgan. Yorma oldingilarga o‘xshasada, endi
tushuvchi o‘radan pastda joylashgan. Shu paytgacha yorma bilan ayvon o‘rasi bir xil tekislikda
joylashgan edi. Qabrlarga qo‘yilgan buyumlar ham oldingiday – qo‘yning old oyog‘i, turli xil
shakldagi ko‘zalar, qurollar, ba’zan tuxum ham uchraydi. Barcha guruhdagi dafn marosimlarida olov
izlari kuzatiladi. Marhumlar yakka va juft holda dafn etilib, ko‘pmartalik qabrlar va groblar ham
mavjud. Jasadlar asosan, uzala chalqancha yotqizilib, bukchaytirilgan va oyoqlari tizzasidan yig‘ilib,
ikki tomonga yotqizilgan tarzda dafn etilgan [6]. Ushbu mozor-qo‘rg‘onlar Sug‘d vohasiga
ko‘chmanchilarning kirib kelishi, o‘troqlasha borishi va aholining chorvador dasht qabilalari bilan
aloqalari haqida ma’lumotlar beradi.
O.V.Obelchenko Sug‘d mozor-qo‘rg‘onlarining vujudga kelishini Orolbo‘yi va Quyi Sirdaryo
orqali siljigan sarmatlar bilan bog‘laydi. Zarafshon o‘rta qismidagi Sazag‘on, Mironqul va Oqjartepa
kabi mozor-qo‘rg‘onlarning moddiy madaniyat namunalarida O‘rta Sirdaryo bo‘yi hududi orqali
siljigan yuechji, usun va xun qabilalarining ta’siri ko‘proq seziladi [7]. Masalan, 1964-1965-yillarda
o‘rganilgan III-IV asrlarga mansub, Mironqul (jami 17 ta o‘rganilgan) mozor qo‘rg‘onlarida
16
Do'stlaringiz bilan baham: |