Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
TARIX 
 
 
2016-yil, 2-son 
qarori qabul qilindi. Qarorga binoan 2014-2015-o‘quv yilida xitoyshunoslik fakulteti bakalavriat 
yo‘nalishi xitoy filologiyasi – 34 kishi, jahon siyosati – 25 kishi, mamlakatlar iqtisodiyoti va 
mamlakatshunoslik – 25 kishi qabul qilindi. Barcha yo‘nalishlarda zamonaviy pedagogik va axborot 
komunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ilg‘or o‘qitish usullarini joriy etish asosida Xitoy 
tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti sohasida chuqur bilimlarga ega bo‘lgan va xitoy tilini erkin 
biladigan yuqori malakali xitoyshunos mutaxassislarni tayyorlash boshlab yuborildi. Yuqori malakali 
kadrlarni tayyorlashda fakultetning o‘quv jarayoni va ilmiy-metodik ishlarini tashkil qilish uning 
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, o‘quvchilar va talabalarning chet ellardagi oliy ta’lim 
muassasalarida stajirovkadan o‘tishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag‘ 
ajratish ko‘zda tutildi [8]. Ayni paytda fakultetda bakalavr yunalishi va magistratura mutaxassisligi 
bo‘yicha 325 nafar talaba tahsil olmoqda. Ularning 310 nafari bakalavr, yana 15 nafari magistrlar 
hisoblanadi. Fakultetda xitoy tili va adabiyoti, xitoy iqtisodiyoti, xitoy siyosati va uning xalqaro 
munosabatlardagi o‘rni kafedralari faoliyat ko‘rsatib kelyapti.
Talabalarga 60 nafardan ortiq professor-o‘qituvchi xitoy adabiyoti, madaniyati, tarixi va 
iqtisodiyoti bo‘yicha bilim bermoqda. Ularning 4 nafari xitoylik mutaxassislar bo‘lsa, aksariyat qismi 
Xitoyda malakasini oshirib qaytgan o‘qituvchilar hisoblanadi [9]. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mamlakatni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor 
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ta’lim sohasidagi 
2014-yilda amalga oshirilgan muhim ishlar qatorida Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti tarkibida 
xitoyshunoslik fakultetining tashkil qilinganligini alohida ta’kidlab o‘tganligi ikki mamlakat 
o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalarni katta ahamiyatga ega ko‘rsatadi [10]. 
Ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirishdan Xitoy davlati ham 
manfaatdor ekanligini va barcha sharoitlarni yaratib berayotganligini ta’kidlash kerak.
XXR hukumati 2014-2015-o‘quv yilida ikki yoqlama shartnoma asosida hamda ShHT doirasida 
o‘zbekistonlik talaba va stajyorlarga 120 ta grant ajratdi. Shu bilan birga Konfutsiy instituti 
tinglovchilalarining 50 tasi Lanchjou universitetida tahsil oldi. Shuni ta’kidlash joizki, XXRda 
O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish yildan yilga ortib bormoqda. 2010-yilning iyun oyida Xitoy Millatlar 
Markaziy universiteti rus tili va Markaziy Osiyo xalqlari tillari fakultetida o‘zbek tili bo‘limi ochildi. 
2012-2013-o‘quv yilidan boshlab Pekin chet tillar universitetifda o‘zbek tilini o‘rganish yo‘lga 
qo‘yildi. 2013-yil 15-may kuni Shanxay shahrida Xitoyda birinchi marta Shanxay universiteti 
huzuridagi ShHT Jamoat diplomatiyasi ilmiy tadqiqot instituti negizida O‘zbekiston tadqiqotlari va 
ta’lim almashuvlari markazi ochildi. Ushbu markaz olimlari O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatini 
chuqur o‘rganish bilan shug‘ullanadi [11]. 
Xullas, O‘zbekiston va Xitoy munosabatlarida madaniy-ma’rifiy sohadagi hamkorlikni o‘zaro 
manfaatdorlik asosida va keng ko‘lamda rivojlanib borayotganini ta’kidlashimiz lozim. Albatta, ikki 
davlat o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy sohadagi aloqalarni yuksaltirish potensiali va imkoniyatlari to‘liq 
foydalanilmoqda deyishga hali erta, ayniqsa ilm-fan, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida 
hamkorlikni yanada faollashtirish maqsadga muvofiq bo‘lardi. Kelajakda barcha yo‘nalishlarda o‘zaro 
manfaatli aloqalarni kengaytirish ikki davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy rivojlanishiga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatishi muqarrar.

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish