Annotatsiya. Jahon iqtisodiyotida yuzaga kelayotgan o‘zgarishlar hamda innovatsion
iqtisodiyotning shakllanishi mehnat sohasida ham sifat o‘zgarishlariga olib kelmoqda. Ushbu
maqolada axborot kommunikatsiya texnologiyalarining milliy iqtisodiyot hamda mehnat bozori
rivojlanishiga ta’siri hamda mehnat sohasida yuzaga kelayotgan o‘zgarishlar tahlil qilingan va
tegishli xulosalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: innovatsiya, yangi iqtisodiyot, mehnat bozori, egiluvchanlik, ish bilan bandlik,
egiluvchan ish o‘rinlari.
Innovatsion rivojlantirish sharoitidagi ustuvor vazifa – bu mamlakatimizni modernizatsiya
qilish va aholi bandligini ta’minlashning muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy
infratuzilmani yanada rivojlantirishdan iborat. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlangan
taraqqiy etgan demokratik bozorga asoslangan, yuqori texnika va texnologiyalar joriy qilishga
qaratilgan, modernizatsiyalashgan innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish borasida salmoqli ishlar
amalga oshirilib kelinmoqda.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov quyidagilarni alohida ta’kidlab
o‘tgan: “Iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish sohasining yuqori sur’atlar bilan barqaror o‘sishi biz uchun
eng muhim ustuvor yo‘nalish bo‘lgan – aholini bandligini ta’minlash, avvalambor, kasb-hunar
kollejlari va o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish uchun zarur sharoitlar yaratadi.
2015-yilda mamlakatimizda 980 mingdan ortiq ish o‘rni tashkil qilingan bo‘lsa, shuning 60
foizdan ziyodi qishloq joylarda yaratilgan” [1].
Bugungi kunda amaliyotda uchrayotgan terminlardan biri «yangi iqtisodiyot» hisoblanadi.
Intellektual faoliyatning natijalari bilim, tajriba «yangi iqtisodiyot» sharoitida alohida ahamiyat kasb
etadi va korxonalarning qolaversa, butun jamiyatning intellektual zahirasini,intellektual resursini
namoyon qiladi, pirovardida bu jarayon rivojlanishning asosiy shart-sharoitlaridan biriga
aylanmoqda. Ta’kidlash lozimki, dunyo iqtisodiyoti yangi ilmiy-texnologik inqilob ta’sirida
harakatlanmoqda. Bu inqilob keltirib chiqargan o‘zgarishlar shunchalik chuqurki, mutaxassislar
tomonidan maxsus atamani – “yangi iqtisodiyot” (inglizcha– neweconomy)tushunchasi paydo
bo‘lishiga olib keldi. Yangi iqtisodiyotning shakllanishi tadbirkorlik faoliyatida innovatsion
jarayonlarni kengaytirish va muvofiqlashtirishga olib kelgan holda, tadbirkorlikni amalga
oshirishning ko‘pchilik an’anaviy usullaridan voz kechishni ham zarurat etmoqda.
174
Do'stlaringiz bilan baham: |