ILMIY AXBOROTNOMA
IQTISODIYOT
2016-yil, 2-son
Ishchi kuchi raqobatbardoshligi mehnat bozorining ajralmas qismi sifatida ishchi kuchi talab
va taklifi asosida vujudga keladi. Ishchi kuchi “mehnatga qobiliyat”ning tovarga aylanishi mehnat
bozori shakllanishi va rivojlanishining asosiy sharti hisoblanadi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish sohasining
yuqori sur’atlar bilan barqaror o‘sishi biz uchun eng muhim ustuvor yo‘nalish bo‘lgan – aholi
bandligini ta’minlash, avvalambor, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ishga
joylashtirish uchun zarur sharoitlar yaratdi.
2015-yilda mamlakatimizda 980 mingdan ortiq ish o‘rni tashkil qilingan bo‘lsa, shuning 60
foizdan ziyodi qishloq joylarda yaratildi” [1].
Qishloq mehnat bozorining vujudga kelishi ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi
muvozanatga erishish uchun o‘zaro raqobat qilishga tayyor erkin va teng huquqli sheriklarning
iqtisodiy munosabatlarda bo‘lishlarini taqozo etadi. Bozorda yollanma xodim va ish beruvchi
shaxsiy erkinlik va iqtisodiy zaruriyat nuqtayi nazaridan o‘zaro bog‘langan hamda bir-birlariga
qaram bo‘lsalar ham bir-birlariga qarshi turadilar.
Ishchi kuchi talab va taklifi o‘rtasida bozor muvozanatiga erishish qishloq mehnat bozorining
shakllanishida hal qiluvchi iqtisodiy shartlardan biri hisoblanadi. Ammo bunday muvozanat mavjud
emas. Buning asosiy sababi – taklif qilingan mehnatga layoqatli aholi sonining unga talab miqdoriga
nisbatan tez o‘sishi.
Iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi tarkibiy o‘zgarishlar hozirgi sharoitda qishloq mehnat
bozorida ishchi kuchiga talab va uning taklifi yangi harakatini belgilovchi eng muhim iqtisodiy
shartlardan hisoblanadi. Bular sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida yangi ish joylarini yaratishni
va mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida sifat o‘zgarishlarini asoslab beradi. Bunday
sharoitlarda bir tomondan, mehnat bozorining yangi segmentlari agrosanoat majmuasi va ijtimoiy-
ishlab chiqarish infratuzilmasining ko‘p jonli mehnat talab qiladigan tarmoqlari va ishlab chiqarish
bo‘g‘inlarini qamrab olsa, boshqa tomondan, iqtisodiyotning an’anaviy sektorlarida bozor munosa-
batlarini vujudga keltiradi va rivojlantiradi.
Ishchi kuchi narxining o‘zgarishi ishchi kuchi raqobatbardoshligi shakllanishining muhim
iqtisodiy sharti hisoblanadi.
Qishloq mehnat bozorida yollanma xodimning ishga yollanish shart-sharoitlarini aniq bir ish
joylariga bo‘lgan talabini anglatadi. Ishchi kuchi raqobatbardoshligini ishlab chiqarish yoki xizmat
ko‘rsatish va mehnatga bog‘liq holda ish joylarining rivojlanish darajasiga qarab aniqlash mumkin.
Bizning fikrimizcha, qishloq mehnat bozorida raqobat mexanizmini yo‘lga qo‘yish
samaradorligini oshirish, ishchi kuchining sifat ko‘rsatkichlarini to‘xtovsiz oshirib borish – ishchi
kuchi raqobatbardoshligini oshirishning iqtisodiy mexanizmining asosi bo‘lib hisoblanadi.
Bizga ma’lumki, ishchi kuchi raqobatbardoshligining yuqori darajada bo‘lishi unga boshqa ish
beruvchilar yoki yollanma xodimlar tomonidan bo‘ladigan raqobatni ushlab turishga imkon beradi
yoki yollanma xodim o‘zi uchun yaxshiroq ish joylariga umid qilish imkonini beradi. Ishchi kuchi
raqobatbardoshligi darajasi yollanma xodimning o‘z ish joyining rivojlanish darajasining yuqori
darajada bo‘lishini baholash uchun yordam beradi. Raqobatbardoshlik darajasi ishchi kuchining o‘z
ish joyida chidamliligini, zamon talablariga mos raqobatli tovarlar ishlab chiqarishini yoki xizmat
ko‘rsatishi ko‘rsatkichidir.
Bizningcha, ishchi kuchi raqobatbardoshligini oshirishning iqtisodiy mexanizmi – me’yoriy
aktlar bilan rasmiylashtirilgan ishchi kuchi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy
qonun-qoidalarning tashkil etilishi va bir me’yorda ishlashi uchun iqtisodiy usullar, instrumentlar,
dastaklar, shakllar va uslublarning majmuasidir.
Ishchi kuchi raqobatbardoshligini oshirishning iqtisodiy mexanizmining strukturasi bir
muncha murakkabdir. Amaldagi turli xil mehnat munosabatlari uning elementlariga kiradi.
Shuningdek, ishchi kuchi raqobatbardoshligini oshirishga ijtimoiy, tashkiliy, huquqiy, moliyaviy
mexanizmlar ham ta’sir ko‘rsatadi (1-rasm).
Rasmga ko‘ra, ishchi kuchi raqobatbardoshligini oshirishning iqtisodiy mexanizmining
ifodalanishi to‘rtta guruhda berilgan.
Birinchi guruh ishchi kuchi raqobatbardoshligini shakllantirish uchun ishchi kuchi raqobat-
bardoshligini oshirishga qaratilgan ishchi kuchi qiymatini, malaka va kasbiy tayyorgarligini,
ma’lumot darajasini, ishchi kuchini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, jismoniy sog‘lom va
manaviy yetuk, hayotiy tajriba va ko‘nikmalarga sarflangan xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
170
Do'stlaringiz bilan baham: |