Kalit so‘zlar: kompetentlik, kompetensiya, ijtimoiy-psixologik sifatlar, kasb, rahbar,boshqaruv,
boshliq.
Zamonaviy ta’lim tizimi rahbarlarining ijtimoiy-psixologik kasbiy kompetentligini o‘rganish
bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham ta’lim tizimini rivojlantirishda rahbar
xodimlarni psixologik xususiyatlarini tahlil qilib, ularning kasbiy kompetentligi borasida tadqiqotlar
o‘tkazish, ilmiy jihatdan samarali natijalar beradigan xulosalarni ishlab chiqish va boshqaruvni
zamonaviy takomillashgan uslublari bo‘yicha tavsiyalarni taklif etish dolzarb masalalardandir biri
bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo‘nalishlarga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi so‘zlagan nutqida shunday fikrlarni
ilgari surdilar. “O‘tgan yili ta’lim-tarbiya sohasini yanada isloh etish va takomillashtirish masalasi
ham diqqat markazimizda bo‘ldi. Bo‘shab qolgan rahbarlik lavozimlariga puxta bilimga ega bo‘lgan,
zamonaviy menejment va marketing usullarini amalda qo‘llay oladigan yosh mutaxassislar tayinlandi.
Shu borada Germaniyada joylashgan Yevropa menejment va texnologiyalar maktabining faol
ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlarining rahbar xodim va mutaxassislarini tizimli asosda tayyorlash va
malakasini oshirishni tashkil qilish, ularning zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini egallashini
ta’minlash maqsadida mamlakatimizda Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi tashkil etildi.
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasiga har yili sarflanayotgan harajatlar yalpi ichki
mahsulotga nisbatan 10-12 foizni tashkil etmoqda. Bu YuNESKOning mamlakatni barqaror
rivojlantirishni ta’minlash uchun ta’limga yo‘naltirilishi zarur bo‘lgan investitsiyalar miqdori bo‘yicha
tegishli tavsiyalaridan, ya’ni 6-7 foizdan qariyb 2 barobar ko‘pdir.
2015-yilda bu sohada 384 ta obyektning moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish va
mustahkamlash bo‘yicha qiymati 423 milliard so‘mlik ishlar amalga oshirildi, namunaviy loyihalar
asosida 29 ta yangi umumta’lim maktabi barpo etildi, 219 ta maktab rekonstruksiya qilinib, 136 tasi
kapital ta’mirlandi”[5]. Bularning barchasi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohatlarning
amaliy ifodasidir.
Masalaga chuqurroq yondashadigan bo‘lsak, har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tomondan taraqqiy
etgan davlatning tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, uning rivojlanishi ta’lim sohasining takomil-
lashuviga borib taqaladi. Shu sababli zamonaviy ta’lim tizimi rahbarlarining ijtimoiy-psixologik
kasbiy kompetentligini o‘rganish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham
ushbu sohani chuqur tadqiq qilib, uning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirib, ularni
amaliyotga tadbiq etish yo‘llarini ishlab chiqish, pirovardida ta’lim tizimini rivojlantirishda rahbar
kadrlarning ijtimoiy-psixologik kasbiy xususiyatlarini tahlil qilib, ularning kasbiy kompetentligi
borasida tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy jihatdan samarali natijalar beradigan xulosalarni ishlab chiqish va
boshqaruvni zamonaviy takomillashgan uslublari bo‘yicha tavsiyalar berish bugungi kunning dolzarb
masalalaridan hisoblanadi.
Tadqiqotlarimizning natijalari zamonaviy ta’lim tizimi rahbarlarining ijtimoiy-psixologik kasbiy
kompetentligini nazariy tomondan tahlil qilish hamda o‘rganishdagi yuzaga kelayotgan muammolarni
hal etish borasida chora-tadbirlar ishlab chiqish va ishlab chiqilgan uslubiy ko‘rsatmalar, tegishli
takliflarni amaliy tomondan umumiy o‘rta ta’lim tizimiga joriy etish lozimligidan dalolat beradi.
Ushbu vazifalarni hal etish uchun «kompetentlik» va «kompetensiya» tushunchalariga alohida e’tibor
qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, ilmiy tadqiqotni nazariy jihatdan o‘rganishda
avvalambor masalaning mohiyatiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.
142
Do'stlaringiz bilan baham: |