ILMIY AXBOROTNOMA
PSIXOLOGIYA
2016-yil, 2-son
Bu ikkala so‘zni tahlil nuqtayi nazaridan o‘rganganda «kompetentlik» va «kompetensiya»
atamalari sinonim tushunchalar bo‘lib, bu tushunchalar O‘zbekiston psixologiyasida yangi
hisoblanadi. Shuning uchun ularning turli xil talqinlari mavjud. Oliy ta’limning Davlat ta’lim
standartida kompetensiya va kompetentlik tushunchalariga quyidagicha ta’riflar berilgan:
Kompetensiya – bilim, malaka va shaxsiy sifatlarni ma’lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat olib
borish imkoniyatlar yig‘indisidir.
Kompetentlik – shaxsning muayyan ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassisligi bo‘yicha olgan bilim,
malaka va ko‘nikmalari hamda shakllangan shaxsiy xislatlarini mehnat faoliyatida muvaffaqiyatli
tatbiq etish qobiliyatidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shunday xulosaga kelish mumkin. Demak, kompetentlik
deganda aniq shaxsiy va kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun bilim va tajribalarga ega bo‘lgan
shaxsga beriladigan tavsif bo‘lib, u ta’lim oluvchi tomonidan alohida bilim va ko‘nikmalarni emas,
balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrallashgan bilim va sifatlarning o‘zlashtirilishini
tushunish kerak.
Bugungi kunda ishning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan ta’lim muassasalari rahbarlarining
mahoratiga va ijobiy, psixologik kasbiy kompetentligiga bog‘liq. Ular o‘zlarining qo‘l ostidagilar
ya’ni, (bo‘ysinuvchilar)ni xolisona va har tomonlama professional, kasbiy psixologik hamda shaxsiy
fazilatlarini foydaliligini va boshqa ko‘pgina munosib tomonlarini baholashda ilmiy, amaliy tomondan
bilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Darhaqiqat, hali hamma zamonaviy ta’lim tizimining tajribali rahbarlari ham nazarda tutilgan
bunday mahoratga ega emas. Jamoa rahbari ijtimoiy-psixologik muhitga o‘zining shaxsiy fazilatlari va
boshqaruv uslubi orqali katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ilmiy tadqiqotlar olib borish mobaynida asosiy e’tibor mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan
umumiy o‘rta ta’limi tizimi rahbarlarining kasbga oid ijtimoiy-psixologik kasbiy kompetentligini
o‘rganish hamda maktab direktorlarining shaxsiy tajribalariga mos keladigan, ularni ijodiy fikrlashga
undaydigan, ijodkor rahbarlardan har qanday sharoitda oqilona qarorlar qabul qila oladigan, tezkor
axborotlar zamonida faol, tashkilotchilik faoliyati davomida maqsadlari aniq, professional omilkorlik,
bilim va tajribaga ega bo‘lish kabi masalalarni hal etishga qaratilgan. Zamonaviy umumiy o‘rta ta’lim
maktablarini boshqarayotgan haqiqiy direktorlar qanday bo‘lishi kerak?
Bu savolga javob berish borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, ular quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
- boshqaruvchi faqat rahbar emas, balki yosh o‘qituvchilar va o‘z qo‘l ostidagilarning
murabbiysi darajasidagi ibratli shaxs hamdir;
- kutilmagan vaziyatlarda o‘zini ishonchli, epchil va ishchan tashabbuskor boshliq sifatida
namoyon etadigan;
- har doim o‘z qo‘l ostidagilarning qiyinchiliklarini yechishga yordam berishi;
- xayrixohlik bilan ham suhbatini tinglay olishi, mavjud holatda sog‘lom ruhiy muhit yarata
olishi, o‘zining sabrsizligini, ayniqsa, beparvoligini va yoqtirmasligini sezdirmasligi kerak;
- ishchilar bilan xayrixohlik munosabatini o‘rnata bilish, ammo ma’lum ijtimoiy masofani
saqlash, betakalluflik va oshna-og‘aynigarchilikka yo‘l qo‘ymaslik joiz;
- moliyaviy-iqtisodiy masalalarda adolatli va beg‘araz bo‘lishi shart;
- o‘zidan yuqori lavozimdagi rahbar bilan muloqotda xushmuomalalik va odob bilan ish tutishga
intilishi lozim;
- rahbar doimo tanqidga va sharoitning o‘zgarishga qarab tezkorlik bilan javob qaytara olishi
maqsadga muvofiq;
- xodimlarga arzigo‘ylik shaxsiy namuna ko‘rsatishga intilishi kerak;
- rahbar jamoada psixologik sog‘lom muhitni yarata olishi va o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ya
olishi ayni muddaodir;
-
rahbar o
‘z ijodiy-kasbiy faoliyatini samarali tashkil etishda shaxsiy namuna ko‘rsata
olishi.
Yuqorida qayd etilgan zamonaviy ta’lim tizimi rahbarlarining ijtimoiy-psixologik kasbiy
kompetentligi doirasida yaratilgan ijobiy sifatlar ketma-ketligi umumiy o‘rta ta’lim tizimi
rahbarlarining alohida shaxsiy ko‘rsatkichlaridir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlarining ijtimoiy-psixologik kasbiy kompetentligini
o‘rganish muammolarini hal etishda zamonaviy psixologik tadqiqotlar, shuningdek, ilmiy-amaliy
kuzatishlarimiz natijalariga tayanib, “Maktab direktorining ijtimoiy-psixologik kasbiy kompetentligiga
psixologik ta’sir ko‘rsatish” metodikasi orqali direktorlarda ba’zi birlamchi va dastlabki kasbiy
143
Do'stlaringiz bilan baham: |