MUSTAQIL TA’LIMNI TO‘G‘RI TASHKIL ETISH – IJODIY QOBILIYATNI O‘STIRUVCHI
OMILDIR
F.Z.Yusupova
Navoiy davlat konchilik instituti
Annotatsiya. Maqolada mustaqil ta’limni to‘g‘ri tashkil etish nafaqat o‘quv materialini
o‘zlashtirilishining muhim omili hisoblanishi, balki talabalarda mustaqil ishlash malakasi hamda ijodiy
qobiliyatini oshirishida muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar: intellektual boylik, barkamol avlod, ijodiy qobiliyat, modernizatsiyalashtirish,
mustaqil ta’lim, ta’lim.
O‘zbekistonda tatbiq etilayotgan uzluksiz ta’lim tizimida kadrlarni tayyorlash masalasi muhim
o‘rin tutmoqda. Oliy ta’lim maqsadi – mamlakatning istiqbolli rivojini hisobga olgan holda yuksak
ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan, mustaqil fikrlay oladigan va jamiyatning progressiv ilmiy-
texnik, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojini ta’minlovchi raqobatbardosh yuqori malakali kadrlarni
tayyorlashdir. Zero, ilm-ma’rifatli va yuksak ma’naviyatli mutaxassislar jamiyat taraqqiyoti rivojlanish
mexanizmining eng qudratli omillaridan biridir. Prezidentimiz I.A.Karimov qayd etganlaridek: “Hozirgi
zamonda demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga
erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni
tarbiyalash vazifasini doimo o‘zining asosiy ustuvor yo‘nalishlari qatoriga qo‘yadigan davlatgina o‘zini
namoyon eta olishi mumkin”.[1] Ushbu maqsaddan kelib chiqib, shuni ta’qidlash joizki, bugun
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan modernizatsiyalashtirish intellektual kuchlardan unumli
foydalanish, insondagi salohiyat va faollikni yangi bosqichga ko‘tarishni taqozo etmoqdaki, u ham
ilmiy, ham amaliy nuqtayi nazardan yangi vazifadir. Bunda mustaqil ta’lim sifatini oshirish muhim
ahamiyatga egadir.
Mustaqil ta’lim sifatini oshirish - talabalarning ijodiy qobiliyatlarini, kasbiy faoliyati davomida
zarur bo‘ladigan bilim va mahoratni olishga bo‘lgan intilishlarini rivojlantirishga, dunyoqarashi va
intellektual salohiyatini kengaytirishga, shuningdek, o‘z mavqeini belgilash va qobiliyatlarini ro‘yobga
chiqarishdek xususiyatlarni yuzaga chiqarishga qaratilgan.
O‘tkazilgan tadqiqotlar yoshlarni mamlakatni modernizatsiyalash jarayonlariga keng jalb
etishning samarali metodlari va usullarini topishga yo‘naltirilgan. Oliy ta’limning asosiy vazifasi o‘z-
o‘zini rivojlantirishga, mustaqil o‘qib bilimini orttirish, innovatsion faoliyatga qodir mutaxassisning
ijodiy shaxsini shakllantirishdan iborat. Bu muammoni yechish faqatgina o‘qituvchidan talabaga
bilimlarni tayyor holda berish bilan amalga oshmaydi. Talabani passiv bilim iste’molchisidan
muammoni ifodalay oladigan, uni yechish yo‘llarini tahlil qila oladigan, optimal natijasini topib uning
to‘g‘riligini isbotlab bera oladigan faol ijodkorga aylantirish zarur. Talabalarning mustaqil ishi ta’lim
jarayonining muhim shakli sifatida emas, balki uning asosini tashkil etishi joiz. Bu bilimlarni faol
metodlar yordamida egallashga hamda talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan,
shaxsning talab va imkoniyatlarini hisobga olgan holda individuallashtirilgan ta’limga o‘tishni anglatadi.
Talabalarning mustaqil ishi – bu umumiy holda kelgusi mutaxassis tafakkurini tarbiyalash bilan
bog‘liq bo‘lgan barcha faoliyatdir. Keng ma’noda, talabaning mustaqil ishi deganda talabaning o‘quv
auditoriya va undan tashqaridagi, o‘qituvchi bilan hamkorlikda va uning yo‘qligidagi barcha mustaqil
faoliyatlar yig‘indisini tushunish mumkin.
Talabalarni mustaqil ta’limga tayyorlashning asosiy omili – bu ularning faol ijodiy ishlashi uchun
qulay shart-sharoitlar yaratib berishdir.
Birinchi kurs talabalariga ta’lim berish jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ladiki, bu yerda nafaqat
yangi shart-sharoitga ko‘nikishda, ko‘p hajmdagi ma’lumotlarni olishda, o‘qishning yangi tizimiga
moslashish emas, balki birinchi kurs talabalarini samarali o‘qishiga xalaqit beradigan omil – ularga
mustaqil ta’lim uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarning yo‘qligidir.
Talabalarni mustaqil ta’limga tayyorlashning muhim shartlaridan biri ularning kun tartibini
optimallashtirish, chunki birinchi kurs talabalarning asosiy vaqti akademik mashg‘ulotlarda ishtirok
etish va tayyorlanishga sarf etiladi. Tadqiqot natijalari talabalarga mustaqil ta’lim uchun vaqtni to‘g‘ri
sarflay bilish mahoratini shakllantirish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi.
129
Do'stlaringiz bilan baham: |