Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
PEDAGOGIKA 2016-yil, 2-son 
Bo‘lajak kasbga yo‘naltirilgan maqsad, qiziqish talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini 
rag‘batlantiradi, zarur bo‘lgan kasbiy mahorat va ko‘nikmalarni tez shakllantirishga imkon yaratadi, 
ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiradi. 
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, birinchi kurs talabalarining aksariyatida mutaxassislikka bo‘lgan 
qiziqishi sust, shuning uchun ham ularning amaliyotga chiqishi tanlagan kasbiga bo‘lgan qiziqishini 
orttirishga rag‘bat o‘yg‘otadi. 
Talabalarni mustaqil ishning belgilangan turlariga ham ijodiy mustaqil faoliyatga tayyorlashning 
samarali vositalaridan biri, har bir ma’ruza o‘qiyotgan o‘qituvchi tomonidan kursni tizimli, mantiqiy 
sxemasini ishlab chiqish, kursning optimal o‘rganish modelini ishlab chiqishdir. 
Talaba o‘quv adabiyoti bilan ishlash jarayonida nafaqat mustaqil fikrlashi lozim, balki 
ma’ruzalarni tinglash va ularga tayyorgarlik jarayonida ham. 
Darhaqiqat, talabalarning faolligi va mustaqilligini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar 
ma’ruza darslarida namoyon bo‘ladi. Buning uchun eng muhimi, ma’ruza mazmuni, uni bayon qilish 
uslubi talabalarda qiziqish uyg‘otishi kerak. Oliy o‘quv yurtlarining o‘ziga xos tomoni shundaki, talaba 
har xil manbalardan olgan axborotni tushunib yetishi, bilimlarni qayta ishlab chiqishi va mustaqil 
xulosa qila olishi lozim. Talabalarning ilmga bo‘lgan rag‘batini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish usuli 
bilan ko‘zlangan maqsadga yetish mumkin. 
Fan va texnika yuksak taraqqiyotlar bilan rivojlanayotgan bu davrda inson uchun zarur bo‘lgan 
bilimlar hajmi tez va keskin oshib bormoqda. Ularga o‘z bilimlarini mustaqil to‘ldirib borish mahoratini 
singdirish, ishlab chiqarishda jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan texnologiyalardan xabardor bo‘lish, 
ilmiy-texnik axborotlar bilan to‘g‘ri ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish lozim. Oliy ta’limda ana 
shunday vazifani mustaqil ish egallab, u fan, ta’lim va ishlab chiqarish orasidagi uzviylik rivojlanishiga 
asos yaratadi [2].
O‘qituvchi ma’ruzasi va talabalarning mustaqil ishi bir-birining asosini tashkil qilib, o‘zaro 
chambarchas bog‘liq. Ma’ruza mustaqil ishning samaradorligi va talaba faolligini oshirishga yordam 
beradi. Talab darajasidagi ma’ruza talabani ilmiy-texnik va qo‘shimcha adabiyotlarga murojaat qilishga 
undaydi hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatida mustaqil izlanishlar uchun asos yaratadi. 
Ma’ruza darslarida talabalarning mustaqil bilim olishga bo‘lgan intilishini faollashtirish 
masalasini muvaffaqiyatli yechishda yana bir muhim holatni ta’kidlash lozim. Ma’ruza tinglash – bu 
faol jarayon bo‘lib, u keskin aql, kuch-g‘ayrat, o‘qituvchi aytayotgan gaplarni chuqur anglab olish, 
mavjud bilim va tajribalarni dolzarblashtirishni, qabul qilayotgan axborotlarga tanqidiy yondashishni 
talab qiladigan jarayon ekanligini talaba tushunishi kerak. Talabalarning mustaqil o‘zlashtirgan bilimini 
namoyon qilish darajasi ularning o‘quv faoliyati qanday maqsadga yo‘naltirilganligiga bog‘liq. Shuning 
uchun talabalarni axborotni o‘zlashtirib olishiga va ijodiy faoliyatga tayyorlashning muhim elementi – 
bu ma’ruzachi tomonidan ma’ruza maqsadini to‘liq yetkazishdir. Ma’ruza darslarida mukammal 
qo‘yilgan maqsad ta’lim jarayonida aniq bir yo‘nalishni ko‘rsatib, talabalarga mustaqil fikrlash 
imkoniyatlari haqida yetarlicha aniq tasavvurga ega bo‘lishga ko‘mak beradi.
Ma’ruza maqsadi o‘z ichiga nafaqat o‘quv axborotini olishni, balki ma’ruzani qabul qilish va 
kelgusida ularni kasbiy faoliyatida qo‘llash usullarini ham o‘rgatish kerakligini ta’minlaydi. 
O‘qituvchining vazifasi o‘quv axborotini talabalarga yetkaza turib, tinglovchilarning faolligini mohirona 
kuchaytirishdan iboratdir.
Talabalar mustaqil faoliyatining asosi - ma’ruzani munozarali qo‘yish. O‘qituvchi tomonidan 
munozarali vaziyatni hosil qilish va talabalarning o‘z fikrlarini erkin bayon qilishi, turli xil nuqtayi 
nazarlarni tahlil qilish shaklida kechadi va talabalar tomonidan mavzuga oid asosiy tushunchalar asoslab 
beriladi. Bunday tashkil etilgan ma’ruzada yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish hamda qo‘shimcha 
adabiyotlar bilan ishlash malakasi oshirilib, talabalarda tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalari 
rivojlantiriladi. Agar munozara mavzusi ma’ruzadan oldin berilib, talabaga mavzuga oid o‘quv 
adabiyotlari tavsiya etilgan va u munozara bo‘yicha mavjud turli konsepsiyalar bilan tanish bo‘lsa 
talabalarning mustaqilligi va faolligi ma’ruzalarda sezilarli darajada oshadi. 
Ma’ruza davomida institutda olib borilayotgan tadqiqotlarning kelajakdagi istiqboli va bu 
tadqiqotlarda talabalarning ishtirok etish imkoniyatini mohirona ko‘rsatilishi mustaqil ishga bo‘lgan faol 
talabni hosil qilishning muhim vositasidir.
Ma’ruza so‘ngida mustaqil ishga bo‘lgan rag‘batni oshirish maqsadida o‘tilgan mavzuning 
murakkab qismlari bo‘yicha test, blits-so‘rov, tayanch iboralarga asoslangan nazorat savollari beriladi. 
Ixtisoslik hisobga olingan holda bayon etilayotgan mavzu bilan bog‘liq bo‘lgan savollar majmuasi 
kiritiladi. 
130 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish