UDK:894.375
O`ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGI VA TANQIDCHILIGIDA
CHO‘LPON IJODIGA ILK MUNOSABATLAR
D.E.Jabborova
Nizomiy nomidagi TDPU katta ilmiy xodim-izlanuvchi
Annotatsiya. Cho‘lpon ijodiga turli davrlarda berilgan turlicha baholarni o‘rganish, uning
sabablarini aniqlash va mustaqillik davri cho‘lponshunosligining yetakchi tamoyillaridan biridir.
Cho‘lpon ijodi o‘tgan asrning 20-yillardayoq adabiy tanqidning tadqiq obyektiga aylangan edi.
Mazkur maqolada adabiy tanqidning Cho‘lpon ijodiga oid dastlabki kuzatishlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar: adabiyotshunoslik, adabiy tanqid, adabiy muhit, burjua shoiri, jadid, ziyoli.
Abdulhamid Sulaymonqul o‘g‘li – Cho‘lpon (1897–1938) o‘zbek adabiyotining yirik namo-
yandasi, jadid adabiyotining otashin vakillaridan biridir. Garchi uning dastlabki asarlari 1914-
yillardayoq chop etilgan bo‘lsa-da, ijodining ayni gullagan payti o‘tgan asrning yigirmanchi yillariga
to‘g‘ri keladi. Bu davrda shoirning birin-ketin “Uyg‘onish”, “Buloqlar”, “Tong sirlari” kabi she’riy
to‘plamlari chop etildi. Mazkur she’riy to‘plamlari bilan shoir XX asr o‘zbek she’riyatini tubdan
yangilashga xizmat qila oldi. Chunonchi, XX asr o‘zbek realistik she’riyatining qaror topishiga zamin
yaratdi. Cho‘lpon she’riyatining yetakchi konsepsiyasini davr va shaxs talqini tashkil etadi. Shu
ma’noda Cho‘lpon she’riyatini fojiaviy she’riyat deb atash mumkin. Unda XX asr tongida qaror
topgan davr fojiasi va uning oqibatida namoyon bo‘lgan millat fojiasi o‘zining chuqur mujassamini
topgandir. Shu bois Cho‘lpon she’riyatining yetakchi motivini erk, ozodlik, mustamlaka zulmiga
qarshi kurash va shaxs erki motivlari tashkil etadi. Cho‘lpon bu davrda nafaqat she’riy asarlar, balki
ko‘plab nasriy hamda dramatik asarlar yaratib, o‘zbek nasri va dramaturgiyasining rivojiga ham
o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Shu jihatdan uning “Qor qo‘ynida lola”, “Novvoy qiz”, “Oydin
kechalarda” kabi hikoyalari, “Kecha va kunduz” romani, “Yorqinoy” dramasi xarakterlidir. Bu
asarlarda yozuvchi oktabr to‘ntarishidan oldingi o‘zbek xalqining fojiali turmush tarzini realistik
bo‘yoqlarda aks ettiradi.
Cho‘lpon yetuk munaqqid va tarjimon sifatida ham jahon va rus adiblarining asarlarini o‘zbek
tiliga tarjima qilgan. Ko‘plab adabiy-tanqidiy maqolalar yaratgan. Sho‘ro mafkurasi Cho‘lpon ijodi va
shaxsiyatini sig‘dirmadi. O‘tgan asrning yigirmanchi yillaridayoq shoir ijodiga bag‘ishlangan ko‘pgina
89
Do'stlaringiz bilan baham: |