Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA 
FILOLOGIYA 2016-yil, 2-son 
tanqidchiligida qo‘yib kelingan “millatchi”, “xalq dushmani” degan ayblovlarning boshlanishi, 
debochasi edi. 
Ayn Cho‘lpon she’riyatiga sinfiylik mezonlari bilan yondashadi. Cho‘lponning xalq, millat 
dardi bilan yongan o‘tli she’rlaridan parchalar keltirib, “xalqni hech qatlamga ajratmasdan “xalq 
uchun yonaman” deyish, men “millatchiman” deyishdan iboratdir”, deb xulosa chiqaradi. 
Ushbu maqola o‘z davrida ham, keyinchalik ham adabiyotshunoslarning diqqat markazida 
bo‘ldi. Cho‘lponni tanqid qilmoqchi bo‘lgan sho‘ro tanqidchilari, albatta, bu maqolaga bot-bot 
murojaat qilishardi. 
Yosh, otashqalb shoir Oybek bahsga aralashib, Ayn da’volariga qarshi chiqib, Cho‘lponni 
himoya qildi. U “Cho‘lpon. Shoirni qanday tekshirish kerak” nomli maqolasida Aynning Cho‘lponni 
yo‘qsil xalq shoiri emas millatchi, xayolparast, badbin, mafkurasi buzuq degan da’volarini rad etar 
ekan, masalaga ilmiy asosda yondashish lozim deb hisoblaydi. Oybek Cho‘lpon ijodiga baho berishda 
tadrijiy yondashish lozimligini, barcha davrdagi asarlariga bir xil mezon bilan yondashib bo‘lmasligini 
ta’kidlaydi. Bunda shoir dunyoqarashini shakllantirgan tashqi omillar – ijtimoiy o‘zgarishlarni hisobga 
olmay turib, uning mafkurasi to‘g‘risida gapirish nojoiz, deb hisoblaydi. Boshqa muhitda voyaga 
etgan Cho‘lpon proletar yo‘qsil shoiri bo‘la olmaydi, bunday shoirlar “mafkurani kurashda, hayotda 
kasb etib kelayotgan yangi nasldan chiqadi”, deb yozadi Oybek. 
Oybek Cho‘lponni xayolparast degan fikrga qarshi chiqadi. Xayol nafaqat ijod uchun, balki ilm-
fan uchun ham nihoyatda zarur ekanini ta’kidlaydi. 
Oybek ham Ayn kabi adabiyotni sinfiy deb biladi. Biroq Cho‘lpon she’rlarini talqin etishda 
uning go‘zal san’atligiga e’tibor qaratish lozim deb yozadi. Bunga rus shoiri Pushkinni misol qilib 
keltiradi. Oybek fikricha, “Pushkin yo‘qsil el uchun she’r yozgan emas”. Biroq, u rus she’riyatining 
badiiy yuksak namunalarini yaratdi. Shuning uchun butun Rus xalqi Pushkinni sevib o‘qiydi. 
Cho‘lpon ham shunday. “Cho‘lponning mafkurasi emas, balki yaratgan badiiy namunalari o‘qiladi, 
voz kechilmaydi”. 
Oybek maqolasidan keyin, bahsga Usmonxon degan munaqqid aralashadi. U “Munaqqidning 
munaqqidi” nomli maqolasida to‘lig‘icha Aynni qo‘llab-quvvatlaydi. Yosh Oybekni Cho‘lponni 
himoya qilganlikda ayblab tanqid qiladi. Uning da’vo qilishicha, Oybek adabiyotga burjuaziya ko‘zi 
bilan qaraydi va marksizmdan uzoq turadi: ”marksist” Oybek marksizmdan aytib bo‘lmaslik darajada 
uzoqda turadi. Bu yerdan shuni aytib qo‘yishliq kerakki, Oybek Cho‘lponning mafkurasini o‘layotgan 
mayda burjuaziya, millatchilik mafkurasi bo‘lg‘onligini inkor etmaydi. …Oybek Cho‘lponning 
«namuna»lariga uning «mafkura»sidan tashqari shu qadar ahamiyat beradikim, agar Oybek 
Cho‘lpondan zimnan mafkuraviy tomoq yemasa, uning shaklini bu qadar maqtamas edi. Oybek oldin 
Cho‘lponning mafkurasini sevgan, so‘ngra shaklini yoqtira boshlag‘on».
Bundan ko‘rinadiki, maqola muallifi nafaqat Cho‘lponni, balki uni himoya qilish uchun otilgan 
yosh shoir Oybekni ham juda ko‘p o‘rinlarda nohaq qoralaydi. Go‘yoki bu bilan munaqqid Cho‘lponni 
himoya qilganlarning holiga voy degandek fikrni o‘rtaga tashlaydi. Aynni yoqlagan bu munaqqid yosh 
shoirni nazariga ilmaydi. Cho‘lpon ijodiga ham kibr-havo bilan munosabatda bo‘ladi. Lekin Oybek 
yana jim turmadi. U Usmonxonning ushbu tanqidiga javoban «Munaqqidning «munaqqidi» 
maqolasining egasiga» nomli maqolasini e’lon qiladi. Yosh shoir tanqidchi Usmonxondan farqli yo‘l 
tutadi. U ba’zi o‘rinlarda munaqqidning fikrlariga qarshi chiqadi. Ba’zi o‘rinlarda esa nohaqligini tan 
oladi. Bu bilan Oybek ijodkorona beg‘uborligini ham isbotlaydi. U Usmonxonning 
«sotsiyolo‘g‘icheskiy meto‘d» haqidagi da’volarni rad etish barobarida Aynning maqolasidagi ayrim 
o‘rinlarga ham o‘z e’tirozini bildiradi: «Xayolparastlikni yolg‘iz millatchilikka bog‘lab qo‘yish to‘g‘ri 
emas. Albatta, yo‘qsullar diktaturasi davrida millatchi bo‘lishlikning xayolparastlikka ta’siri zo‘r 
bo‘lg‘oni kabi uzviy tuzilish va boshqalarning ham ta’siri bo‘ladi».
Aslida olim Bahodir Karimov ta’kidlaganidek, «…sinfiylik va meto‘d masalalarida yosh Oybek 
ham marksist «Ayn» va Usmonxondan ko‘p uzoqlashib ketgan emas».
Biroq Oybekning bu «qizil» tanqidchilardan farqli jihatlari ham ko‘p edi. Ya’ni u badiiy 
adabiyotning mohiyatini yaxshi tushunar va uning go‘zalliklarini ham yurakdan his etardi. Bu 
shoirning munaqqidlar bilan bahsga kirishgan maqolalarida va ijodida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi.
1917-yilda amalga oshirilgan Oktabr to‘ntarishidan so‘ng mo‘rtdek ko‘ringan siyosiy tuzum 
vaqt o‘tgan sayin o‘zining qonli hukmronligini mustahkamlab bordi va yetmish yildan ziyodroq 
hukmronlik qildi. Bu vaqt mobaynida o‘zbek xalqining ko‘plab ma’rifatli vakillari turli ayblovlar bilan 
qatag‘on qurboni bo‘ldilar. XX asr o‘zbek adabiyotining buyuk shoiri Abdulhamid Sulaymonqul o‘g‘li 
– Cho‘lpon ham shunday qurbonlardan biri bo‘ldi. Bunda yillar o‘tgan sayin tobora “qizillashib” 
91 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish