ILMIY AXBOROTNOMA
FILOLOGIYA 2016-yil, 2-son
maqolalarda uning ijodkorlik pozitsiyasini belgilashga urinish, badiiy asarlari bir yoqda qolib,
shaxsiyatini taftish qilish avj oldi. Natijada o‘sha davrdayoq shoir “millatchi”, “burjua shoiri”,
“jadidchi”, “panturkist” kabi ayblovlar bilan ayblana boshladi. O‘ttizinchi yillarda esa bu ayblovlar
kuchayib, 1937-yilda “xalq dushmani” degan tamg‘a ostida Qodiriy, Fitratlar bilan bir qatorda
qamoqqa olinadi va 1938-yilda otib tashlanadi.
Sho‘ro davrida Cho‘lpon asarlarini o‘qib-o‘rganish ta’qiqlanadi. Uning ijodiy merosi xalq
ko‘zidan panada, turli arxivlarda saqlandi va matbuotda chop etilgan maqolalarda mutasstil siyosiy
ayblovlar bilan ayblanib kelindi.
Qachonki, mustaqillik arafalarida, 80-yillarning oxiriga kelib, ijtimoiy hayotda demokratik
jarayonlarning chuqurlashuvi sharofati bilan Cho‘lpon ijodi haqida ham iliq fikrlar aytila boshladi.
Asarlaridan ba’zi namunalar chop etilish yo‘lga qo‘yildi. Nihoyat O‘zbekiston mustaqillikka
erishgach, Cho‘lpon hayoti ijodini har tomonlama o‘rganish va adabiy merosini xalqqa yetkazish
ishlari amalga oshirila boshlandi. Uning hayoti va ijodini o‘rganish maktab va oliy o‘quv yurtlari
dasturiga kiritildi.
Biz mazkur maqolada adabiy tanqidning Cho‘lpon ijodiga oid dastlabki kuzatishlarga
to‘xtalmoqchimiz.
Cho‘lpon ijodiga doir dastlabki bahs yohud sinfiy-mafkuraviy yondashuv talqini shoir ijodiga
oid kuzatishlarning ikkinchi bosqichi 1927-yilda Ayn-Olim Sharafiddinov (Ayn-taxallus)ning “
O‘zbek shoirlari. Cho‘lpon” nomli bahsi bilan boshlanadi. Mazkur bahsni o‘sha davrda sho‘ro
hokimiyatining organi bo‘lgan “Qizil O‘zbekiston” gazetasi boshlab beradi.
Ta’kidlash joizki, bu davrga kelib sho‘rolar hokimyati o‘zining hokimligini ancha
mustahkamlab olgan, hayotning barcha jabhalarida sho‘rolar siyosati o‘zining hukmini o‘tkazgan, va,
hatto, 1925-yilda “Partiyaning adabiyot sohasidagi siyosati” to‘g‘risida o‘z rezolyutsiyasini ham e’lon
qilib, unda proletar adabiyotining gegemonligini qonun bilan mustahkamlab ham qo‘ygan edi. Proletar
adabiyoti deb nom olgan sho‘ro adabiyoti o‘zining gegemonlik siyosatini allaqachon boshlab
yuborgan va adabiyot sohasida “sinfiy dushman”larga qarshi kurashni boshlab yuborgan edi. Bu
kurash adabiy tanqidni ham o‘z domiga tortib jadid adabiyoti namoyandalari bo‘lgan Qodiriy, Fitrat va
Cho‘lponlar ijodini qoralovchi maqolalar chop etila boshlagan edi.
Ayn maqolasining debochasidayoq ayni shu haqiqatni e’tirof etib: “Yo‘qsullarni o‘rab olgan
og‘ir sharoitlar tugadi. Madaniy qurulish bilan mashg‘ul bo‘lmoqqa boshladi. Uning og‘ir,
mas’uliyatlik ijodiy ishlari boshlandi. Yangi turmushning chin asoslarini qurish, bu yo‘lda kurashish
zamoni keldi”, deb yozadi. Maqolada garchi Cho‘lpon is’tedodli shoir ekani, xususan, o‘zbek adabiy
tilining sofligi va barchaga tushunarli bo‘lishiga katta hissa qo‘shgani e’tirof etilsa-da, maqolada
“uning nuqson tomonlari, xususan mafkurasi, adabiy ta’siri ustida to`xtash”i haqida ochiq e’tirof
etiladi.
Demak, maqolaning bosh maqsadi – Cho‘lpon mafkurasi va uning yosh proletar shoirlariga
salbiy ta’sirini ko‘rsatish, aniqrog‘i, fosh etishdan iboratdir.
Cho‘lpon haqida e’lon qilingan dastlabki maqolalardayoq: Cho‘lpon kimning shoiri: yo‘qsil
xalq shoirimi yoki ziyolilar shoiri, degan masala ustida tortishuv bo‘lib kelardi. Avvalgi maqolalarda
beozor bo‘lib tuyulgan ushbu masala Ayn maqolasida favqulotda jiddiy aybnomaga aylanadi.
Maqolada “Cho‘lpon yo‘qsil xalqning shoiri” degan qarashga munosabat bildirilar ekan”...u millatchi,
vatanparast, badbin ziyolilarning shoiridir. Uning mafkurasi shularning mafkurasidir, u shu mafkura
yo‘lida urinadir, talpinadir. Uni qaynatgan, unga ilhom bergan narsalar shulardir”, degan siyosiy
ayblov xulosa beriladi.
Munaqqid Cho‘lponni xayolparastlikda, millatchilikda ayblaydi. Go‘yo Cho‘lpon faqat o‘z
xayolida yaratgan olami haqida yozadi, oktabr to‘ntarishi tufayli o‘lkada sodir bo‘layotgan ijobiy
o‘zgarishlarni kuylashni istamaydi. Buning sababi maqolada kuyidagicha izohlanadi:
“Cho‘lpon inqilobdan rozi, faqat ruslardan, ruslarning vatanda qolishlaridan rozi emas. U milliy
jumhuriyatlarga, unda ketmakda bo‘lgan ishlarga o‘zicha ma’no beradi, fikr yuritadi”.
“Cho‘lpon, mana shul millatchilik, vatanchilik tuyg‘ulari bilan, “o‘tmishning o‘parlik xotiralari”
uchun yashaydi; millatchi burjua-ziyolilarining mafkurachisidir, shu mafkura uning ilhom
qaynog‘idir”.
Ko‘chirmalardan ayon ko‘rinib turibdiki, munaqqid Cho‘lpon she’riyatiga xos millatparvarlik
va vatanparvarlik motivlarini to‘g‘ri anglamoqda, biroq uning talqinida sho‘ro tanqidchiligiga xos
tarzda ish yuritib, shoirni millatchilikda ayblamoqda. Bu Cho‘lponga butun sho‘ro davri
90
Do'stlaringiz bilan baham: |