ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2017-yil, 2-son 3370 - yillarga oid deb atamoqda [3]. Yana manbalarga yuzlanadigan b
oʻlsak, Sloveniyaning
Lyublyan barye nomli qishloqdan aylanasi 72 sm b
oʻlgan gʻildirak (mil. avv. 3350-3100 - yy.),
Ukrainaning Zaporojye viloyatining Dmitr q
oʻrgʻonidan (5 ming yil avval), shu viloyatning Tyagun
qabristonidan topilgan
gʻildirak (5 ming yil avval), [4] hamda Shveysariyaning Pressexause oʻlkasidan
topilgan Xorgen madaniyatiga oid deb kelinadigan
gʻildirakka, dendroxronologik usul bilan mil. avv.
3200 - yil deb davrlashtirishga urinishlarni kuzatishimiz mumkin [5].
Aravaning asosi b
oʻlmish gʻildirak sekinlik bilan takomillashib bordi. Avvaliga uning aylanasi
yuzasini temir bilan qoplashgan b
oʻlsa, takomillashish jarayonining keyingi bosqichlarida butunligicha
temirdan yasala boshlandi. Ammo, uning asosiy vazifasi bu insonning o
gʻirini yengillashtirish va
x
oʻjalik ishlaridagi foydasi boʻlib qoldi.
Antropologik neoevolyusionizm asoschilaridan biri b
oʻlmish Gordon Chayld bir qator ishlarida
o
gʻir yuklarni siljitish uchun asosiy vosita gʻildirak birinchi boʻlib kashf etilgan va foydalanilgan
markaz sifatida Shumer b
oʻlganligini ilgari suradi. Oʻz navbatida, A. Xeysler Yevroosiyoning
Yevropa qismidan
gʻildirakli transport topilmalarining roʻyxatini keltiradi va ham Gʻarbiy Yevropa
topilmalarining, ham Kavkazoldi va Qora dengiz oldi ch
oʻllaridagi aravalarning bir-biriga bogʻliq
b
oʻlmagan holda kelib chiqishini asoslab beradi [6].
Adabiyolarda
gʻildirakli aravalarning kelib chiqishi haqida juft taxminlar mavjud: chanalardan –
t
oʻrt gʻildirakli arava, sudratma aravalardan – ikki gʻildirakli aravalar kelib chiqqan kabi. Ikki
gʻildirakli aravalar – ogʻir ikki oʻqli toʻrt gʻildirakli aravalarning yengillashtirilgan varianti sifatida
rivojlandi. Katoklarni chanalar bilan birga q
oʻllashning eng qadimiy dalillari Urukdagi
piktogrammalarda mavjud.
Gʻildirakli va gʻildiraksiz aravalar tasviri Uxtasar, Gegam togʻlari va
Qobustondagi Yazil tepaligida hamda Do
gʻistonda, Buynaksdan Manas ovuligacha boʻlgan yoʻldagi
qoyatosh rasmlari orasida uchraydi.
Aravaning prototiplaridan biri sifatida yanchish taxtasi shaklidan foydalanilgan b
oʻlishi
mumkin, u
Oʻrta yer dengizi havzasiga tutash koʻpgina mamlakatlarda, asosan, Janubiy Yevropada,
Shimoliy Afrikada va Old Osiyoning k
oʻp qismlarida tarqalgan. Ushbu mintaqalarda qadim
zamonlardan buyon donni yanchish chana k
oʻrinishida tuzilgan va Odessa viloyati hududidagi bolgar
immigrantlarida hozirgi kungacha saqlanib qolgan asbob yordamida amalga oshiriladi. Uning ta’riflari
Varron va boshqa lotin yozuvchilarida saqlanib qolgan. U Italiyada “tribulum” yoki “tribula” nomi
ostida mashhur b
oʻlgan va oldi tarafdan tepaga qarab bir oz qayrilgan taxta yogʻochdan iborat boʻlgan.
Yerga teguvchi quyi qismida chaqmoqtosh y
oʻnmalar yoki ba’zida (keyinchalik) – temir parchalari
q
oʻyilgan. Bunday taxtaga aravaning oʻgrachasi yoki qandaydir ogʻir narsa qoʻyilgan yoki odam
turgan va bu taxta arqon bilan otlar yoki buqalar yordamida nonni yanchish uchun xirmon b
oʻylab
tortilgan. Ushbu asbob haqida Injilda ham ma’lumot mavjud. Unda pay
gʻambar Isayya uni Isroil xalqi
bilan taqqoslagan va quyidagi s
oʻzlarni aytgan: “Men seni oʻtkir, yangi va tishli gʻalla yanchadigan
tayoq qildim” [7].
Misrliklar esa nonni yanchish uchun poreg-aravadan foydalangan, u ikki qirrali qilib q
oʻyilgan
va oldi uchida egilgan taxta (sir
gʻaluvchi gʻoʻla) dan tuzilgan, ular ustida oʻtirgʻich qilingan xari bilan
birlashtirilgan. Aravaga juft h
oʻkiz qoʻshilgan. Yanchish vaqtida don sirgʻaluvchi gʻoʻla yordamida
hamda sir
gʻaluvchi gʻoʻla xarilariga kiydirilgan va yerda dumalab yuradigan aylanalar va katoklar
yordamida poxoldan ajratilgan.
Mesopotamiyaning janubiy qismida Urukningda mil. avv. 3200-3100 yillardagi t
oʻrt gʻildirakli
usti yopiq aravalar yoki h
oʻkizlar qoʻshilgan katoklar tasvirlangan sopol taxtachalar topilgan. Bitta
aravada zambilda savlat t
oʻkib oʻtirgan odam koʻrsatilgan. Eramizdan avvalgi III ming yillik oxiriga
kelib, aravalarning hamma turlari mukammallashtiriladi,
gʻildiraklarda metall toʻsin paydo boʻladi.
Birincha marta k
oʻndalang plankali gʻildirakdan foydalaniladi. Shu bilan bir qatorda, jangovor toʻrt
gʻildirakli aravalar Yaqin Sharqda hindyevropa koʻchmanchi qabilalarining kelishi bilan paydo
b
oʻlganligi haqida fikr mavjud. Bu savol soʻnggi qarordan hali ham ancha yiroq boʻlsada, Markaziy va
Sharqiy Yevropada
gʻildirakli transportning qadimgi tasvirlari eramizdan avvalgi 2750-2550 yillarga
oid deb belgilangan Krakovdan 45 km shimoliy-sharqda joylashgan Bronochisdagi “Voronkasimon
qadah” madaniyatining sopol idishida topilgan edi. Boshqa topilma Slovakiyadagi Boleraz guruhining
Radoshina manzilgohidan kelib chiqadi. Ushbu t
oʻgʻriburchakli sopol buyumning oʻz navbatida
yoysimon tepa qismi bilan tugaydigan oldi devorchasida buqaning t
oʻsh qismi va chetlari oʻyib
naqshlangan.
Gʻildiraklar yoki ularni mahkamlovchi tugunlar qayd etilmagan. Keyingi bosqichlardagi
5