Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/301
Sana21.07.2021
Hajmi2,42 Mb.
#125429
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   301
Bog'liq
Le5R6spIug ilmiy jurnal

Согда 
Аннотация. В данной статье на основе научных литератур и источников дано пояснение 
понятии  “конфедерации”  один  из  видов  государства  и  показано  отражение  его  в 
государственности  раннесредневекового  Согда.  Кроме  того  выдвинуто  некоторые  новые 
выводи по проблеме.  
Ключевые  слова:  Виды  государства,  федерация,  административное  деление,  союз, 
политическая независимость. 
 
The conception of “confederation” and its reflection in the statehood of the early medieval Sogd 
Abstract.  In this article, on the basis of scientific literature and sources, the conception of 
“confederation” is explained as one of the state and its reflection in the statehood of the early medieval 
Sogd is shown. In addition, some new conclusions have been put forward on the problem. 
Keywords: kinds of the state, federation, administrative division, union, political independence. 
 
Kishilik jamiyatidagi muhim masalalardan biri bu davlat va uning turli xil shakllarining vujudga 
kelishi masalasi hisoblanadi. Davlat tiplari ilk k
oʻrinishlaridan biri bu davlatning “konfederatsiya” 
shakli b
oʻlib, bugungi kunda “konfederatsiya” tushunchasiga tadqiqotlarda quyidagicha ta’rif berilgan. 
Ularga k
oʻra, “konfederatsiya” (lotincha confederatio – birlashish, ittifoq) davlatlar ittifoqi boʻlib, u 
yangi davlatning vujudga kelishiga olib kelmaydi. “Konfederatsiya” nisbatan kam tarqalgan davlat 
tuzulishi shakli hisoblanib, uni tashkil etuvchi davlatlar 
oʻz mustaqilligini saqlab qoladi, oʻz 
hokimiyati, boshqaruv organlariga ega b
oʻladi,  oʻz faoliyatini muvofiqlashtirish  uchun 
konfederatsiyaga a’zo davlatlar ma’lum shartlarga rioya qilishadi. Konfederatsiya a’zolari 
oʻrtasidagi 
shartlar belgilangan sohalarda faoliyat k
oʻrsatadi (masalan, iqtisodiy, siyosiy, harbiy v.b.). 
Konfederasiyaga ba’zan davlatlarning federatsiyaga birlashish sari tutgan y
oʻlidagi oraliq boʻgʻin deb 
ham qaraladi [1].  
Huquqiy jihatdan konfederatsiya a’zolarini birlashtiruvchi bir qator qoida meyorlari va 
xususiyatlari mavjud[2]. Ular avvalambor quyidagilarda namoyon b
oʻladi: ma’lum bir gʻoya atrofida 
birlashish; uning yagona hududga ega b
oʻlmasligi, ya’ni, konfederatsiya hududi mazkur ittifoq 
tarkibiga kiruvchi davlatlarning hududidan tashkil topadi (konfederatsiya a’zolari xohlagan vaqtda 
konfederatsiyadan chiqishi mumkin); konfederatsiyada faqat yagona maqsadlarni amalga oshirishga 
k
oʻmaklashuvchi muvofiqlashtiruvchi organlar shakllantirilishi mumkin; unda yagona fuqarolik 
mavjud emas, faqatgina konfederatsiya hududida shaxs maqomining bir-biriga yaqinligini ta’minlab 
beruvchi normalar 
oʻrnatilishi mumkin[3]; federatsiyadan farqli ravishda konfederativ shakldagi 
davlatda hokimiyat organlarining b
oʻlinishi kuzatilmaydi, unda faqat yagona maqsadlarni amalga 
oshirishga k
oʻmaklashuvchi muvofiqlashtiruvchi organlar shakllantirilishi mumkin[4]; turli davlat 
boshqaruv shakllaridan farqli 
oʻlaroq konfederatsiyaga birlashgan ma’muriy birliklarning har biri oʻz 
armiyasiga ega b
oʻlishi va ular umumiy qoʻmondonlik asosida birlashtirilishi mumkin; bundan 
tashqari federatsiyada  –  yagona pul tizimi mavjud b
oʻlib, konfederatsiyaga kiruvchi har bir davlatda 
oʻz puli hamda ushbu pul tizimlari bu holatda bir-biriga yaqinlashtirilishi mumkin; federativ 
tuzulishdagi davlatda yagona markazdan boshqarish mavjud b
oʻlib, konfederatsiyada esa 
muvofiqlashtirish b
oʻlishi mumkin, lekin bu holat konfederatsiya a’zolarining ixtiyoriy tan olishi 
orqalidir [5].  
Konfederativ boshqaruv shakli qadim tarixiy ildizlarga ega. Konfederativ boshqaruvga 
asoslangan davlatlar Yevropada, xususan, Shveysariyada 1291-  yilda vujudga kelgan b
oʻlsa-da, 
mazkur davlat boshqaruv tipining ilk alomatlalari Markaziy Osiyoda mil. avv. V-IV asrlardan 
boshlangan dastlabki k
oʻchmanchi asosdagi davlatlarda qabila ittifoqi  koʻrinishida [6], milod 
boshlarida Markaziy 
Oʻzbekistonning tarixiy-madaniy vohasi Sugʻdda  voha hukmdorliklarining 
ittifoqida namoyon b
oʻladi [7].  
Bugungi 
Oʻzbekiston hududida tarixda mavjud davlatlarni oʻz xususiyatlariga koʻra bir necha 
tiplarga b
oʻlish mumkin. Ularning ba’zilari oʻtroq va koʻchmanchi madaniyatlar birlashuvi natijasida 
vujudga kelgan b
oʻlsa (masalan, Qangʻ  davlati), ba’zilari bu hududda mavjud davlatlarni bevosita 
bosib olib, b
oʻysundirish asnosida oʻz davlatlari boshqaruvini joriy etishga harakat qilishgan (masalan, 
Ahamoniylar davlati) [8]. Shuningdek, simbioz natijasida vujudga kelgan va hozirgi kunga qadar 
7
 



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish