Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/301
Sana21.07.2021
Hajmi2,42 Mb.
#125429
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   301
Bog'liq
Le5R6spIug ilmiy jurnal

Himoya aslahalari.  Yozma manbalardan ma’lum b
oʻlishicha, Buxoro xonligi jangchilarining 
deyarli hammasi qurol-aslaha va harbiy kiyim-bosh bilan ta’minlangan. Shunday b
oʻlsa-da, dastlabki 
paytlarda Movaravounnahrga endigina kirib kelgan Dashti Qipchoq askarlarining hammasida ham 
sovut va himoya kiyimlari b
oʻlmagan.  Muhammad Solihning guvohlik berishicha, shayboniy 
sultonlari lashkari safidagi sovutsiz jangchilar 
oʻz tanasini kigiz bilan oʻrab himoya qilganlar [7:89]. 
Hunarmandlar tomonidan tayyorlangan qalqonlar ham turli-tuman k
oʻrinishda, rangi ham har 
xil b
oʻlgan [14:169]. Yogʻoch qalqonlar qal’alar qamali vaqtida qoʻshin huzurida boʻlgan 
hunarmandlar tomonidan tayyorlanishi mumkin edi. Metall bilan ziynatlangan, nisbatan ishonchli 
qalqonlar ham tayyorlangan. Ularning ayrimlari chet mamlakatlardan ham keltirilgan b
oʻlib, 
manbalarda shayboniylar q
oʻshinidagi ayrim askarlar Gʻilon  qalqoni bilan himoyalangani haqida 
ma’lumotlar mavjud [14:121].   
Oʻzbekiston muzeylarida (Samarqanddagi Oʻzbekiston madaniyati davlat muzeyi, Toshkentdagi 
Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi)da ham, charm qoplangan yogʻoch, shuningdek, charm  va 
metallardan yasalgan qalqonlar mavjud. Charm qalqonlar k
oʻpincha rang-barang naqsh solingan xalqa 
shaklidagi metall qoplama bilan  mustahkamlangan. Charm qalqonlarning aksariyati qora rangga 
b
oʻyalgan, faqat ayrimlaridagina qizil buyoq izlari koʻzga tashlanadi. Xofiz Tanish la’l rangidagi (toʻq 
qizil) qalqonlar ham b
oʻlganligi haqida xabar beradi [13:140]. Bundan tashqari, muzeylar fondlarida 
oʻyma naqshlar bilan bezatilgan turli kattalikdagi metall qalqonlar ham mavjud boʻlib, ular XVI asrga 
mansub miniatyuralarda tasvirlangan jangchilarning qalqonini eslatadi [2: 69,79, 87, 121, 127, 131]. 
Sovut va zirhlar (jiba, sovut, javshan, baktar) jangchi tanasini 
oʻq-yoy va oʻtochar qurollardan 
himoya qilgan. Sovut metall simlardan t
oʻqilib, ichki tomoni yumshoq mato bilan qoplangan. 
Manbalarda Muhammad Shayboniy q
oʻshinining sovuti temirdan yasalganligi [12:129], 
Shayboniyxonning 
oʻzi ham sovut yasash hunariga ega boʻlganligi [7:32] va oʻzining sovuti qora 
rangda b
oʻlganligi[12:159] haqida ma’lumotlar mavjud.  
Sovutning ichidan  maxsus kamzul –  hafton kiyilgan  [12:159]. Shayboniylar q
oʻshini 
boshqalardan ajralib turishi uchun haftonlarining rangi odatda t
oʻq qizil [13:329] rangda boʻlgan. 
Sovut yoy yoki t
oʻfang  oʻqidan himoya qila olmasa-da, qilich, bolta, xanjar singari kesuvchi 
qurollarga qarshi himoya vazifasini 
oʻtagan. Yoy, toʻfang  oʻqlariga qarshi kiyiladigan javshanlar 
(temir nimcha) asosan, temir va p
oʻlatdan yasalgan [13:298].  
Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi fondlarida metall xalqadan qilingan, bir-biriga kiydirilgan 
sovutlar saqlangan b
oʻlib, ular kalta yengli koʻylaklardir. XVI asr miniatyuralaridagi harbiylar kiyimi 
hamda hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishidagi mavjud an’analar muzeylarda 
saqlanayotgan sovutlarni samarqandlik ustalar tayyorlagan namunalarga juda yaqin [2: 69,79, 87, 
127], deb taxmin qilishga asos b
oʻladi. 
Shayboniylar q
oʻshinida Xitoy javshani bilan ta’minlangan askarlar ham koʻpchilikni tashkil 
qilgan [14:121]. Tana muhofazasi uchun xizmat qilgan yana bir libos – baktardir [14:280]. Baktar ham 
javshan singari temirdan yasalgan va har ikki tomoni baxmal bilan qoplangan. Shu singari zirhli 
liboslar bilan jangga kirishning ahamiyati katta b
oʻlgan. Manbalarda urushlardan birida zirhli kiyimsiz 
jangga kirilganidan ancha odam nobud b
oʻlib, koʻpchiligi yaralanganligi haqidagi ma’lumotlar mavjud 
[4:47]. Jumladan, Abdullaxon II q
oʻshinida uzoq yillar toʻpchiboshi lavozimida xizmat qilib, aksariyat 
janglardagi 
gʻalabaga hissasini qoʻshgan Ustod Ruhiy 1579 - yilgi janglardan birida “urush kiyimini 
kiymay jangga kirganligi uchun” nayza zarbidan halok b
oʻlgan [13:355]. 
20
 



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish