ILMIY AXBOROTNOMA
TARIX
2017-yil, 2-son
Q
oʻshinda chapar (sipar) va toʻralar [13:186] ham mavjud boʻlib, ulardan mudofaa va qamal
janglarida qalqon sifatida foydalanishgan. Chapar k
oʻpincha mudofaa janglarida foydalanilib, ular
okop (maxsus mudofaa chuqurliklari) oldiga q
oʻyib, uning ortidan oʻq uzishga moʻljallangan va u
k
oʻpincha simdan toʻqilgan yirik qalqon turidir. Movarounnahrda bu turdagi himoya qurollari
Chingizxon bosqini arafasida mahalliy aholi q
oʻlida mavjud boʻlgan [1:136]. Toʻra esa odam boʻyi
baravar b
oʻlib, u yogʻochdan yasalib, usti toʻqilgan sim bilan qoplangan qalqondir [4:68]. U qamal
paytida mudofaachilar
oʻqlari, otilgan tosh, gʻisht va boshqa qurollardan himoyalanib, hujumga
oʻtishga moʻljallangan oʻziga xos himoya toʻsigʻidir.
Askarlarning boshlarini ham metall aslaha – dubul
gʻa himoya qilgan. Dubulgʻa turli shaklda,
ichkarisi kigizdan tikilgan, tashqi tarafi esa temir yoki p
oʻlatdan ishlangan [13:298]. Yuqori tabaqa
harbiylar – sarkardalar oddiy askarlarnikidan farqi sezilarli, uchi uzun, jezdan yasalgan dubul
gʻalar –
xudlarni kiyib jangga kirganlar [13: 114, 117].
Qurol turlari sohiblarining qaysi tabaqaga mansubligini ham yaqqol namoyon qilgan. Jang
vaqtida yasalgan oddiy yo
gʻoch hamda naqsh va suratlar bilan ziynatlangan qalqonlar oʻrta asrlarda
yuqori tabaqaning turli qatlamlariga mansub namoyandalarining qurollanish belgilaridan edi [5:19].
Lashkar y
oʻlboshchilari jangovar otlarining tanasi zirh bilan himoya qilingan. Ular bargustvon
(kejm) deb atalib, asosan temir simlardan t
oʻqilgan. Bunday yopinchiqlar asosan qoʻshin
boshliqlarining otlariga yopilgan.
Qurol-aslahalar, odatda, mahalliy ustalar tomonidan yasalgan, shuningdek, boshqa
mamlakatlardan ham keltirilgan. Hofiz Tanishning qayd etishicha, Darband qurol-aslahalari ortilgan
bir necha tuya Moskvadan Buxoroga kelgan (1583) [14:119]. Yozma manbalarda XVI asr oxirida
Samarqandda qurol-aslahalar tayyorlashga ixtisoslashgan bir qator ustalar tilga olinadi. Bolalarning
usta hunarmandlarga shogird tushishi munosabati bilan t
oʻzilgan “Majmuai vasoyiq” deb atalgan
bitimlar t
oʻplamida jibatob usta va shogirdlar orasida tuzilgan shartnomalar ham mavjud. Mazkur
bitimlardan biriga muvofiq, Mulla Temur Mulla Jonmuhammad
oʻgʻli oʻz ukasi Ibodullani ikki yil
ichida yaro
gʻ-aslaha tayyorlash san’atini oʻrganishi uchun Ustoz Muhammad Moʻmin jibatobga
shogirdlikka beradi [6:113].
Samarqandda jibatob ustalarining faoliyati XVI asrning ikkinchi yarmida ayrim qurollarni
ishlab chiqarish sohasida
oʻrta osiyolik qurolsozlar ham muayyan yutuqlarga erishganligini koʻrsatadi.
Bu hunarni
oʻrganish uchun kishilarning ularga koʻplab shogird tushishi ham shundan dalolat beradi.
Umuman olganda, samarqandlik jibatoblarning mahsulotlari mahalliy aholining badavlat toifasiga
mansub harbiylar, shuningdek, boshqa shaharlar aholisi tomonidan sotib olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |