ILMIY AXBOROTNOMA
TARIX
2017-yil, 2-son
a’yonlari oldida mendan bizning milti
gʻimizdan otishga majbur etdi va oʻzi ham ulardan otib, mashq
qildi” [3:183]. Ushbu xabardan ma’lum b
oʻladiki, mahalliy toʻfanglar Antoniy Jenkinson qoʻlidagi
miltiqdan farq qilgan.
XVI asrning ikkinchi yarmidan e’tiboran q
oʻlda olib yuriladigan oʻq otish qurollarini texnik
jihatdan takomillashtirish, q
oʻshinni, shu jumladan, yollanma lashkarlarni ham qurollantirishda
muayyan rol uynay boshladi. Jumladan, Samarqand hokimi b
oʻlib turgan shayboniy Navroʻz
Ahmadxon (Baroqxon), shuningdek, uning
oʻgʻli Bobo sulton qoʻshinlari tarkibida miltiqdan oʻq
otuvchilardan tashkil topgan yollanma askarlar guruhi xizmat qilgan [8: 143, 394].
T
oʻfangandozlar otgan oʻq qalqon, sovut, ba’zida hatto qalqon va sovutni ham baravariga teshib
oʻtgan.
Manbalar tadqiq etilganda, Abdullaxon II davrida quyilgan t
oʻplarga nomlar berilganligining
guvohi b
oʻlishimiz mumkin. Masalan, Balxdan keltirilgan “Qora bugʻa” [14:240], Movarounnahrning
oʻlkalarida quyilgan “Oqburyo toʻpi” [8: 292], “Qubbali qozon (toʻp)”, “Jahongir qozoni”, “Qora
bahodir qozoni” (Qora bahodirdan neft yoqib otilgan b
oʻlishi, ehtimol) singari toʻplar mavjud boʻlgan
[13:293].
Muhammab ibn Arab Qata
gʻan Abdullaxon II davrida toʻp yasash va otish bilan
shu
gʻullanadigan maxsus shaxslar haqida qimmatli ma’lumotlarni beradi. Qoʻshinda Ustod Ruhiy
ismli t
oʻpchi harbiy muhandis boʻlib [8:328], uning boshchiligida zambaraklar yasalgan va undan
qal’alar shturm qilingan. Ruhiy Abdullaxonning deyarli barcha janglarida, ayniqsa, qal’alar qamalida
oldingi safda turib, t
oʻpchiboshilik qilganligi bir necha marta eslanadi [13: 243, 256, 265, 276, 293,
298, 306, 308 va h.k]. Muallifning voqealar bayonidan kelib chiqib fikr yuritiladigan b
oʻlsa, 1580 -
yildan boshlab Ustod Ruhiyning janglarda ishtirok etganligi haqida birorta ma’lumot uchramaydi
(Ustod Ruhiy 1879 yilda qal’alardan birining qamali paytida orqasidan nayza sanchilib, jarohat olgan.
Shu jarohat natijasida Ruhiy vafot etgan b
oʻlishi, ehtimol). 1582 - yil iyul oyida Abdullaxonning
Sabron (Janubiy Qozo
gʻistonda) qal’asini egallash chogʻida Ustod Ruhiy (u vafot etgan edi)ning
oʻrniga toʻpchiboshi boʻlgan Mirak yasovul alohida jonbozlik koʻrsatgan [14:84]. Shu yilning avgust
oyida Yassi qal’asining egallanishida Qaro
gʻoziy va Jahongiriy singari toʻpchilar nomlari tilga olinadi
[8:344]. Bundan k
oʻrinadiki, qoʻshinda harbiy muhandislar soni keyingi davrlarda koʻpayib borgan.
Tarixiy ma’lumotlarning guvohlik berishicha, XVI asrda
Oʻrta Osiyodagi harbiy harakatlarda
artilleriya t
oʻpi – zambaraklardan foydalanilgan va mahalliy ustalarning oʻzlari zambaraklar yasay
boshlagan.
Boburning yozishicha, eritilgan metall mis tarnov orqali maxsus qolipga quyilgan va keyin
sovutilgan. Ishlab chiqarish jarayoni bir necha kunga ch
oʻzilgan: avvaliga tayyorgarlik ishlari olib
borilgan, s
oʻng eritilgan metallni qolipga quyishgan, shundan soʻng quyilgan qurolning qotishini bir
necha muddat (bir-ikki kun) kutishgan [4:199]. Quyish jarayoni texnologiyasini yaxshi bilmaslik va
mukammal texnikaning y
oʻqligi ustalarga mustaqil ishlashlariga yoʻl qoʻymagan. Toʻp – otish oldidan
stvolga zarur vaziyat yaratish va otish vaqtida otilgan
oʻtni yutish hamda bunda vujudga keladigan
o
gʻirlikni yerga uzatish uchun maxsus moslama (yoki aroba)ga oʻrnatilgan [4:231]. Shu davrga
tegishli miniatyuralarda t
oʻplar asosan toʻrt gʻildirakli va ularning gʻildiragi yogʻochdan yasalganligini
k
oʻrish mumkin [2:121].
T
oʻp quyuvchi ustalar rextagar deb atalgan [14:36]. Ish jarayonida ular yordamchi ishchi
kuchidan foydalanishgan. XVI-XVII asrlarga oid manbalarda k
oʻrsatilishicha, Buxoroda bir necha
rextagarlar b
oʻlgan. Rextagarlar mis va qoʻrgʻoshin qorishmasi boʻlgan bronzadan turli uy-roʻzgʻor
buyumlarini ham yasaganlar.
XVI asr oxirlariga kelib, artilleriya t
oʻplarini yasash nisbatan takomillasha boshladi.
Abdullaxon II buyru
gʻi bilan, 1587 yilda Gavharshod masjidida Hirot qal’asi qamali uchun quyilgan
har yetti t
oʻpdan biri 2-3 botmon (1 botmon taxminan 20-30 kg) ogʻirlikdagi toshni otar edi [14: 183,
234]. XVI asr oxirlariga kelib, harbiy harakatlarda asosan mahalliy ustalar yasagan t
oʻplardan
foydalanilgan. Yevropacha t
oʻp – faranglar kamdan-kam hollarda eslatiladi. Undan otish oʻziga xos
qiyinchilik tu
gʻdirganligini manbalardagi ayrim voqealar sharhidan ham bilib olish mumkin.
XVI asrning birinchi choragida t
oʻpni uni quygan ustaning oʻzi otgan. Ammo Hofiz Tanishning
bir y
oʻla yettita toʻp quyilganligi haqidagi ma’lumoti XVI asr oxirlaridan toʻp quyadigan usta asosan,
t
oʻp yasash bilan mashgʻul boʻlgan va faqat ayrim hollardagina oʻzi undan oʻq uzgan, degan xulosaga
olib keladi.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |