Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/301
Sana21.07.2021
Hajmi2,42 Mb.
#125429
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   301
Bog'liq
Le5R6spIug ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
   
      TARIX 
     
 
           2017-yil, 2-son 
qayin daraxtidan, uchi esa temir va p
oʻlatdan ishlangan. Buxoro qoʻshinida “xatti nayza” deb atalgan 
nayza turi keng tarqalgan b
oʻlib, ular uzun va toʻgʻri dastali boʻlgan. Arabiston yarimorolidagi Xatti 
manzilida ishlab chiqarilgan t
oʻgʻri nayzaga qiyosan, barcha toʻgʻri dastali nayzalar shu nom bilan 
yuritilgan [14:102,163].  
Oʻq otar qurollar. Yozma manbalarda qayd etilishicha, eng asosiy jang qurollari oʻq va kamon 
b
oʻlgan. Bu davrda kamonning asosi tashqi tomondan chandir, ichki tomondan silliq muguz (xoʻkiz 
shoxi) yopishtirilgan yo
gʻochdan iborat boʻlgan. Ba’zida tutqichining oʻrtasi va oxiri suyak (dandon) 
bilan qoplangan [6:108]. Ular qattiq kamon[13:306] deb atalib, uning 
oʻqi uzoqqa otiladigan alohida, 
murakkab turi edi.  Zahiriddin Bobur Sulton Xusaynning amirlaridan biri Muhammad Sayid Urusni 
“yoyi qattiq, 
oʻqi esa uzun edi”, - deb tasvirlaydi [4:136].  
Shu bilan birga, murakkab tuzilishga ega kamonlarning turlari ham mavjud b
oʻlgan. 
Manbalarda ovda alohida, jangda alohida 
oʻqlar ishlatilishi haqida ma’lumotlar uchraydi [13:198]. 
Kamondan 
oʻq uzish nafaqat oʻt ochish qurollari paydo boʻlgunga qadar, balki undan keyin ham Oʻrta 
Osiyoda muayyan masofadan turib nishonga urishning asosiy usuli b
oʻlib kelgan.  
Kamon va 
oʻq qoʻlda koʻtarib yuriladigan oʻqotar qurollar qatorida qoʻllanishining sababi 
shundaki, ilk davrlarda t
oʻfang kamdan-kam hollarda kamondan ustunlik qilgan.Kamon va oʻqlarni 
olib yurish uchun ustalar sadoq(bu davrda zihdon [13:201] deb atalgan) yasaganlar.   
Ma’lumki, kamondan otish uchun 
oʻq uyacha (chuqurcha) vositasida ipga mustahkamlangan. 
Oʻqlar turli shaklda boʻlishi mumkin edi. Yogʻoch, poynak va qush patidan yasalgan oʻqlar keng 
tarqalgan. Yo
gʻoch  oʻqlar turli turdagi daraxtlardan tayyorlangan, jumladan,  manbalarda qayindan, 
xadang (oq qayinga 
oʻxshash qattiq daraxt, bu davrda undan oʻq va aravalar gʻildiragi yasalgan 
[11:108]) yo
gʻochidan yasalgan oʻqlar tilga olinadi [13:119]. Oʻqning uzunligi kabi unga soʻqilgan 
patlar ham turli shaklda edi. 
Oʻq uzish uchun barmoqlarga maxsus, angishvonasimon zehgirlar 
taqilgan [4:135]. “Abdullanoma” asarida, Dashti Qipchoq askarlari uch payli (uchta uyachali) 
kamondan bir kamon ipini tortish bilan uchtadan 
oʻq uzishi haqida qimmatli ma’lumotlarni keltiradi 
[14:181; 13:165]. Bunday kamonlar odatda tekistlikdagi jang qilish paytida, raqiblar hali bir-birlariga 
yaqinlashib kelmagan jarayonda q
oʻl kelgan. 
Neftga shimdirilgan matoni 
oʻqqa  oʻrash orqali yondiruvchi oʻqlar tayyorlangan. Qamal 
qilinganlar qal’a devorlaridan turib qamal qiluvchilarni 
oʻqqa tutish uchun ulardan foydalanganlar. 
Qamal qilayotganlar esa qamal qilinayotgan shaharda yon
gʻin chiqarish maqsadida yondiruvchi 
oʻqlarni otganlar. Oʻqning  oʻrtacha qancha masofaga otilishidan amalda jang oldidan qoʻshinning 
joylashgan 
oʻrnini, ba’zida esa umuman masofani aniqlash uchun ham foydalanilgan. 
Shuningdek, 
oʻq otar qurollar – taxshanlar ham qoʻllanilgan [4:47]. Lekin taxshandozlar XVI-
XVII asrlardagi harbiy t
oʻqnashuvlarning ishtirokchilari sifatida kamdan-kam hollarda tilga olinadi. 
XVI asrdan boshlab Movarounnahr hududida keng tarqalgan t
oʻfanglar yogʻoch va metall bilan 
ishlangan b
oʻlib, ular Oʻrta Osiyo hududida ishlab chiqarilmagan. Toʻfang  Oʻrta Osiyoga Eron va 
Turkiya hududlaridan keltirilgan. “Mir’otul mamolik” (mamlakatlar k
oʻzgusi) asari muallifining 
ma’lumot berishicha, Toshkent xoni Navr
oʻz Ahmadxonga Turk sultoni 300 ta miltiq bilan 
qurollangan yanicher (yangi q
oʻshin)larni yuborganligi haqida ma’lumot beradi [9:122]. Uning 
ta’kidlashicha, Buxoro  q
oʻshinlaridagi miltiqlar misdan quyilgan boʻlib, asar qahramonidan 40 ta 
temir miltiq olib q
oʻyilganligi aytiladi [9:103]. Usmonlilar imperiyasi sultonlari bilan shartnomaga 
k
oʻra, yollanma turk mashshoq (harbiy muhandis)lari Abdullaxon II (1557-1598) va  ashtarxoniylar 
davrigacha zamonaviy usulda q
oʻshinlarni jangga tayyorlash mashqlari bilan shugʻullangan, qurollar 
esa Turkiyadan keltirilgan [8: 143, 151, 242]. 
Buxoro xonligida XVI asr birinchi choragidagi k
oʻplab harbiy toʻqnashuvlarning ishtirokchisi 
va qahramoni Zahiriddin Boburning ma’lumotlariga qaraganda, 
oʻtochar qurol – toʻfang oʻsha paytda 
Bajavr (Af
gʻoniston) aholisiga ma’lum boʻlmagan. Ular bunday qurolni hech qachon koʻrishmagan va 
jang boshlanganda, t
oʻfang ovozini eshitib ham parvo qilmay, oʻqning roʻparasida turishda davom 
etganlar. Faqat t
oʻfangandozlar toʻfangdan  oʻq otib, oʻnga yaqin bajavrliklarni yer tishlatgandan 
keyingina, boshqalar dushman ochayotgan 
oʻtdan oʻz boshlarini qutqarish payiga tushadilar [4:164]. 
Af
gʻonistonning ba’zi bir joylarida toʻfang faqat 1509  -  yilda Bobur qoʻshini bilan birga paydo 
b
oʻlganligidan kelib chiqsak, mazkur oʻq otar qurol bu yerda keng tarqalmaganligi ma’lum boʻladi.  
1558 - yil Buxoroga tashrif buyurgan ingliz Antoniy Jenkinson shunday yozadi: “26 - dekabrda 
menga xon huzuriga kirish amr qilindi. Men unga rus podshohining maktubini topshirdim. Xon 
18
 



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish