Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/301
Sana21.07.2021
Hajmi2,42 Mb.
#125429
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   301
Bog'liq
Le5R6spIug ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
   
      TARIX 
     
 
           2017-yil, 2-son 
xizmatchilarni qamoqda saqlash uchun maxsus joy umuman 
уetishmayotganligi va bu haqda 
«Markaz»ga xabar berish zarurligi masalasi qarab chiqilgan[2].  Masala respublika darajasiga olib 
chiqilgan. 
Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Sovetida[3]  1919  -  yil 12 -  mayda Adliya 
Komissariatining «Qamoqqa olishni amalga oshirish tartiblari haqida»gi Nizomi 
oʻrganilgan. 27  - 
mayda esa, Turkiston Respublikasi Sovetlarining Markaziy ijroiy q
oʻmitasining adliya boʻlimi 
b
oʻyicha 151-sonli buyrugʻi ham  ushbu masalaga bagʻishlangan.  
Ushbu buyruqda asosan Favqulodda komissiyalar, Xalq sudlari va xalq sudlari qoshidagi tergov 
komissiyalari, Inqilobiy tribunallar, shuningdek, Militsiya  tergov qilishga, ma`muriy jarima 
t
oʻlatishga yoki qamoqqa olishga ruxsat bersagina amalga oshirishi mumkinligi qayd etilgan[4].  
Ma`muriy qamoq yoki jarima undirish «ma`muriy qamoq va jarima undirish haqidagi alohida 
nizom» b
oʻyicha amalga oshirila boshlangan. Har bir qamoqqa olganlik haqida militsiya mahalliy 
deputatlar Sovetining Adliya komiss
ariatiga qamoqqa olinganlik haqidagi qaror nusхasini berish bilan 
xabar berishi kerak b
oʻlgan. Qamoqxonaga qamoqqa olingan odam  yuborilganda nima sababdan 
qamalganligi, gumon qilinayotganligi haqidagi aniq sabablari k
oʻrsatilgan qaror bilan yuborilishi 
ta`kidlangan.  Agar qaror b
oʻlmasa bironta qamoqxona odamni qamoqqa olishga haqqi yoʻqligi ham 
k
oʻrsatilgan. Yuqorida koʻrsatilgan organlar qamoqqa olish kerak boʻlgan odamni ushlagandan keyin 
2 soatdan kechiktirmay tegishli sud idorasiga barcha tegishli materiallar bilan topshirishi shartligi 
k
oʻrsatilgan. Agar qoʻlga olingan odam 24 soat ichida soʻroq qilinmasa, qamoqxona boshligʻi ushbu 
qamoqni amalga oshirgan idoraga va mahalliy adliya b
oʻlimiga zudlik bilan хabar berishga majburligi 
aytilgan[5].  
Mazkur buyruq 1919  -  yil 7 -  iyulda Amudaryo b
oʻlimining Birinchi uchastkasi xalq sudida 
oʻrganib chiqilgan[6]. Ushbu buyruqning 9 bandida «Inqilobiy tribunal va xalq sudlari barcha 
qamoqxonalardagi tartiblarning qonunan bajarilishlari shartligi k
oʻrsatilgan»[7].     
Shuningdek, Turkiston Respublikasi Adliya xalq komissariati 1921  -  yil 28 -  mayda N 13/9 
raqamli qaror va 26 paragrafdan iborat Nizomi qabul qilgan.  Unga asosan Adliya xalq komissariati va 
viloyat Adliya b
oʻlimi qoshidagi Jazo boʻlimlari tarkibida  Taqsimlovchi komissiya tashkil etilgan. 
Taqsimlovchi komissiya sud tomonidan jinoyatchilarga berilgan jazo turiga qarab qamoqxona va 
kameralarga taqsimlagan. Viloyatlardagi Jazo b
oʻlimlari qoshidagi taqsimlovchi komissiya a`zolarini 
viloyat ijroiy q
oʻmitasi tasdiqlagan[8]. 
Taqsimlovchi komissiya haftasiga bir marta majlis 
oʻtkazgan. Majlisda kamida 5 odamdan kam 
qatnashmasligi, 2/3 ovoz bilan qarorlari tasdiqlangan va 
oʻz devonxonasiga ega boʻlgan. Komissiya 
sud hukmi bilan qamalganlarning kelib chiqishi,  sharoiti, so
gʻligi va psixik holatini tekshiruvdan 
oʻtkazgan. 
T
oʻplangan faktlarga asoslanib a) umumiy qamoqxonaga; b) reformatoriyaga[9]; v) 
dehqonchilik qishloqlariga; g) sinovchi muassasaga; d) jazolash-davolash muassasalariga; e) 
qamoqxona tashqarisidagi erkinlik muassasasiga; j) alohida qamoqxonaga (izolyatorlarga), agar b, v, 
g, d, j punktlar b
oʻlmasa «alohida umumiy boʻlim» qamoqxonasida saqlangan. Agar komissiya, 
«qamoqdagi odam ta`sir  etish me`yorlari va axloq tuzatishga muhtoj emas»ligi haqida xulosa bersa 
xalq sudi yoki inqilobiy tribunalga muddatidan oldin yoki shartli muddatidan oldin qamoqdan 
chiqarish mumkinligi haqida yozma ravishda xulosa bergan. Agar mahbus sababsiz ishlashdan bosh 
tortsa shu oydan boshlab komissiya xalq sudi yoki revolyutsion tribunalga qamoq muddatini ch
oʻzish 
haqida rasmiy iltimos qilishi mumkinligi aytilgan[10].  
Sud hukmining ijrosini nazorat qilish va rahbarlik Adliya xalq komissarining ahloq tuzatish 
mehnat b
oʻlimiga yuklangan. Sud idoralari, inqilobiy tribunal va boshqa mahbus haqidagi komissiya 
qarori bilan ishni olgandan keyin 2 hafta ichida asoslangan qaror bilan yana taqsimlash komissiyasiga 
qaytargan[11].  
Taqsimlash komissiyasining reestr r
oʻyxatga olish daftari yuritilgan. Unga mahbusning 
muddatidan oldin ozod etilganligi yoki ozodlikdan mahrum etmasdan majburiy mehnatga 
yuborilganligi haqida ma`lumot yozilgan[12]. 
1922 -  yili 2 - dekabrdagi Oliy tribunalning 32243 sonli xatiga asosan qattiq yakkalab, ajratib 
q
oʻyish uchun Butunrossiya markaziy ijroiy qoʻmita roziligini olish talab qilinmasligi haqidagi 
k
oʻrsatmasidan keyin Taqsimlash komissiyasining  qarori bilan mahbusni boshqa axloqi 
24
 



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish