ILMIY AXBOROTNOMA
FALSAFA
2017-yil, 2-son
oʻzaro bir-biriga koʻrsatgan ta’sirini Osiyosentrizm yoki Yevropatsentrizm vakili ham mutloqo inkor
eta olmaydi.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan Sharq va
Gʻarb ma’naviy madaniyatini bir-biridan ayro holda
rivojlangan ekan degan xulosaga kelmasligimiz kerak. Chunki bu qadriyatlar
oʻzaro uygʻunlikda butun
insoniyatning ma’naviy ozuqa manbai b
oʻlib xizmat qilgan. Masalan, Suqrot butun umri davomida oʻz
falsafiy ta’limotining asosiy vazifasi deb axloqiy tarbiyani q
oʻygan. Shuning uchun ham Alisher
Navoiy ham “Farhod va Shirin” dostonining bosh qahramoni Farhodni ta’lim olish uchun Suqrotning
huzuriga y
oʻllagan. Shuningdek, Arastu axloqiy qarashlarida “oltin oʻrta, moʻ‘tadillik” gʻoyasi ustuvor
ahamiyat kasb etgan. Uning bu
gʻoyasi Abu Nasr Forobiy axloqiy qarashlarida oʻziga xos tarzda
quyidagicha ifodalangan: “Buyuk kishilarning naqllaridan” risolasida Shunday deb yozadi:
“Yaxshiliklar hammasi
oʻrtachalikning natijasi boʻlib, ikki keskin chegara kamchilik va ortiqchalik
oʻrtasida oʻrnashgandir. Bu ikkala chegara fazilatlikning u yon va bu yonida turgan nuqta boʻlib, har
ikkisi ham yomonlikka olib boradi. Chunki, fazilatlik kerakli narsa b
oʻlsa, uning bir tomonidagi
keragidan ortiqchalik b
oʻlib, ikkinchi tomonidagi keragidan ozlikdadir. Did-farosatlilik ham ikki nuqta
oʻrtasida joylashgan. Saxiylik ham xuddi shunday. Bir tomondan xasislik boʻlsa, ikkinchi tomonda
haddan tashqari xotamtoylik turadi”. Shuningdek, Javoharla’l Neruning “Hindistonning kashf etilishi”
asarida qayd etilishicha: “Beruniy yunon falsafasini egallab, hind falsafasini mutolaa qilmoq uchun
sanskrit tilini
oʻrgandi. Soʻng yunon va hind falsafasini bir – biriga solishtirib, ulardagi mavjud
b
oʻlgan umumiylikni koʻrib gʻoyatda ajablangan”.
Shu
oʻrinda ta’kidlash kerakki, ustuvor darajada individuallikka yoʻnaltirilgan Gʻarb insoniga
qarama-qarshi Sharq kishisi jamoaga ma’naviy bo
gʻlangan boʻladi. Shuning uchun ham Sharqda
Qur’on va hadislar, Shuningdek obr
oʻli-e’tiborli din arboblarining, faylasuflar, olimlarning vaqt
sinovidan
oʻtgan, umuminsoniy qadriyatlarni oʻzida aks ettirgan fikrlari ijtimoiy hayot masalalarini hal
qilishda, inson va jamiyat
oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solishda eng ishonchli, e’tiborli, nufuzli
manba hisoblangan. Bu manbalarni t
oʻgʻridan toʻgʻri qabul qilish, fikr yuritishda ularga asoslanish
milliy mentalitetimizga xos xususiyatdir. Shu bois, asrlar davomida Sharq ma’naviy madaniyati asosida
yoshlarda falsafiy mushohada, tafakkur etish k
oʻnikmalarini shakllantirishni uzluksiz ta’lim tizimiga
kiritish, nazarimizda, milliy mentalitetimizning milliy taraqqiyot
gʻoyasi asosida yanada yuksaltirishga
xizmat qiladi. Chunki, aynan Sharq ma’naviy madaniyatida inson tabiatning bir b
oʻlagi, Shu bilan birga
gultojisi ekanligi (Forobiy, Ibn Sino, A.Navoiy va boshqalar), ma’naviy komillik kishilar, Shuningdek,
inson va tabiat
oʻrtasidagi barqaror munosabatlarni ta’minlovchi buyuk qadriyat kabi gʻoyalarning oʻzaro
uzviy aloqadorligi, inson va jamiyatning barqaror rivojini ta’minlovchi muhim omillar ekanligi ustuvor
ahamiyat kasb etgan.
Umuman olganda, bugungi kunda aksariyat jamiyatshunos olimlarimiz Sharq va
Gʻarb
ma’naviy madaniyatini
oʻrganishga, mustaqillikning nazariy muammolarini yoritishga alohida e’tibor
bermoqdalar. Shuni ham aytish joizki, bu sohada qilinayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va ularning
natijalari hozirgi zamon talablariga javob bermoqda desak adashmagan b
oʻlamiz. Sharq va Gʻarb
ma’naviy madaniyatiga umuminsoniy qadriyatlar tizimi sifatida qarash, bu borada tarixiy meros va
boshqa mamlakatlarning milliy madaniy tajribasidan foydalanish, bu sohadagi ilmiy izlanishlarni
Oʻzbekiston oldida turgan keng qamrovli vazifalar bilan bogʻlash jamiyatshunos olimlar oldida turgan
muhim vazifalardir. Zero, bizning qadimiy va g
oʻzal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon
sivilizatsiyasi beshiklaridan biri b
oʻlgan. Bu tabarruk zamindan buyuk zotlar, olim-u ulamolar,
siyosatchi va sarkardalar etishib chiqqan, dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, ilm-fan taraqqiyoti
bilan bo
gʻliq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga koʻtarilishida ona yurtimizda tugʻilib kamolga
etgan ulu
gʻ allomalarning xizmatlari beqiyos boʻlgan.
Xullas, bugun
Gʻarb va Sharq tafakkur tizimlarini oʻzaro aloqadorlikda oʻrganish vaqt yetib
keldi, deb
oʻylaymiz. Zero, garchi Gʻarb aniq bilim sohasida muvaffaqiyat qozongan boʻlsa hamki,
Sharq dunyo va insonni haryoqlama umumlashgan ravishda va t
oʻgʻri tushunishda oʻziga xos oʻrinni
egallaydi. Sharq qadriyatlari
oʻz oʻzanida rivoj topib borishi bilan bir qatorda insoniyatning kelgusi
taraqqiyotiga zamin b
oʻlib xizmat qildi hamda oʻzining ijobiy ta’sirini koʻrsatgan. Shuning uchun ham
bugungi global ma’naviy
oʻzgarishlar sharotida ham Sharq tamadduni va madaniyati xalqlarni
ma’naviy va ruhiy jihatdan buyuk
oʻzgarishlarga tayyorlashda mayoq vazifasini oʻtab kelmoqda desak
xato qilmagan b
oʻlamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |