O‘zbekistonning eng yangi tarixi



Download 127,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana11.01.2022
Hajmi127,09 Kb.
#340504
  1   2   3
Bog'liq
Документ

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Javob


Xasanov Komiljon  

IM-90 

  Savol 

      1. 

“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv 

fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, 

nazariy-metodologik tamoyillari.  

      2. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning 

shakllanishi. O‘zbekistonda bozor 

munosabatlarining rivojlanishi. 

      3. 

O‘zbekiston respublikasidagi ijtimoiy 

o‘zgarishlar.

 

 



Javob

 

1.



 

Darsning 

o‘quv 

maqsadi:


 

O‘zbekiston 

tarixi 

fanining 

predmeti, maqsadi va vazifalari, manbalari va mintaqa tarixining 

jahon  tarixi  bilan 

bog‘liqligi  to‘g‘risida  bilimlar  tizimini 

shakllantirish.  

1. 

O’zbekistonning eng yangi



 tarixi fanining  fan sifatidagi 

ahamiyati. Fanning obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari. 

O‘zbekiston hududida istiqomat qilayotgan xalqlarning tarixi qadim 

o‘tmishga

  borib  taqaladi.  Bu  qadimiy  va  tabarruk  zaminda  buyuk 

allomalar, fozilu fuzalolar, siyosatchilar, buyuk sarkardalar yashab 

o‘tganlar.  Diniy  va  dunyoviy  ilmlarning  asoslari  mana  shu  yerda 

yaratilgan,  sayqal  topgan. Ota-bobolarimizning  asrlar  davomida 

to‘pla

gan  hayotiy  tajribalari,  diniy,  axloqiy,  ilmiy  qarashlarini 



sinchiklab 

o‘rganish, 

ulardan 

O‘zbekiston 

mustaqilligini 

mustahkamlash,  mamlakatimizni  buyuk  davlatlar  qatoriga 

ko‘tarishda, xalq farovonligini yuksaltirishda foydalanish muqaddas 

vazifadir.  Chunk

i  O‘zbekiston  Respublikasining  Birinchi  Prezidenti 



I.A.Karimov  ta’kidlaganidek,  “...kim  bo‘lishidan  qat’i  nazar, 

jamiyatning  har  bir  a’zosi  o‘z  o‘tmishini  yaxshi  bilsa,  bunday 

odamlarni  yo‘ldan  urish,  har  xil  aqidalar  ta’siriga  olish  mumkin 

emas.  Tarix  sab

oqlari  insonni  hushyorlikka  o‘rgatadi,  irodasini 

mustahkamlaydi”.  Demak,  o‘zligini  tanigan,  tarixiy  tajribadan 

chuqur  saboq  olgan  fuqarolariga  ega  bo‘lgan  davlatni  tanlagan 

yo‘lidan qaytarib  bo‘lmaydi.  Bunday  davlatda  tinchlik,  taraqqiyot, 

farovonlik barqa

ror bo‘ladi. 

      

O‘zbekiston  mustaqillikni  qo‘lga  kiritilishi  tufayli  o‘zbek  xalqi 



davlatchiligi  tarizida  yangi  davr 

  mustaqillik  davri  boshlandi. 



O‘zbekiston

 bugungi  kungam  kelib  dunyo  siyosiy  xaritasidagi 

tenglar  ichra  teng  davlat  sifatida  o‘zining  munosib  o‘rnini 

egalladi.   Mustaqillik  uzoq  yillar  mustamlakachilik  zulmining 

achchiq damlarini boshidan kechirgan o‘zbek xalqi hayotida yangi 

istiqbolli  davrni  boshlab  berdi.  Istiqlol  har  bir  vatandoshimizning 

ongida,  tafakkurida,  mustamlakachilik,  ma’naviy

  jismoniy  tobelik, 

axloqiy-

ruhiy  qaramlikdan  so‘ng  u  bergan  beqiyos  ne’matlarni  –

 

qadimiy  an’analar  va  qadriyatlarimizning  tiklash  imkoniyatlarini, 



ko‘p  ming  yillik  tariximizni  yuksak  iftixor  ruhida  o‘rganish 

imkoniyatlarini  ochib  berdi. O‘zbekistonning  en

g  yangi  tarixi  bu 

 



O‘zbekiston  tarixi  fanining  ajralmas  tarkibiy  qismi  hisoblanada. 

Garchand,  istiqlol  yillarida  boshlangan  buyuk  davlatchiligimiz 

poydevorini yaratishdagi ulkan bunyodkorlik, tashkilotchilik ishlari 

hali tarixga aylanib ulgurmagan bo‘lsa bo‘lsa

-da, qisqa fursat ichida 

O‘zbekistonning 

istiqlol 

taraqqiyoti 

yo‘lidan 

olamshumul 

islohotlarning  mazmun-

mohiyatini  o‘rganishni,  tahlil  qilishni 

hayotning o‘zi dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‘ymoqda.

 

O‘zbekistonning  eng  yangi  tarixida:  O‘zbek



istonning  davlat 

mustaqilligiga  erishishi,  yangi  jamiyatga  o‘tish  davrida  siyosiy 

islohotlarning 

amalga 


oshirilishi, 

O‘zbekistonda 

huquqiy 

demokratik davlat qurilishi, fuqarolik jamiyatining shakllantirilishi, 

iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir tadbirlar, mamlakatda 

ijtimoiy-

siyosiy  barqarorlikni  ta’minlash  omillari,  ma’naviy

-ruhiy 


tiklanish va milliy qadriyatlarning tiklanishi hamda O‘zbekistonning 

jahon  hamjamiyatida  munosib  o‘rni  olishi  kabi  masalalar  –

  bu 

bosqichdagi O‘zbekiston tarixining m



azmunini tashkil etadi.  


O‘zbekistonning  eng  yangi  tarixi  fani

 - 


ob’ektisifatida,  fanning 

O‘zbekiston  tarixining  eng  yangi  davri  ekanligi  nuqtayi  nazaridan 

kelib  chiqib,  1991  yildan  to  hozirgi  kungacha  bo‘lgan  voqea  va 

hodisalarning  bir  butun  hamda  yaxlitl

ikda  o‘z  ichiga  oladi. 

Fanning predmeti 

esa  mana  shu  bir  butun  ob’ekt  ichidagi  aniq 

siyosiy,  tarixiy-madaniy,  ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlardan  iborat 

bo‘ladi.

  

O‘zbekistonning eng yangi tarixi materiallari, tarixiy jarayonlarning 



talqini  sobiq  tuzum  davrid

a  an’anaga  aylangan

-sinfiylik, 

partiyaviylik kabi soxta tamoyillardan holi bo‘lmog‘i lozim. 

 Bundan 

kelib chiqqan holda:  

-

birinchidan,  O‘zbekistonning  eng  yangi  tarixi  materiallari  chuqur 



ilmiylik,  xolisonalik,  tarixiylik,  xronologik,  izchillik,  tarixiy 

haqiqatning ustuvorligi tamoyillariga asoslanadi;  

-ikkinchidan, 

fan 


materiallarini 

o‘zlashtirish 

bo‘lajak 

mutaxassislarda  tarixiy  bilimlarning  davomiyligini,  tasavvur  va 

tushunchalarning chuqurlashuviga xizmat qiladi, masala mohiyatiga 

ilmiy-nazariy yondashuv fazilatlarini shakllantiradi;  

-

uchinchidan,  O‘zbekistonning  eng  yangi  tarixi  materiallari 



boshidan  oxirigacha  vatanparvarlik,  tolerantlik,  insoniylik  kabi 

fazilatlar g‘oyasi bilan sug‘orilgan;

  

-

to‘rtinchidan,



 tarixiy talqindagi materiallar umumbashariy va milliy 

qadriyatlar  ustuvorligi  hamda  tarixga  hurmat  e’tibor  ruhi  bilan 

sug‘orilgan.

  

-



beshinchidan,  bozor  munosabatlariga  o‘tish  jarayonida  aholini 

ijtimoiy  himoyalash,  dunyoviy  davlat  qurishning  asosi  bo‘lgan 

qonun  ustuvorligiga  erishish,  qonun  oldida  barchaning  tengligini 

ta’minlash tamoyillari vujudga keldi.

 

  

2. 



O’zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik ilmiy

-

nazariy asoslari,  usullari va tamoyillari. 



Har  qanday  fan  kabi  “O‘zbekistonning  eng  yangitarixi”

 fani  ham 

o‘zining  me

todologik  ilmiy-nazariy  asoslari  va  tamoyillariga  ega. 

Bular  O‘zbekiston  tarixi  fanining  asosini  tashkil  etib,  uning 



rivojlanishi,  jamiyat  va  millat  manfaati  yo‘lidagi  nufuzini  ortib 

borishi  uchun  o‘ta  muhim  ahamiyatga  ega.  Eng  muhimi,  ilmiy

-

nazariy  tamoyillar  Vatan  tarixining  haqqoniy  yozilishi,  tarixiy 



haqiqatni yuzaga chiqishiga xizmat qiladilar. 

Agar tarix insoniyat yashab rivojlanishi uchun ijtimoiy zaruriyat va 

ma’naviy

-

ma’rifiy  ehtiyoj  bo‘lsa,  tarix  fani  esa,  bu  ehtiyojlarni 



ro‘yobga  chiqishi  uchun  ma’sul  bo‘lgan  yuksak  intellektual  ilmiy

-

amaliy  faoliyatdir.  Buning  samarali  bo‘lishi  ya’ni,  tarix  fani 



rivojlanishida metodologik ilmiy g‘oya va nazariyalar hamda usul va 

uslubiy tamoyillarning ahamiyati benihoya kattadir. CHunki, bular 

tarixning mazmun va mohiyati hamda falsafasini chuqurroq ochib 

berishga,  shuningdek,  tarix  fanining  maqsad  va  vazifasini  to‘laroq 

ro‘yobga  chiqishiga  bevosita  yordam  beradi.  SHuning  uchun  ham 

O‘zbekiston tarixi fanining metodologik ilmiy

-

nazariy asoslari, g‘oya 



va  ta’limotlari  nimalardan  iborat  bo‘lishi  o‘ta  muhim  masala 

hisoblanadi. 

O‘zbekiston Ruspublikasining Birinchi Prezidenti

 Islom 


Karimov  tarixning  eng  muqaddas  milliy  va  umuminsoniy  xotira 

hamda qadriyat ekanligini ta’kidlab, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q“, 

“O‘zlikni

 

anglash  tarixni  bilishdan  boshlanadi”,  “Tarix  xalq



-

ma’naviyatining  asosidir”  kabi  ko‘plab  tarixiy  haqiqatni  to‘g‘ri 

anglatuvchi o‘ta teran fikrlarni olg‘a surdi.

 

Tarixchi  olimlar  butun  insoniyat,  millat,  xalq  va  o‘rganish  ob’ekti 



(ma’lum mavzu) evolyusiyasini, uning ma’no va mazmunini to‘g‘ri 

bilishi, tahlil qila olishi kerak. Agar tarix falsafasi tarixiy voqealiklar 

tahlilidan  kelib  chiqadigan  haqiqat  (xulosa)  larning  so‘zdagi  aniq 

ifodasi  bo‘lsa,  tarix  fani  metodologiyasi  mana  shu  tarixiy 

haqiqatlarni ro

‘yobga chiqishi –

 tarix haqiqiy yozilishi uchun birdan-

bir to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi dasturdir. Eng qisqa va tushunarlik qilib 

aytsak, umuman metodologiya fanlarning fanidir.  


Download 127,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish