Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/301
Sana21.07.2021
Hajmi2,42 Mb.
#125429
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   301
Bog'liq
Le5R6spIug ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
   
FALSAFA 
      
 
      2017-yil, 2-son 
Chunki, endilikda barcha madaniyatlar 
oʻzligini saqlash uchun modernlashishga, ya’ni modernlashgan 
Gʻarb institutlari va texnologiyalarini oʻz hayotlariga joriy etishga majbur boʻlmoqdalar. Shu oʻrinda 
qayd etish lozimki, Sharqda mavjud b
oʻlgan ilk oʻrta asrlar sivilizatsiyasi butun gʻarbga ijobiy ta’sir 
oʻtkazgan, keyinchalik  gʻarbda shakllangan sivilizatsiya Sharq taraqqiyotiga oʻz ijobiy ta’sirini 
oʻtkazgan va shu asnoda sivilizatsiyalar millat, xalq va mamlakatlarning oʻzaro yaqinlashuvida ham 
ijobiy ahamiyatga ega b
oʻlib kelgan. Bugungi sivilizatsiyaning esa ijobiy jihatlari bilan bir qatorda 
salbiy jihatlari ham mavjud b
oʻlib, u xalqlar, mamlakatlar va mintaqalar oʻrtasida ziddiyatlarning 
yuzaga kelishiga ham sabab b
oʻlmoqda.  
Gʻarb mafkurachilari globallashuv barcha mamlakat va xalqlarni jipslashtiradigan ijobiy jarayon 
ekani, agar rivojlanayotgan mamlakatlar taraqqiy etishni, kamba
gʻallikdan qutulishni istasalar ularning 
rejalariga amal qilishlari kerakligi, buning uchun hech qanday  davlatlar aralashmaydigan erkin 
umumiy  bozorlar tashkil etilishi k
oʻp ijobiy oqibatlarga olib kelishi haqidagi fikrlarni oldinga 
surmoqdalar. Boshqacha nuqtaiy  nazardan qaraganda, chindan ham bu bozorlar k
oʻpchilik 
mamlakatlarning jadal iqtisodiy rivojlanishiga yordam berdi ham. Lekin, xalqaro savdo-sotiq faqatgina 
oʻz iqtisodiy taraqqiyotiga foyda keltiradigan mamlakatlar eksportiga yordam berishini va bu 
endilikda ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy resurslar tobora kamayib borayotgan bir 
sharoitida kechayotganini hisobga olishimiz kerak b
oʻlmoqda.  
Shuning uchun bunday bozorning yaratilishi istalgan mamlakatni bir zumda bankrot qilish 
imkoniyatini paydo qilishi bilan ham alohida ajralib turmoqda. Xatto, ba’zi globalistika sohasi 
mutaxassislari fikrlariga k
oʻra, global hokimiyat shakllangan boʻlmasa hamki, butun dunyoni 
boshqarayotgan global boshqaruv tizimi shakllanib b
oʻlgan va u faoliyat bajarmoqda. Bu tizim asosida 
kam sonli umumjahon institutlari hamda  butun dunyo muammolarini yechayotgan bir xovuch egoelita 
yotadi, taqdiri ular tomonidan hal etiladigan juda katta ko
ʻpchilikning esa bu yerda ovozi oʻtmay 
qoldi. Bu globallashuv  siyosatining k
oʻpchilikdan iborat kishilar, tashkilotlar va mamlakatlarni Shu 
ozchilikning q
oʻgʻirchogʻiga aylantirish quroli boʻlib xizmat qilayotganligidan dalolatdir. Albatta, 
bular haqida odatda rasman gapirmaydilar, aksincha, “bizning maqsadimiz – kamba
gʻallikni umuman  
y
oʻq qilish” degan gaplar aytiladi, aslida esa “hamma ekkanini oʻradi”, “boʻlib tashla va hukmronlik 
qil” shiorlari ostida amal qilinadi. Zero  hozirgi davr voqealar rivoji va  mantiqi ayni shunday 
xulosalarga olib kelmoqda. Rus olimi L.V.Leskov fikricha, jahon miyosidagi yangi tartiblashuv tufayli 
transnatsional korporatsiyalarning (TNK) jahon iqtisodiy tizimi x
oʻjayinlari boʻlib olganlari ham Shu 
xulosani dalillashga xizmat qilmoqda. Ma’lumki, TNK jahondagi ishlab chiqarish fondlarining asosiy 
qismini va moliya oqimini, Shuningdek, amalda butun yuqori texnologiyalar potensialini 
oʻz 
nazoratlari ostiga olganlar. Ayni shu  sharoitda insoniyat intellektual va tabiiy resurslarini “s
oʻrib 
oladigan nasos” ishga tushirilgan, endilikda bu resurslar ishlab chiqarish yaxshi rivojlangan 
mamlakatlarga osongina oqib 
oʻtaveradi. Natijada boylarning yanada boyishi, kambagʻallarning esa 
yanada qashshoqlashishi kuzatiladi. TNK esa 
oʻz iqtisodiy manfaatlarini cheklashni aslo istamaydilar. 
Bundan 
oʻzgarish va talablar endilikda inson hayotining hech bir sohasini oʻz girdobiga tortmasdan 
qoldirmayotganligi, faqatgina ayrim shaxslar, jamiyatlargina emas va tabiatning ayrim qismlarigina 
emas, balki  butun sivilizatsiya, butun dunyo  gamletcha “tirik qolmoq, yo 
oʻlmoq” degan mashhur 
savol qarshisida lol qolib turganligi ularni ma’naviy madaniyat 
oʻlchovlari asosida tahlil qilishni 
taqozo etmoqda.  
Oʻz navbatida zamonaviy kommunikatsiyalarga, ommaviy informatsiya vositalari va kuchli 
iqtisodiy salohiyatga ega b
oʻlgan  Gʻarb mamlakatlarining dunyoga yagona hukmdor boʻlishga 
intilishlari qolgan boshqa mamlakatlar va mintaqa xalqlari 
oʻrtasida katta noroziligiga ham sabab 
b
oʻlmoqda. Shuningdek, hozirgi davrda Gʻarb sivilizatsiyasida yuzaga kelgan axloqiy xarakterga ega 
b
oʻlgan muammolar yechimini topish maqsadida,  sharqshunoslikka, xususan, Sharq xalqlari tarixi, 
madaniyati, ma’naviyatiga murojaat etilishi va ularni 
oʻrganishga qiziqish nihoyatda ortmoqda. 
Bunday tadqiqotlarni keng y
oʻlga qoʻyish esa bugungi jahon ma’naviyatida kechayotgan salbiy 
jarayonlarning asl sabablarini tushunish, ularning oqibatlarini t
oʻgʻri baholashga yoʻl ochadi. Bu 
oʻrinda  Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning xalqimizga xos boʻlgan  va  
«Necha asrlardan buyonuni ne-ne balo-qazolardan so
gʻ-omon olib oʻtgan.» yuksak Sharqona 
ma’naviy qadriyatlarimizning ahamiyati beqiyosligiga haqidagi fikri alohida e’tiborga sazovor. Biz 
tanlagan y
oʻl  oʻtmish ajdodlarimizning  Gʻarbnikidan mutlaqo boshqacha, behad yuksak Sharqona 
hayot tarziga borib taqaladi. Vaholanki, endilikda  “Bizningqadimiy va g
oʻzal diyorimiz nafaqat 
93 



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish