ILMIY AXBOROTNOMA
FALSAFA
2017-yil, 2-son
maktabining olam garmoniyasi haqidagi
gʻoyalari, zamonaviy fizikaning yutuqlari bilan birlashib,
sistemalar evolyutsiyasini ifodalanishida strukturalardagi uni tashkil etuvchi elementlar hamda muhit
bilan birgalikdagi dinamik simmetriya orqali ifodalanishi t
oʻgʻri va samarali hisoblanadi. Bunda
tabiatni ifodalashda birinchi obyekt fazo-vaqtdagi zarracha b
oʻlmasdan, balki “mavjudlik” va “mavjud
emaslik” chegarasidagi
oʻzaro ta’sirlar simmetriyasi boʻlganligidan u tabiatning universal invarianti
hisoblanadi. Bu xulosalar asosida kvazikristallar hamda kompotzision materiallarning hosil b
oʻlish
jarayonlarini ham tushuntirish imkoniyati yaratiladi.
Ma’lumki, kristallardagi davomli tartiblilik “strukturali elementlar bir-biriga nisbatan qat’iy
davriy shaklda qator tuziladi. ... kristallardagi uzoqqa boradigan tartibliligi, translyatsion simmetriya
bilan t
oʻgʻri kelmaydigan simmetriyaga ega boʻlishi paradoksal (qarama-qarshilikli) obyektdir”[4], -
degan qarashlar mavjud.Aslida, kvazikristallar hamda kompozitsion materiallarning strukturalari hosil
b
oʻlishidagi jarayonda “kristallardagi davriy simmetriya davriy boʻlmagan simmetriya bilan
almashinadi, umumiylikni tashkil etuvchi qismlar orasidagi umumiy garmoniya esa saqlanadi”[5].
Shuningdek, bu jarayonni inson fenomeni misolida E.N.Shermatov
oʻzining“Sverxprovodimost
i pamyat cheloveka”kitobida batafsil tushuntira olgan [13]. Muallifning fikricha, inson strukturasi
umumiylikni tashkil etuvchi ossisiyalanuvchi va tebranuvchi elementlar t
oʻlqinlari majmuasidan iborat
b
oʻlib, har bir organ jumladan, xujayra ham oʻzining xususiy strukturasi va tebranishlar chastotasiga
ega b
oʻladi. Bunda barcha organlar va xujayralar orasida tebranishlar chastotalarining muvofiqlashuvi
(korrelyatsiyasi) uchun sharoit yuzaga keltiriladi. Natijada alohida organlar va xujayralarning
oʻzaro
kelishilgan tebranishlarining chastotalarining mos kelishligi (ya’ni simmetriyaci) – insonni umumiy
holdagi tebranishlar chastotalarini shakllantiradi, bundagi tebranishlar chastotasi esa 8 gs ni tashkil
qiladi. Katta yoshdagi kishilarning asosiy ritmlari elektroensefalogrammasi chastotalari diapozonining
Yer ionosfera xususiy rezanotor tebranishlariga mos kelishi Shumanov rezonansi deyiladi [2].
Inson tanasi va uning har qanday organi yoki elementi golografik tuzilmaga ega b
oʻlganligidan,
tananing xohlagan qismi barcha
oʻzgarishlarni sezadi va tashqi ta’sirlarga unga mos ravishda oʻzining
javob
oʻzaro ta’sirini koʻrsatadi. Demak, qaytar aloqalar yoʻli bilan strukturaning qolgan qismlari
sistemani zaruriy termodinamik muvozanatini saqlash uchun uni q
oʻllab – qoʻvvatlashga intiladi. Bu
jarayonda sistema strukturasining alohida elementlarida tanazzul (buzulish, degradatsiya)
b
oʻlganligidan turli xil kasalliklar yuzaga keladi. Insonning kasallanishini umumiylikni tashkil
qiluvchi qismlarning birida fazoviy muvofiqlashish (simmetriya)ning buzilishi (asimmetriya) sifatida
tasavvur qilish mumkin.
Sistemaning taraqqiyotida ba’zi parametrlar b
oʻyicha tartiblilik, tashkillashish ortsa, tartibsizlik
kamayadi, boshqa parametrlar b
oʻyicha tartibsizlik va tashkillashishning kamayishi(buzilishi) oshsa,
tartiblilikning oshishiga olib keladi, sistema barcha parametrlar b
oʻyicha tartibsizlikdan tartiblilikka
oʻta olmaydi. Shuningdek, istalgan sistemada absolyut tartibsizlik ham boʻlmaydi.
Tabiatda va jamiyatda t
oʻliq tartiblilikka oʻtishga harakat qilish mazmunsiz va amalga
oshmaydigan ishdir. Chunki, xaos va tartibning mavjudligi borliqni ta’minlovchi asosiy kriteriya
hisoblanadi. Shuning uchun tartiblilik va tartibsizlik (xaos)ning optimal munosabatlarini, ularning
simmetriyasi (proporsiyasi) ni topish lozim. Bu sistemani boshqarish va boshqarmaslikka ham
taaluqlidir. Demak, hamma narsani boshqarishga harakatqilmasdan nimanidir
oʻzini – oʻzi
boshqarishga,
oʻzini - oʻzi taqsimlashga berish kerak, aks holda tartiblilik resurslari yetarli boʻlmaydi.
Bu sohada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar natijasi – hokimlik va boshqaruv
organlarining k
oʻplab vakolatlarini oʻz-oʻzini boshqarish organlariga olib berilishi, erkin fuqorolik
jamiyatini barpo qilishdagi barcha harakatlarimiz, aynan shu qonuniyatga mos kelishligini alohida
ta’kidlashimiz
oʻrinlidir.
Har qanday predmetlar yoki jamiyat sistemasi
oʻzining mavjud boʻlishi uchun
tashkillashishning eng maqbul darajasiga ega b
oʻladi. Eng yuqori maqbul holatni entropiya balansi -
ya’ni, tartiblilik va tartibsizlik bir-birini muvofiqlashtirgan statsionar holat deyishimiz mumkin.
Entropiya balansi (kritik daraja)ning asosiy xossasini - bir xil ahamiyatli b
oʻlgan tashqi boshqaruvchi
ta’sirlar miqdorining ochiqlilik darajasiga munosabati orqali ifodalash mumkin. Ochiqlilik darajasi
qanchalik yuqori (katta) b
oʻlsa, sistemada shunchalik koʻp buzuvchi jarayonlar yuzaga keladi. Har
qanday sistema shuningdek, Yer ham
oʻzining kritik tashkillashish darajasiga ega. Agar insoniyat
tashqi muhit entropiyasini kamaytirib, planeta tashkillashishining kritik darajasini oshirsa, unda
yuqoridagi qonuniyatga k
oʻra, tashkillashishni buzilishi shu darajaga yetadiki, evolyutsiyasi
90
Do'stlaringiz bilan baham: |