ILMIY AXBOROTNOMA
FALSAFA
2017-yil, 2-son
Strukturada uni tashkil etuvchi elementlar orasidagi, hamda element bilan sistema orasidagi va
sistema bilan tashqi muhit orasidagi
oʻzaro aloqadorliklar ikki xil: “gorizontal” va “vertikal” boʻlishi
mumkin. Sistemalar bu
oʻzaro aloqadorliklar xarakteriga bogʻliq holda teskari bogʻlanishga ega
b
oʻlgan yoki teskari bogʻlanishsiz sistemalarga ajratiladi. Teskari bogʻlanishli sistemalar zamonaviy
fanda tabiat evolyutsiyasi qonunlarini ifodalashda ahamiyatli hisoblanib, u ijobiy, salbiy, gomeostatik
shaklda nomoyon b
oʻladi. Ijobiy teskari bogʻlanishda sistemani aks ta’siri muhitning tashqi ta’sirini
faollashtiradi, salbiy teskari bo
gʻlanishda esa aksincha, muhitning tashqi ta’sirini susaytiradi,
gomeostatik teskari bo
gʻlanishda sistemani aks ta’siri tashqi ta’sirni yoʻqqa chiqaradi. Masalan,
gomeostatik teskari bo
gʻlanishlar tufayli barcha jonlilar jumladan, inson ham yilning turli fasllarida
oʻz tana haroratlarini doimo muta’dil, bir xilda saqlaydilar.
Ma’lumki, tabiat evolyutsiyasi qonunlarini ifodalashda qarama-qarshi fikrlar mavjud. Bolsman
– Gibbsning statistik fizikasida yopiq sistemalar evolyutsiyasini tashqi sanoq boshi sistemasiga
nisbatan maksimal evolyutsiyasi tashqi sanoq (boshi) sistemasiga nisbatan maksimal xaos shaklida
ifodalanib, strukturaning tashkil etgan dinamik komponentlari (elementlari)ni e’tiborsiz qoldiradi,
holbuki
oʻzaro ta’sirlardagi navbatdagi struktura “oltin kelishuv”ga ichki sanoq sistemasiga nisbatan
garmonik b
oʻlganligidan olib kelinib, evolyutsiyani ta’minlaydi. Yu.S. Vladimirov relyasion fizikada
universal munosabatlarni asoslashni izlab, mavjudlikning turli xilligini, ma’lum fazo - vaqtda dinamik
nazariya asosida oltin kesishuv orqali yangi strukturalar tu
gʻilishini taklif qildi[3].
Bunda muallif, xaos va tartib simmetriyasi nazariyasini ishlab chiqib, murakkab sistemalarni
ehtimoliy ifodalashda strukturadagi dinamik elementlarning taqsimlanishi bilan birgalikda impuls va
koordinatalar taqsimlanishi ham olib borilishini ta’kidlaydi.
Xaos va tartib simmetriyasi nazariyasi energiyaning saqlanish qonunini evolyutsiya bilan
bo
gʻlaydi, navbatdagi strukturaning nochiziqli munosabatlarini ifodalaydi, hamda oʻzgarmas haroratda
makromolekulalar hosil b
oʻlishi misolida minumum erkin energiyalarda sistemalar tashkillashishini
yuzaga chiqaradi. Bu nazariya asosida evolyutsiya jarayonida yashab qolishga ustunlikka, uch
tomonlama garmoniyaga yaqin b
oʻlgan yoki sistemani tashkillashishida erkin energiyasi minimum
elementlarning strukturadagi dinamik taqsimoti hisobga olingan
oʻzgaruvchan uch sinfli
sistemalargina ega b
oʻladilar, bular:xaos, tartib va tashqi muhit bilan uch tomonlama garmoniya.
Demak, evolyutsiya taraqqiyotning yagona oqibati emas, balki tabiatdagi
oʻz-oʻzini tashkillashtirish
xossalaridan biri ekan.
Xaos va tartibning simmetriyasini relaksatsion fizika taraqqiyoti doirasida keng tushuntirib
berish mumkin. Bunda simmetriya umumiylikni bir-biriga bo
gʻliq, oʻzgaruvchan uch qismga boʻlib
qaraganda ularning muvofiqligi natijasida yuzaga chiqadi. Bunda, xaos va tartibni
oʻlchashda yoki
hisobga olishda “mavjudlik” va “mavjud b
oʻlmaslik” chegarasidagi oʻzaro ta’sirlar natijasidagi
boshlan
gʻich universal struktura tushunchasini kiritish kerak boʻladi. Chunki bu, evolyutsiyaning
mazmun – mohiyati, xaos va tartibning yoki strukturali va strukturasiz borliqning abadiy qarama-
qarshi kurashi hamda simmetriyasi natijasidir. Chegara esa, uch
oʻlchovli (xaos, tartib va tashqi muhit)
oʻzgaruvchilarning oʻzaro muvofiqligi sifatida izohlanadi. Xaos oʻlchovi sifatida sistemada amalga
oshmagan “mavjud b
oʻlmaslik” sohasini, tartiblilik oʻlchovi sifatida esa, sistemada amalga oshgan,
“mavjudlik” sohasini olamiz, shunda sistemadagi xaos va tartiblar yi
gʻindisi oʻzgarmas miqdorga teng
b
oʻladi. Xaos va tartibning bir-biriga aylanish imkoniyatlarining umumiy yigʻindisi esa nolga teng
b
oʻladi. Chegaradagi sistemani tashkil etuvchi qism xossalari oʻzgarishlari qaytar yoki qaytmas
b
oʻlishi mumkin. Bu chegarada sistemani ifodalashdagi birinchi qadam umumiylikni teng boʻlmagan
uch qismga, nochiziqli bo
gʻliqlikda Fibonachchining tenglamasi asosida taqsimlash (boʻlish)dan
boshlanadi. Bu amaliyot “mavjudlik” yoki “mavjud b
oʻlmaslik”dagi oʻzaro ta’sirlar umumiy
muvofiqligini buzmagan holda uning qismlaridagi qaytmas
oʻzgarishlarni ifodalaydi, natijada
strukturaning “oltin birlashuvi”ga intilishini yuzaga keltiradi. “Oltin birlashuv” bilan ma’lum ta’sir
birgalikda bu struktura uchun, oldingi struktura doirasida Fibonachchi va Lyuklarning son qatorlari
orqali yangi strukturani tu
gʻdiradi. Ma’lum ta’sirlar bu qatorlar bilan birga nafaqat yangidan “oltin
birlashuv”ni ta’minlaydilar, balki k
oʻplab sonlar Pifagor teoremasini qanoatlantiradilar va muvozanatli
funksiyalar bilan ehtimolliklar taqsimlanadi[12].
Tabiatning bunday ifodalanishida umumiylik va yakkalikning Platoncha xolistik yondoshuvi
(ya’ni, borliqni - y
oʻqlikning mustaqil ibtidosi sifatida ta’riflash va borliqni nomoddiy ibtidosi bilan
birga tahlil qilish) bilan kelishiladi, xaos va tartib haqidagi juft kategoriyalari hamda Pifagorchilar
89
Do'stlaringiz bilan baham: |