Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet228/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
174 
Yuqoridagi natijalardan ham ko‘rinib turibdiki, ayollar o‘z yaqin insonlarini xafa qilib qo‘yishganda ko‘p 
holatlarda o‘zlarini aybdor his qilishar ekan, shuning uchun ham ayollarning bergan javoblarida “har doim” va 
“deyarli har doim” variantlari ko‘proq foizni tashkil qildi. Erkaklarda esa aksincha “yo‘q” hamda “gohida” 
variantlari ko‘proq foizni tashkil qildi va bu ularning ayollarga nisbatan o‘zlarini kamroq aybdor his qilishlarini 
ko‘rsatadi.
Zigmund Freyd aybdorlik hissiga xavotirlanishning bir turi sifatida qaragan va uni “vijdon xavotiri” deb 
atagan. Xuddi shu nuqtayi nazarni boshqa bir psixoanalitik olim G. Mandler ham qo‘llab-quvvatlab, aybdorlik 
va xavotirlik bu bitta holatning turlicha nomlanishidir deb ta’kidlaydi. Olimning fikricha aybdorlik – bu haqiqiy 
yoki tasavvur qilingan xatolik yuzasidan xavotirlanishdir. Xavotirlanishning bunday turini boshdan kechirish 
insonlardagi o‘ziga xos himoya mexanizmini ishga tushiradi va buning yordamida shaxs o‘zining noto‘g‘ri xatti-
harakatlari natijasida yuzaga kelgan zararni yo‘qotishga yoki silliqlashga harakat qiladi[1,347-359]. 
Bundan tashqari, ayrim mualliflarning ko‘rsatishicha aybdorlik hissini samarali tadqiq qilinishi uchun 
jismoniy jazolash metodlari emas, balki psixologik, ya’ni “mehr-muhabbatga” yo‘naltirilgan metodlar ko‘proq 
mos keladi. Aynan ota-onasining va yaqinlarining mehr-muhabbatini yo‘qotishdan qo‘rqish ko‘pincha 
afsuslanishga, vijdon azobiga, tashvishlanishga, aniqroq aytadigan bo‘lsak aybdorlikni his qilishga olib keladi. 
Bu borada A.N. Leontevning olib brogan tadqiqotlari juda ham qiziqarli bo‘lib, uning mohiyati 
quyidagicha ifodalanadi. Bolaga o‘z joyidan turmasdan, undan bir oz masofaga uzoqlashtirilgan predmetni olish 
tavsiya qilinadi va bu vazifaning to‘g‘ri bajarilishi evaziga eksperimentator unga shokoladli konfet berishni 
va’da qiladi. Eksperimentator bolani bir oz muddatga ataylab yolg‘iz qoldiradi va bu vaqtda bolaga 
sezdirmasdan kuzatish ishlari olib boriladi. Ammo, ayrim bolalar eksperimentatorning yo‘qligidan foydalanib, 
belgilangan qoidani buzib o‘z o‘rnilaridan turgan holda vazifani bajarishadi va tadqiqot so‘nggida 
eksperimentator va’da qilgan shokoladli konfetni olishdan mahrum bo‘lishadi. Tadqiqot boshida bola judayam 
olishni hohlagan shokoladli konfetdan mahrum bo‘lish, bolada achchiq ko‘z yoshlarning paydo bo‘lishiga sabab 
bo‘ladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning bu ko‘z yoshlari, hatto shu kichik yoshdayoq belgilangan 
qoidalarni buzganligi uchun o‘zini aybdor his qilayotganligidan dalolat beradi. 
Ayrim psixolog olimlarning fikriga ko‘ra, aybdorlik hissi – shaxsning xavotirlik darajasini kamayishiga 
yordam beradigan va jiddiy psixik buzilishlarni oldini oladigan mustaqil fenomen bo‘lib hisoblanadi. Bu nuqtayi 
nazardan aybdorlik hissi ijobiy rol o‘ynaydi. 
Shaxsda aybdorlik hissi yuzaga keladigan vaziyatlar quyidagilardan iborat: 
-
qachonki inson qilishi lozim bo‘lgan ishni vaqtida bajara olmaganda; 
-
qachonki inson ilgari nimadir qilgan yoki qilmagan bo‘lsa-yu va bugun bundan afsuslanayotgan bo‘lsa; 
-
qachonki inson majburiyat yuzasidan biror-bir hatti-harakatni bajarayotgan bo‘lsayu, ammo o‘z hatti-
harakatlaridan qalban afsuslanayotgan bo‘lsa; 
-
qachonki uning “majburiyat yuzasidan” biror-bir vazifani bajarishiga to‘g‘ri kelsa va shu sababli 
xavotirlik, stress va vijdon azobini boshdan kechirayotgan bo‘lsa. 
Aybdorlik hissi boshdan kechirilayotganda insonni o‘tmish va kelajakka yo‘naltirilgan fikrlar qamrab 
oladi, masalan, “keyingi safar aqlliroq bo‘laman, barcha ishni to‘g‘ri bajaraman” yoki aybdorlik hissi bilan 
bog‘liq vaziyatni hal etishga qaratilgan fikrlar (“kechirim so‘rashim kerak”, “hammaning oldida aybimni tan 
olishim kerak”) va boshqalar. Bir qator sinaluvchilarda bu vaqtda taajjublanish paydo bo‘lganligi (“men qanday 
qilib bunga yo‘l qo‘ydim?”), ayrim hollarda esa esankirab qolish(“nima qilish kerak?”) holatlari ko‘zga 
tashlangan. 
Aybdorlikni his qilish boshqa salbiy emotsiyalar bilan birgalikda kechishi mumkin, masalan, qayg‘u, 
xafagarchilik, xo‘rlanish, tahqirlanish, umidsizlik va boshqalar. Ruhiy azoblardan tashqari u o‘zi bilan butun 
tanadagi jismoniy taranglik, nafas olishning qiyinlashuvi va qanchalik ajablanarli bo‘lmasin qo‘rquv hamda o‘z-
o‘zidan yashirinish istagining paydo bo‘lishini olib kelishi mumkin. 
Ifodalanmagan xafagarchilik ko‘pincha xuddi aybdorlik hissidek idrok qilinadi yoki unga aylanadi va 
aybdorlik hissi ham xafagarchilikka aylanishi mumkin. A. Kempinski fikriga ko‘ra buning sababi shu bilan 
izohlanadiki ularda umumiy asos mavjud, ya’ni adolatlilikka, to‘g‘rilikka intilish. Farqi faqat shundaki, bir 
vaziyatda (aybdorlik hissida) hukm qabul qilinadi, ikkinchi vaziyatda (xafagarchilikda) unga qarshi kurashiladi. 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish