Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet231/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

 
UDK: 15 
ISTE’MOLCHINI IDROK ETISHDA PSIXOLOGIK KOMPONENTLAR 
 
M. I. Salaxutdinova
Samarqand davlat universiteti 
salaxiddinovamusharraf@gmail.com 
 
Annotatsiya. 
Maqolada mahsulot brendini yaratish va boshqarishda shaxs psixologiyasini 
o‘rganish, insonni iste’molchi sifatida idrok etish metodlari yoritiladi. Iste’molchi psixologiyasini to‘g‘ri 
idrok etish algoritmi taklif etiladi. 
Tayanch so‘zlar:
Iste’molchi, brend, tovar, psixolgik holatlar, motivlar, idrok, shaxs, diqqat, 
hissiyotlar, ehtiyojlar, sezgilar. 
 
Психологические компоненты в восприятии потребителя
 
Аннотация. 
В статье исследуется методы восприятия психологических состояний личности 
в создании и управлении брендом. Предлагается алгоритм адъекватного восприятия психологии 
потребителя.
 
Ключевые слова: 
потребитель, бренд, товар, психологические состояния, мотивы, 
восприятие, личность, внимание, эмоции, потребности, ощущения

 


ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
177 
Psychological components in the perception of the consumer 
Abstract. 
The article examines the methods of perception of psychological states of the individual in 
the creation and management of the brand. An algorithm for an adequate perception of the psychology of the 
consumer is proposed. 
Keywords: 
consumer, brand, product, psychological states, motives, perception, personality, attention, 
emotions, needs, sensations. 
 
Kirish.
Odamlarni iste’molchi sifatida o‘rganish dastlab AQSHda 1960-yillardan boshlandi. Bunga 
sabab marketologlarning bixeviorizm va sotsiologiya ilmini o‘rganish orqali u yoki bu tovarning sotilishida yoki 
iste’molchi tomonidan xarid qilishga qaror qilinishidagi xulq-atvorning maxsus determinantlarini bilishga 
ehtiyojlarining hosil bo‘lishi edi.
1896-yilda reklama muvaffaqiyatini baholash uchun qabul qilingan mashhur formula – AIDA (ingliz 
tilidan: attention, interest, desire, action 
‒ 
diqqat, qiziqish, istak, faollik) ham inson xulq-atvoriga ta’sir 
ko‘rsatishni nazarda tutgan. Bu formula iste’molchi psixologiyasini idrok etishda ham o‘z ahamiyatiga ega. 
Uning asosiy maqsadi iste’molchida tovarga yoki biror xizmat turiga nisbatan diqqatni jalb etish, qiziqish va 
istak hosil qilib, unda shu tovarni sotib olish faolligini vujudga keltirishdir. 
Bu formula natijaga erishishni emas, faqatgina natijaga erishish uchun psixologik holatlarni e’tiborda 
tutishni sanab o‘tadi, xolos. Sababi, hali u vaqtda, ya’ni 1896-yillarda reklama, marketing, brending kabi 
tushunchalar bo‘lmagan. Hozirgi kunda bu sohada katta o‘zgarishlar yuz bergan bo‘lib, iste’molchini jalb etish 
uchun psixologik, sotsiologik, dizaynerlik va iqtisodiy strategiyalar ishlab chiqilgan. 
Iste’molchi psixologiyasini o‘rganishda quyidagi psixik jarayonlar asosiy hisoblanadi: 

idrok (diqqat va xotira); 

hissiyotlar va emotsiya; 

ehtiyojlar; 

motivlar; 

qadriyatlar. 
Metodologik asos. Insonda bu jarayonlarni boshqarish imkoniga bo‘lish maqsadida butun dunyoda 
korporatsiyalar tomonidan milliardlab mablag‘lar sarflanadi. 
Masalan, maqsadli auditoriya ipoteka orqali uy tanlash va sotib oluvchilardan iborat bo‘lganida 
yuqorida sanab o‘tilgan psixik jarayonlar va holatlar qanday ta’sir ko‘rsatadi? Bu iste’molchilarning nafaqat 
moddiy, balki vaqt va boshqa narsalarga ham ehtiyojini hosil qiladi.
1)
Idrok. Maqsadli auditoriyaning diqqatini ko‘chmas mulk sotilishiga, bu ularning ehtiyojlari, motivlari 
va qadriyatlariga mosligiga diqqatni tortish. 
2)
Emotsiya va hissiyotlar. Bunda o‘rta sinf vakillari (ipotekaga uy oluvchilar) nazarda tutilib, ularning 
iste’molchi sifatidagi faolligi emotsial emas, balki ratsional – o‘ylab, tekshirib qilingan qarordir. Biroq, brendni 
idrok etishda emotsiyalar va hissiyotlar ko‘pincha yetakchi o‘rin tutadi. Demak, bu brend iste’molchilarda 
ishonchlilik, aldanmaslik, himoyalanganlik hissini hosil qilishi kerak.
3)
Ehtiyojlar va motivatsiya. Bu xaridning asosiy motivi – alohida yashash joyiga ega bo‘lish, shuningdek, 
uni kengaytirish, yashash sharoitlarini yaxshilashdan iborat. Umuman, uy xarid qilish bir nechta turdagi 
ehtiyojlar qondirilishiga sabab bo‘ladi: birinchi navbatda himoyaga ehtiyoj; shuningdek, shaxsiy uy-joyga ega 
bo‘lish bilvosita ehtiyojlarni qondiradi. Bular naslni davom ettirish, muhabbat va do‘stlik, tan olinish va izzat-
hurmatga ehtiyoj. 
4)
Qadriyatlar. Maqsadli auditoriyaning asosiy qadriyatlari: 
-
o‘z-o‘ziga hurmat; 
-
oilaviy qadriyatlari, farzandlar; 
-
moddiy farovonlik; 
-
jamiyatda o‘z maqomiga erishish; 
-
o‘z-o‘zini namoyon etish (erkinlik, ijodkorlik); 
-
hayotdan bahra olish (bo‘sh vaqtini halovat bilan o‘tkazish, sayohat). 
5)
Tasavvur. Uyga ega bo‘lishga nisbatan maqsadli auditoriyaning ideal uy haqidagi tasavvurlari biz 
tomondan o‘rganilib chiqildi. Aniqlanishicha, mantiqan ular uchun mikroventilyasiyali steklopaket yoki, 
masalan, regulyasiyali issiqlik radiatori muhim emas. Inson uchun bu barcha yangi texnologik uskunalar uning 
yashash muhitini qanchalik yaxshilashi – uyi issiq, xavfsiz, zamonaviy va qulay bo‘lishi muhim.
Muhimi shundaki, bu elementlarning har biri tayanch ahamiyatga ega. Masalan, tovar obraziga nisbatan 
iste’molchining “emotsional torlariga chertish” uchun zaruriy ehtiyojlar va motivlarni faollashtirish, maqsadli 
auditoriyaning (kimga atalgan mahsulot) asosiy qadriyatlariga tayanish orqali mahsulot taqdimoti va brend nomi 
yoki logotipi idrok jarayoniga ta’sir etadi. Ko‘p hollarda brend tovar haqidagi axborot uning mazmunini buzib 
idrok etishga ham sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, kuchli musiqa, mashhur, aktyorlar, chiroyli va yorqin 
obrazlar xotirada saqlab, qanday tovar reklama qilinayotganligi idrok etilmasligi ham mumkin. 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish