Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet227/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
173 
- bundan tashqari hamkasbining taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan muhim hujjatni tasodifan buzib qo‘yib uni 
yashirishlariga uringan vaziyatda (60% yoshi kattalarda va 28% yoshlarda kuzatiladi). 
Katta yoshdagi insonlarning yoshlarga nisbatan aybdorlik hissini boshdan kechirishga moyillik darajasi 
yuqoriroq ekanligini shu bilan tushuntirish mumkinki, katta yoshdagi inson shaxs sifatida ko‘proq darajada 
ijtimoiy yetilgan, amalga oshirgan xatti-harakatlari va ularning oqibatlari uchun javobgarlikni bo‘yniga olishga 
ko‘proq darajada moyilligi bilan yoshlardan farq qiladi.
I.A.Belik ma’lumotlariga ko‘ra, yetuklik yoshidagi (30-55 yoshlarda) insonlarda aybdorlik kechinmasi 
shaxsiy cheklanganlikni anglash, boy berilgan imkoniyatlar va yaqinlarini yo‘qotish bilan bog‘liq; yoshlarda 
(19-23 yoshda) – boshqa insonlarni xafa qilganlik yoki o‘zi hurmat qilgan odamlar ishonchini oqlamaganlikka 
bog‘lanadi [2,379-392]. 
Hayotda ayollar aybdorlik hissini aksariyat hollarda va jadallik bilan boshdan kechirishadi. Bir qator 
tadqiqotlarda (Merisca Bybee, 1994; Zahn-Waxler, Cole, Barrett, 1991) aniqlanishicha aybdorlik hissini boshdan 
kechirish bilan bog‘liq emotsional buzilishlar, jumladan, depressiya, anoreksiya va boshqalar erkaklarga nisbatan 
ayollarda ko‘proq kuzatilar ekan. Yuqoridagi fikrni rus tadqiqotchilaridan S.B.Gornayeva hamda 
T.N.Smotrovalar ham ma’qullashib, ayollar erkaklarga nisbatan aybdorlik hissini kechirishga ko‘proq darajada 
moyil deb ta'kidlashadi. Masalan, o‘ziga yaqin insonini xafa qilib qo‘yishganida ayollar erkaklarga nisbatan 
ko‘proq darajada aybdorlikni his qilishadi (35% ayollarda va 10% erkaklarda). Odatda ayollarni emotsional, 
sergap va yon beruvchan deb hisoblashsa, erkaklarda aql-idrokka asoslanib ish qilish va o‘z hissiyotlarini 
atrofdagilarga ko‘rsatmaslikka harakat qilish ustunlik qiladi deb hisoblashadi. Bundan kelib chiqib aytishimiz 
mumkinki, hattoki aybdorlikni his qilishga majbur qiladigan biror-bir hatti-harakatni amalga oshirishganlarida 
ham erkaklar bu hisni yashirishga yoki uni siqib chiqarib tashlashga moyil bo‘lishadi [2,367-384]. 
Ayollar ko‘pincha aybdorlikni og‘ir emotsional kechinmalar bilan, ruhiy azoblar bilan bog‘lashadi, ular 
o‘z-o‘zlarini ayblashga, o‘z xatti-harakatlarini oqlashga va afsuslanishga moyil bo‘lashadi. Xuddi shunday 
holatda erkaklarning ko‘pchiligi aybdorlik kechinmasini keltirib chiqargan vaziyatni o‘ylamaslikka va uni 
unutishga harakat qilar ekanlar. 
Ayollar ko‘p holatlarda aybdorlikni o‘z yaqinlariga yetarlicha e’tibor qaratmaganlarida, ularga 
e’tiborsizlik qilganlarida, o‘z yaqinlarini xafa qilganlarida yoki ko‘nglini og‘ritib qo‘yganlarida, atrofdagilar 
yordam surab murojaat qilishganda ularga rad javobini berganlarida boshdan kechirishadi. Erkaklar esa shaxsiy 
cheklanganlikni anglaganlarida hamda jahli chiqqan vaqtda o‘zini tutolmay qolganlarida keyinchalik o‘zini 
aybdor his qilishadi. 
Biz xuddi shu masala yuzasidan, ya’ni aybdorlik hissini boshdan kechirishdagi gender va yoshga oid 
farqlarni aniqlash bo‘yicha bir qator tadqiqot ishlarini amalga oshirdik. Tadqiqot obyekti sifatida SamDU 
psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti psixologiya yo‘nalishi 4-bosqish talabalari hamda jismoniy tarbiya 
yo‘nalishi maxsus sirtqi bo‘lim talabalri tanlab olindi. Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti 4-bosqich 
talabalaridan jami 72 nafar talaba, ulardan 34 nafari o‘g‘il bolalar, 38 nafari qiz bolalar, jismoniy tarbiya 
yo‘nalishi maxsus sirtqi bo‘lim talabalaridan 67 nafar talaba, ulardan 34 nafari erkaklar, 33 nafari ayollardan 
iborat edi. Biz ularga birinchi navbatda “Siz o‘z yaqin insoningizni xafa qilib qo‘yganda, o‘zingizni aybdor his 
qilasizmi?” degan savol bilan murojaat qildik, ular ushbu savolga “yo‘q”, “gohida”, “tez-tez”, “deyarli har 
doim”, “har doim” degan variantlardan birini tanlab javob qaytarishlari kerak edi va biz ulardan quyidagicha 
javoblar oldik, psixologiya yo‘nalishi 4-bosqich talabalaridan:
Jismoniy tarbiya yo‘nalishi maxsus sirtqi bo‘lim talabalarida o‘tkazgan tadqiqotimizda esa quyidagi 
natijalar olindi: 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish