Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet223/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
170 
kishilar bilan munosabatda bo‘lishni xohlaydi. Yolg‘izlik ko‘pincha ba’zi belgilar bilan kechishi ham kuzatiladi. 
Odatda yolg‘iz kishilar o‘zlarini boshqalardan psixologik jihatdan ajralib qolgan, me’yoriy shaxslararo 
munosabatlarga qobiliyatsiz, sevgi, do‘stlik kabi intim munosabatlar o‘rnatishga yaroqsiz deb his qilishlari 
mumkin. Yolg‘iz shaxs tushkunlikka berilgan shaxs bo‘lib, u o‘zini muloqot ko‘nikmasi va malakasi 
yetishmaydigan insonman deb hisoblaydi. Yolg‘iz inson o‘zini jozibasiz, hech kim sevmaydigan va hurmat 
qilmaydigan kishi deb biladi. O‘ziga nisbatan bunday munosabat maxsus salbiy affektlar – nafrat, g‘am-anduh, 
baxtsizlik kabi hislarni vujudga keltiradi. Yolg‘iz inson ijtimoiy aloqalardan o‘zini olib qochadi, atrofdagilardan 
o‘zini ajratib qo‘yadi. Unda boshqalarga nisbatan impulsivlik, paranoyallik, ta’sirlanuvchanlik, qo‘rquv, 
xavotirlanish, frustratsiya hislari ustun bo‘ladi. Yolg‘iz kishilar boshqalarga nisbatan pessimist hisoblanadilar. 
Ular o‘zlariga achinish hissi bilan qaraydilar, atrofdagilardan yomonlik kutadilar, kelajakni ijobiy ranglarda 
tasavvur eta olmaydilar. Boshqalarning va o‘z hayotini mazmunsiz deb baholaydilar. Yolg‘iz kishi kam gapiradi, 
o‘zini tinch, osuda tutadi, boshqalar e’tiborini tortishni yoqtirmaydi, ko‘p hollarda g‘amgin, xorg‘in va 
uyqusiragan holda ko‘rinadi. Haqiqiy va tasavvurdagi munosabatlar o‘rtasida nomutanosiblik kuzatilganda o‘zini 
yolg‘iz his qiladigan odamlar bu vaziyatni turlicha idrok hiladilar. Ojizlik va xavotirlikni his qilish bu vaziyatga 
nisbatan javob ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. Agar shaxs bu vaziyatda boshqalarni aybdor deb hisoblasa, u 
holda unda boshqalarga nisbatan dushmanlik hissi rivojlanib boradi. Agar o‘zini aybdor deb bilsa va o‘zini 
o‘zgartirish qiyin deb hisoblasa, u holda g‘amgin bo‘lib qoladi, asta-sekin mazkur his surunkali depressiyaga 
aylanib boradi. 
Agar inson yolg‘izlik uni xushyorlikka chaqirayotganiga ishonch hosil qilsa, u holda yolg‘izlikka qarshi 
faol kurashishi, uni bartaraf etish uchun kuch sarf qilishi zarurligini anglab yetadi. Vaqti-vaqti bilan uni salbiy 
hissiy holatlar - zerikish, afsuslanish, o‘zining jozibador emasligini his qilish, ojizlik, vahimali qo‘rquv, 
ezilganlik, umidning yo‘qolishi, o‘ziga achinish, qo‘zg‘aluvchanlik, tashlab qo‘yilganlik hissi kabi kechinmalar 
qamrab oladi. Yolg‘iz kishilar muloqotchan va baxtli insonlarni unchalik xushlamaydilar. Bu ularning o‘ziga xos 
himoya reaksiyasi bo‘lib, bu holat boshqalar bilan samimiy munosabat o‘rnatishga xalaqit beradi.
Yolg‘izlikni ichki kechinma sifatida talqin qilar ekanmiz, uning namoyon bo‘lish darajasini aniqlash 
maqsadida empirik tadqiqot o‘tkazdik. Tadqiqotimiz obyekti sifatida Farg‘ona davlat universiteti Tabiiy fanlar 
fakultetining Biologiya o‘qitish metodikasi yo‘nalishi ikkinchi bosqich talabalari tanlandi. Ular ja’mi 160 nafarni 
tashkil qildi: 50 nafari o‘g‘il bolalar, 110 nafari qizlardan iborat edi. Tadqiqotimiz maqsadi talaba-yoshlarda 
yolg‘izlik hissi turlari bo‘yicha darajali ko‘rsatkich mavjudligini aniqlashdan iborat edi. Tadqiqotimiz reja 
asosida va bosqichma-bosqich amalga oshirildi: avvalambor respondentlar bilan suhbat olib borildi, so‘ngra 
S.G.Korchaginaning “Yolg‘izlikning ifodalanish turini aniqlash” so‘rovnomasi qo‘llanildi. 
Birinchi bosqichda olib borilgan suhbat tahlili shundan dalolat beradiki, o‘g‘il bolalarda yolg‘izlik 
ijobiy idrok qilinadi (60%), qizlarda esa aksincha (70%). “Muloqotga bo‘lgan ehtiyojingiz sizni qoniqtiradimi?” 
degan savolga ikkala jins vakillari ham ijobiy javob berganlar. Ya’ni o‘g‘il bolalar – 100%, qizlar – 80%. Bu esa 
mazkur hissiy holatning ijobiy idrok qilinishi talaba-yoshlarning psixologik salomatligiga samarali ta’sir 
ko‘rsatishini isbotladi. “Ba’zan yolg‘iz qolishni yoqtirasizmi?” degan savolga 90% o‘g‘il bolalar va 100% qizlar 
“ha” deb javob berishgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, yolg‘izlik yoshlar tasavvurida salbiy kechinma sifatida 
idrok etilmaydi. Balki u insonning yangi g‘oyalarini, qirralarini, faolliklarini kashf etish uchun ham zaruriy omil 
bo‘lib xizmat qilar ekan. 
Tadqiqotning ikkinchi bosqichida “Yolg‘izlikning ifodalanish turini aniqlash” so‘rovnomasi o‘tkazildi 
va uning tahliliy natijalari quyidagi jadvallarda o‘z ifodasini topdi.
1-jadval 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish