Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet221/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
168 
Biroq yolg‘izlikni his qilgan sari odamlarga talpinamiz. Jamiyat qonunlari qancha beshafqat va 
qo‘rqinchli bo‘lsa, yolg‘izlik hissi ham shuncha qudratli bo‘ladi. Lekin jamiyatning taz’yiqini yengishda uning 
o‘zi bilan birga bo‘lish insonga xavfsizroqdek tuyuladi va mana shunday vaziyatda yolg‘izlik hissi inson uchun 
yordam beradigan kuchdek his qilinadi. Inson butun umri davomida yolg‘izlik va shaxslararo munosabatlar 
vakili bo‘lishni amalga oshirish hissiyoti o‘rtasidagi tanlovni amalga oshirish bilan yashaydi. Umumiy holda 
tavsif beradigan bo‘lsak, yolg‘izlik o‘zgalar bilan munosabatga kirisha olmaslikning shaxsan boshdan 
kechirilishidir. Ushbu kechinma an’anaviy tarzda jismoniy yakkalanish hamda odamlar ichida bo‘lib turib ham 
begonalashishni his qilish bilan ifodalanadi. Ikkala holatda ham yolg‘izlik ixtiyoriy, tanlangan, qabul qilingan 
yoxud majburiylik tarzida namoyon bo‘lishi mumkin. Va aynan ikkinchi holatda (begonalashishni his qilish) u 
psixologik muammolar va buzilishlarni yuzaga keltirib chiqarish uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. 
Insonning yolg‘izlik fenomeni bilan bog‘liq shaxsiy kechinmalari turli-tumandir: bir tomondan yolg‘izlikda 
o‘tkazilgan vaqt umidsizlik va ruhiy tushkunlikni ifodalasa, boshqa tomondan ijodkorlik va o‘zgalar bilan 
munosabatlarning qadr-qimmatini anglashga yordamlashadigan vosita deb ham qabul qilinadi. Shunday qilib, 
yolg‘izlik hissini adyekvat tarzda talqin qilish uchun uning yakkalanish bilan bog‘liq ijobiy hamda salbiy 
ko‘rinishlariga e’tibor berish lozim.
Yolg‘izlik bu obyektiv mavjud fenomen bo‘lib, u haqida fikr yuritish va o‘rganish o‘ziga xos qadimiy 
an’analarga ega, ayni paytda ham munozarali muammodir. Uning tabiati, rivojlanishi va namoyon bo‘lishi 
haqidagi nazariyalarda hozirga qadar qarama-qarshiliklar kuzatiladi. Bir qator shaxs nazariyasi vakillarining 
(K.G.Yung, E.Fromm, Dj.Byudjental, S.Maddi, F.Perlz) ta’kidlashicha, individning shaxs sifatidagi taraqqiyoti 
subyektda shaxsiy yolg‘izligini anglash va tushunish bilan bog‘liq. Yakka individ sifatida o‘z-o‘zini anglash 
inson umri davomida hayot yo‘lida o‘zgalar bilan munosabatlar uchun yo‘nalishlarni kashf qilish imkoniyatini 
beradi. Lekin bu anglash og‘riqli holat bo‘lib insonning o‘z-o‘zidan qochishi bilan ifodalanishi ham mumkin. 
K.Mustaskas birinchilardan bo‘lib yolg‘izlik individning insoniyligini saqlab qolish, rivojlantirish va 
chuqurlashtirishga yordam beruvchi inson hayoti va tajribasi shart-sharoitlaridan biri ekanligini isbotlashga 
uringan. Yolg‘izlikdan qochishga urinish esa insonning o‘z-o‘zidan begonalashishiga olib keladi, deb ta’kidlagan 
olim. Yolg‘izlik inson uchun chaqiriq va u insonni borliqdan yakkalantiradigan emas, balki uni to‘la-to‘kis, 
sezgir va insoniy hislarga ega qiladigan chaqiriqdir. Ushbu chaqiriqni to‘g‘ri anglamaslik xavotirlikni yuzaga 
keltiradigan og‘riqli yolg‘izlikka olib keladi.
Yolg‘izlik hissining inson taraqqiyoti bilan bog‘liqligi autokommunikatsiyada, ya’ni o‘z-o‘zi bilan 
muloqotda namoyon bo‘ladi. (Matsuta 2007) [3, 55-81-b]. Tanholikda yetarli darajada shaxsiy taraqqiyotga 
intilmagan, borliq bilan yakkama-yakka munosabatga kirisha olish qobiliyatiga ega bo‘lmagan, ijtimoiyligini o‘z 
ichida saqlaydigan va o‘z ichki olamida shaxsiy suhbatdoshni topa olmaydigan insongina ijtimoiy-
kommunikativ munosabatlardan mahrum bo‘ladi.
Ma’lumki, yolg‘izlik hissi insonning psixologik holati sifatida tarixan shakllangan fenomen hisoblansa-
da, XX asrga kelib ushbu fenomen ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilina boshladi. “Jismoniy tavsiflardan farqli 
ravishda yolg‘izlik sof psixologik tabiatga ega. U avvalambor shaxsiy xususiyatni namoyon qiladi” [1, 37-b].
XX asrda insonning jamiyatda egallagan mavqei hamda jamiyatdagi o‘rni haqidagi qarashlar yangicha 
fikrlar bo‘yicha talqin qilina boshladi, bevosita individ jamiyatda o‘zining egallagan mavqeini qanday tasavvur 
qilishi borasida qarashlar vujudga kela boshladi. “Yolg‘izlik fenomenini tushuntirishda psixologik qarashlar, bir 
qator mualliflarning fikricha, bir tomondan insonning o‘z-o‘zini anglashining rivojlanishi, boshqa tomondan 
ijtimoiy o‘zgarishlar bilan bog‘lanadi” [82, 107-108-b]. Yolg‘izlik muammosi chet el olimlari tomonidan batafsil 
o‘rganilgan. Mazkur muammo bo‘yicha olib borilgan barcha tadqiqotlar individning insonlar jamoasidan, 
oilasidan, tarixiy mavjudlikdan, tabiiy barkamol takomillashuvdan ayri holda vujudga kelishiga bag‘ishlangan. 
[4, 8-b]. Shu bilan birga ba’zi olimlarning ta’kidlashicha, jismoniy yakkalanganlik doimo ham yolg‘izlik hissi 
bilan tenglashtirilmaydi. Yolg‘izlik insonning jismoniy holatdagi yakkalanganligiga tenglashtirilishi mumkin 
emas... Yakkalanish holati obyektiv, tashqi shartlanganlikka yo‘naltirilgan holat hisoblanadi, lekin yolg‘izlik 
unga nisbatan farqli ravishda sof ichki subyektiv kechinmadir.
Ba’zi odamlar yakkalanmasdan ham, jamoa ichida, oila muhitida va do‘stlar davrasida bo‘lib turib 
ham azob beradigan yolg‘izlikni his qiladilar. “Jismoniy yakkalanishni aniqlash uchun ko‘z bilan ko‘rish 
kifoya, yolg‘izlik hissini anglash uchun esa buni boshdan kechirib bilmoq darkor”. Yu.P. Koshelevaning 
fikricha, chet elda yolg‘izlik fenomeniga oid amalga oshirilgan tadqiqotlar yolg‘iz insonlarning shaxsiy 
sifatlari va xarakter xususiyatlarini talqin qilish bilan bog‘lab tushuntiriladi, olimlar shuningdek, yolg‘izlikning 
belgisini ifodalaydigan modellari va yosh xususiyatlariga urg‘u beradilar. Chet el olimlari ko‘pincha yolg‘izlik 
hissining mezonlari, turli toifalari va darajalarini aniqlash uchun yolg‘izlik fenomeni bilan bir vaqtda ro‘y 
beradigan tarkibiy xususiyatlarni ajratib ko‘rsatishga urinadilar [5, 24-25-b].
Yolg‘izlik fenomeni S.G.Korchaginaning tadqiqotlarida identifikatsiya (aynanlashtirish, o‘xshatish, 
tenglashtirish) mexanizmlarining buzilishi natijasi sifatida qaraladi. Shunday qilib, yolg‘izlik identifikatsiya 
mexanizmlari o‘rtasidagi dinamik muvozanatning buzilishi bilan ta’minlangan kishining ruhiy holatidir. Bunda 
shaxs o‘zining jamiyat bilan aloqalarini adyekvat idrok qilishni xohlamaydi yoki imkoniyatning yo‘qligini 
subyektiv tarzda kechiradi. Odatda yolg‘izlikni his qilayotgan kishida o‘zining amaliy qarashlari, fikrlari va 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish