Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet217/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
165 
3. Operatsional darajada o‘qitish jarayoniga didaktik masalalarni yechish sifatida qaralgan. O‘quv 
faoliyatining ayni qaysi funksiyalari kompyuterga yuklanishi, o‘qitishni individuallashtirish darajasi, qanday 
dialog turi amalga oshirilishi, qachon o‘quvchilarga yordam berish kerakligi ko‘rsatilgan. 
4.
 
Amalga oshirish darajasi. Pedagogik amalga oshirish ssenariy ko‘rinishida, ya’ni o‘quvchiga 
pedagogik, psixologik, metodik ko‘rsatmalar tizimi va, shuningdek, foydalanuvchiga yo‘riqnoma shaklida 
bo‘lishi mumkin. Dasturli amalga oshirish kompyuterlar tipi, ularning xotirasi hajmi, tezkorligi, grafik 
imkoniyatlari texnik vositalarning mavjudligini hisobga olib ro‘yobga chiqarilishi mumkin. 
Kompyuterli o‘rgatuvchi tizimning konseptual darajasi. 
Kompyuter texnologiyalari o‘quv va tarbiya 
nazariyasi komponentlariga ta’sir qiladi. Bu pedagogik va metodik fanlar asosiy ilmiy nazariyalar va metodlar 
tizimi paradigmasining o‘zgarishiga olib keladi. Boshlang‘ich maktabda orfografiyani o‘zlashtirish bo‘yicha 
o‘quv jarayonining umumlashma konseptual modelini qanday qilib tuzishni aniqlash uchun an’anaviy va 
axborotli ta’lim komponentlarining qiyosiy tahlili o‘tkazilishi lozim.
 
Kompyuterli o‘rgatuvchi tizimni yaratish va foydalanish muammosi quyidagi masalalarga oid bir qator 
nazariy qoidalarga tayanadi: kompyuterli o‘rgatuvchi tizimni qo‘llashning pedagogik maqsadga muvofiqligi; 
o‘qitish modelining yaratilish xususiyatlari; kompyuterli o‘rgatuvchi tizimda foydalaniladigan DTlar ayrim 
tiplarining funksional vazifasi; kompyuterli o‘rgatuvchi tizim birliklarining metodik vazifasi bo‘yicha 
tipologiyasi; kompyuterli o‘rgatuvchi tizimga kiradigan va o‘quv-tarbiya jarayonida foydalaniladigan DTlarga 
qo‘yiladigan talablar. 
An’anaviy ta’lim metodikasi fani paradigmasi komponentlari va uning paradigmasi ta’limni 
axborotlashtirish sharoitlaridagi komponentlarining qiyosiy tavsifi tubandagi jadvalda keltirilgan. 
An’anaviy ta’lim metodikasi fani paradigmasi va ta’limning axborotlashuvi sharoitlarida metodika fani 
paradigmasi asosiy komponentlari tavsifnomasining qiyosiy tahlili kompyuterli o‘qitish tizimiga birlashtirilgan 
va orfografiyani o‘qitish sohasida foydalanishga yo‘naltirilgan yangi axborot texnologiyalari vositalarini ishlab 
chiqish va foydalanish katta istiqbolga egaligini ko‘rsatdi. 
An’anaviy ta’lim metodikasi grammatik-orfografik bilimlari, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish 
jarayonini optimallashtiradigan, o‘quvchining aqliy rivojlanishi bilan bog‘liq ta’lim metodlarini ko‘zda tutadi. 
Ta’limning axborotlashuvi sharoitidagi metodika o‘quvchining intellektual salohiyatini faqat imlo 
sohasida ta’limiy maqsadlarga erishishgagina emas, balki o‘quvchilarni axborotlashgan jamiyatda hayot 
kechirishga tayyorlash zarurati bilan aniqlanadigan didaktik ta’sirchanlikni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
An’anaviy ta’lim metodikasi, asosan, o‘qitishning illyustrativ-tushuntirish metodlaridan foydalanadi va 
bunda o‘quvchilarning turli ta’limiy nazariyalar doirasida bajaradigan mustaqil ishi ham chegara-langanicha 
qoladi. 
Muammoli ta’lim va o‘qitishni algoritmlashtirishga doir g‘oyalarni o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini 
faollashtirish va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi, deb hisoblash mumkin.
Mazkur g‘oyalarni amalga oshirish o‘zlashtiriladigan bilimlar, ko‘nikma va malakalar sifatining 
oshishiga, o‘quv materialini o‘zlashtirishga ketadigan vaqtning tejalishiga olib keladi. Bunda ta’limiy 
g‘oyalarning amalga oshirilishi foydalaniladigan o‘qitish vositalari va ularni qo‘llash metodikasiga ko‘p jihatdan 
bog‘liqdir. 
Ta’limning axborotlashuvi sharoitidagi metodika yangi axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish
ma’lum qonuniyatlarni o‘rganish jarayonida “mikrokashfiyotlar” qilishga yo‘naltirilgan o‘quv faoliyatining 
xilma-xil turlari (axborot-o‘quv, o‘quv-o‘yin, elementar tadqiqiy faoliyat, axborotni, shu jumladan, audio-vizual 
axborotni ishlab chiqish turlari) ning oshirilishini taklif etadi. Bu esa an’anaviy ta’lim vositalariga qaraganda 
imkoniyatlari boy va xilma-xil bo‘lgan yangi avlod ta’limiy vositalardan foydalanilganda ro‘yobga chiqarilishi 
mumkin. Yangi avlod ta’limiy vositalardan foydalanish o‘quvchining intellektual salohiyatini rivojlantirishga 
qaratilgan ma’lum metodik tizim yoki ta’lim texnologiyasi doirasida amalga oshiriladi.
O‘quv vazifali dasturiy vositalar ma’lum bilimlar (mazkur holda orfografik bilimlar) sohasini aks ettiradi, 
orfografiyadan didaktik material bilan faoliyatning turli shakllarini amalga oshirish sharoitlarini ta’minlaydi. 
Dasturiy pedagogik vositalar murakkab tizimning tarkibiy qismlari sifatida ma’lum xususiyatlarga ega. 
Funksiyalar taqsimotining ikkita asosiy varianti bo‘lishi mumkin: birinchi variantda inson masalaning 
texnik yechimi ustidan faqat nazorat operatsiyasini bajaradi va qarorni tasdiqlaydi; ikkinchi variantda 
operatsiyalarning bir qismi inson va mashina tomonidan birgalikda bajariladi. O‘qituvchi didaktik mazmunni 
ishlab chiqadi va uni kompyuterga kiritadi, dasturiy tizim olingan axborotni ishlab chiqib, o‘qituvchi tomonidan 
o‘ylangan kompyuterli topshiriqqa o‘zgartiradi. Topshiriq natijasi o‘qituvchiga beriladi. Demak, kompyuter 
(o‘qitish vositasi) va o‘qituvchining o‘zaro ishlashi mehnatning qadam-baqadam tashkil etilishini talab qiladi. 
Kompyuterli o‘rgatuvchi tizim doirasida o‘qituvchi o‘qitish jarayonining asosiy boshqaruvini o‘zida 
saqlab qolgani holda topshiriqlarning bajarilishiga doir mashaqqatli nazoratdan sekin-asta xalos bo‘la boradi. 
Ochiq dasturiy vositalarni yaratishda ularning murakkab tizimlar ekanligi hisobga olinishi zarur. Har 
qanday murakkab tizim uchun qilingani kabi, yaratish va sozlash bosqichida undan foydalanish eksperimenti 
tizimning juda muhim elementlari parametrlarini baholash uchun qo‘llaniladi. Tizimni majmuaviy sinashlarda 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish