Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet215/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
163 
-texnologiyaning maqsadli konsepsiyasini (adaptiv-shaxsiyatli o‘qitish) ishlab chiqish va o‘quv 
maqsadlarini iyerarxik tizimlashtirish, ta’lim mazmunini loyihalash; 
-ta’lim mazmuni, metodlari va vositalarini integratsiyalash; 
-ta’lim jarayonida texnologiyani amalga oshirish vositalarini yaratish. 
Kompyuterda orfografiyani o‘qitish tizimini yaratishda o‘qitish nazariyasi yutuqlarini, didaktik 
birliklarni to‘g‘ri yo‘naltirish, bilimlarning tizimliligini shakllantirish yetakchi konsepsiyadir. 
“Bilimlar konsepsiyasi sun’iy intellekt sohasi bo‘lib u bilimlar bayoni, umumlashtirish metodlari, 
ularning korrektligi va ziddiyatsizligi va nihoyat, bilimlarni saqlash va ishlab chiqish uchun amaliy 
tizimlardan foydalanishni o‘z ichiga oladi” va axborot texnologiyasi yordamida orfografiyani tizimli-
modulli o‘rgatish jarayonini tashkil etishga asos bo‘ladi [1;11]. 
Modulli o‘qitishning mohiyati quyidagicha: o‘quvchi o‘ziga taqdim etilgan va sa’y-harakatlar 
maqsadli dasturi, axborot banki va qo‘yilgan didaktik maqsadlarga erishish bo‘yicha metodik qo‘llanmani 
o‘z ichiga olgan individual o‘quv dasturi bilan mustaqil ishlashi mumkin. Bunda o‘qituvchining vazifasi 
axborot-nazoratdan maslahat-muvofiqlashtirishgacha bo‘lishi kuzatiladi. 
Tizimli modulli o‘qitishga yo‘naltirilgan axborot texnologiyasining asosiy tavsifi moslashuvchanlik 
bo‘lib, u yuqori texnologik yondashuv negizini tashkil etadi. 
Tizimli moslashuvchanlik 
– kompyuterli modul tuzilishining mobilligi modulli dastur va dasturlar 
to‘plamining bosqichliligi bilan xarakterlanadi. 
Mazmunan moslashuvchanlik
, eng avvalo, ta’lim mazmunini tabaqalashtirish va integratsiyalashda 
aks etadi. 
Texnologik moslashuvchanlik
kompyuterli muammoli-modulli o‘qitishning ma’lum yo‘nalishini 
ta’minlaydi va u ta’limning variativ metodlarini, nazorat va baholash tizimining moslashuvchanligini, 
o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatlarini individuallashtirishni o‘z ichiga oladi. 
Ta’lim jarayonini tizimli-modulli asosda tashkil qilish:
a) orfografiyadan o‘quv materialining chuqur o‘zlashtirilishiga doir modullarda guruhlash yo‘li bilan 
o‘qitish mazmunini integrasiyalash va tabaqalashtirishni dialektik birlikda amalga oshirish; 
b) tizimli-modulli dasturning u yoki bu variantlarini tanlash va orfografik qoidalarni o‘zlashtirishda 
individual sur’atni ta’minlash; 
d) dasturiy pedagogik vositalarni yaratishda ssenariylar sifatida didaktik vazifasi turlicha bo‘lgan 
modullardan foydalanish; 
e) adyekvat ta’lim metodlari va shakllarini qo‘llash asosida o‘qitish vaqtini o‘quv materialining to‘la 
va chuqur bayon qilinishiga halal bermasdan qisqartirish imkonini beradi. 
Kompyuterli tizimli-modulli adaptiv shaxsiyatli o‘qitish uning tizimli kvantlash, modullik, muam-
molilik, kognitiv vizuallashtirish kabi yetakchi g‘oyalarida o‘z aksini topadi. 
Tizimli kvantlash tamoyili
ta’limning ilmiyligi, tizimliligi, izchilligi, faolligi, o‘quv vaqtini tejash, 
umumlashtirish talablarini o‘z ichiga oladi. 
Modullik tamoyilida
ta’limning tabaqalashtirilishi, individuallashtirilishi, mustaqilliligi, 
bosqichliligi, variativligi, amaliy yo‘naltirilganligi nazarda tutiladi. 
Muammolilik tamoyili 
motivatsiya, onglilik, puxtalik, orfografiya sohasidagi ziddiyatli va 
muvafiqlashmagan dalillarga duch kelinganda xulosalarning mantiqiyligini konglomeratidir. 
Kognitiv vizuallashtirish tamoyili
ko‘rgazmalilik, bilish faolligi, o‘qitishning estetik va emotsional 
yo‘naltirilganligi bilan xarakterlanadi. 
Mazkur tamoyillar yangi axborot texnologiyalari asosida o‘qitishning tegishli yondashuvlarini 
anglatadi.
Muammolilik tamoyili rivojlantiruvchi o‘qitish nazariyalari, bilish faoliyati motivatsiyalari asosida 
turadi. 
Kognitiv vizuallashtirish tamoyili zaminida kognitiv-vizual 
yondashuv mujassamdir. 
Vizuallashtirish faqat illyustratsiyalash funksiyasini bajaribgina qolmasdan, balki yangi axborotni ramzli va 
obrazli taqdim qilish usullarining birikuvi vositasida “bilim olishning tabiiy-intellektual jarayoniga yordam 
beradi” [2;24]. 
Kompyuterda o‘qitish tizimining faollik tamoyili o‘quvchilar va o‘qituvchi mustaqilligini belgilaydi 
va o‘zlashtirish natijalarini nazorat qilish, baholash reyting tizimi yordamida qayd etiladi, 
Yuqorida sanab o‘tilgan nazariy qoidalarda kompyuterli o‘rgatuvchi tizimlarni loyihalashga 
qo‘yiladigan talablar o‘z aksini topadi. 
Birinchi guruh talablar loyihalanib o‘zlashtirishga tavsiya etiladigan materiallarni tanlash va ularning 
xarakteri bilan bog‘liqdir. Bu talablarning bajarilishi o‘qitish jarayonida konkret o‘quv predmetining 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish