ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son
136
bunda mashg‘ulot yuklamalari sekin-asta ko‘tariladi va ma’lum vaqtdan so‘ng pasayadi. Bu to‘lqinlar yil
davomida (makrosikl) va yarim yillik, oylik (mezosikl) va haftalik (mikrosikl) to‘lqinlarda aks ettirilishi
mumkin. Hatto bir mashg‘ulotning o‘zida ham jismoniy yuklamalarning ortib borishi va kamayishi to‘lqinlarni
tashkil qilishi mumkin.
2. Mashg‘ulot yuklamalarining to‘g‘ri chiziqli o‘sishi
- bunda mashg‘ulotlarning ma’lum davrida
jismoniy yuklamalar mumkin qadar o‘sib boradi. Yuklamaning bu turi asosan sportchining iroda va chidamlilik
sifatlarini tarbiyalashda keng qo‘llaniladi. Bu asosan yuqori malakali sportchilar mashg‘ulotlarida asosiy o‘rinni
egallaydi.
3. Mashg‘ulot yuklamalarining pog‘onali o‘zgarishi
– asosan jismoniy yuklamalarga moslashish
jarayonida keng qo‘llaniladi. Bunda mashg‘ulotning ma’lum davrida yuklamalar o‘sib boradi va nisbatan stabil
ravishda ushlab turiladi. Sportchi organizmi yuklamalarga moslashgach yuklamalar yana o‘sib boradi.
Yuklamaning bu turi asosan adaptatsiya jarayonini muvofiqlashtirishda, sportchilarni jismoniy yuklamalarga
moslashtirishda keng qo‘llanilishi tavsiya qilinadi.
4. Mashg‘ulot yuklamalarining “sakrash” yo‘li bilan o‘zgarishi
– bunda jismoniy yuklamalar
mashg‘ulotning ma’lum davrida maksimal darajada ortadi va xuddi shuningdek yana pastlaydi. Bu
mashg‘ulotning butun bir davri mobaynida bir necha marotaba takrorlanishi mumkin. Asosan, tayyorgarlikning
mezo va mikrosikllarda qo‘llash tavsiya qilinadi. Chunki mashg‘ulot yuklamalarining bunday tez sur’atlar bilan
o‘sishi va pastlashi makrosikllar uchun xos emas.
Xulosa.
Mashg‘ulotlar jarayonida jismoniy yuklamalarning xususiyatlari ularning mazmunidan kelib
chiqib belgilanadi va sportchi organizmiga ta’sir qiladi. Yuqorida ularning o‘ziga xos jihatlari mualliflar nuqtayi
nazari doirasida tavsiflab o‘tildi. Shu bilan birga jismoniy yuklamalarning umumiy va bir-birini bog‘lab turuvchi
jihatlari ham mavjud. Bu umumiylikni sport mashg‘ulotlarini kuzatish va tahlil qilish orqaligina tushunish
mumkin.
Sportchining yoshi, sport malakasi va uning darajasidan qat’iy nazar sportchini tayyorlashning ustuvor
vositasi bu sport mashqidir. Shuningdek, mashg‘ulotlar jarayonida jismoniy yuklamalar o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lib, ular alohida ko‘rinishlar va mazmunga ega.
Mashg‘ulot yuklamalarining turlari va mazmuniga mos ravishda ularni tashkil qilish, to‘g‘rirog‘i, ularni
sport organizmiga ta’sir ettirish o‘zgarib boradi. Shu bilan birga, ular alohida mustaqil tarzda sportchini
rivojlantirish va musobaqalarga tayyorlash imkoniyatiga ega emas. Shu sababdan ham mashg‘ulot yuklamalari
umumiy birlikka ega tizim sifatida talqin qilinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: