ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son
138
-
kimyo fanini oʼqitishda taʼlim muassasasi, oila, mahalla hamda
ishlab chiqarish tashkilotlari
oʼrtasida mustahkam aloqani qaror toptirish
-ga erishilganda;
-
taʼlim muassasalarida kimyo fanini oʼqitishda ommaviy hamda axborotli texnologiya,
komp
ьyuter, Internet tarmogʼi va hokazo xizmatidan unumli foydalanishga erishi
lsa va boshqalar.
Taʼlim muassasalarida kimyo fanini oʼqitish samaradorligini oshirishga yoʼnaltirilgan faoliyatning
quyidagi shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishi muvaffaqiyatga erishishning muhim omillari
ekanligi kuzatuvlar jarayonida aniqlangan:
-
konferentsiya, seminar, trening, bellashuv, ilmiy izlanish, kimyo fani bilan bogʼliq hodisalar,
uchrashuv kabilar;
-
ogʼzaki bayon qilish, amaliy, koʼrgazmali namoyish etish, mashq
-lantirish, klaster, zigzag, aqliy
hujum, muammoli vaziyatlarni hal etish, kubik kabilar;
- texnik va axborotli vositalar - radio, televidenie, komp
ь
yuter, shuningdek, Internet xizmatidan
foydalanish, shaxsiy namuna, muayyan shaxslar faoliyati, hayotiy voqea-hodisalar va boshqalar.
Yuqorida taʼkidlanganidek, kimyo fanini oʼqitish samaradorligini oshirishning maqbul yoʼllari
sifatida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish ijobiy natijalar bera olishiga
kuzatishlar jarayonida ishonch hosil qilish mumkin. Kimyo fanini oʼqitish mazmunidagi tadbirlarni
oldindan puxta ishlab chiqilgan loyiha asosida tashkil etish taʼlim muassasasida mavjud boʼlgan obь
ekti va
sub
ьektiv omillarni markazlashtirish va aniq maqsadga yoʼnaltirish uchun qulay sharoit yaratadi.
Quyida mazkur reja asosida amalga oshirilgan faoliyat mohiyatini yoritish maqsadida uyushtirilgan
tadbirlarning biri xususida batafsil soʼz yuritamiz.
“Kimyo fanini oʼqitish mazmunidagi tadbirlar loyhasini ishlab chiqish” deb nomlangan trening
quyidagicha oʼtkaziladi:
I. Tashkiliy qism -
tadbirni oʼtkazish
uchun talab qilinadigan ob
ь
ektiv shart-
sharoitlarni oʼrganish
(tadbir oʼtadigan joy
- zal, auditoriya-
ni belgilash), tadbirni tashkil etish va oʼtkazishga maʼsul shaxslarni
belgilash, ularga aniq topshiriqlar yuklash, turli hajm va sifatdagi qogʼozlar, ru
chkalar, buyoqli ruchkalar,
chizgʼich, yozuv taxtasi qisqichlarni tayyorlash; tashkiliy masalalar: tadbirning oʼtkazilishi haqida
ishtirokchilarni ogʼzaki yoki yozma tarzda ogohlantirish, tadbir jarayonining loyhasini ishlab chiqish
kabilarni oʼz ichiga ol
adi.
II.
Аsosiy qism: ishtirokchilar oʼrtasida soʼrov tashkil etilib, ularning zamonaviy pedagogik va
axborot texnologiyalar va ulardan kimyo fanini oʼqitish jarayonida foydalanish imkoniyatlari toʼgʼrisidagi
bilimlari aniqlanadi. Ularga quyidagi savollar bilan murojaat etiladi:
1. Kimyo fanini oʼqitish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan
foydalanish imkoniyatlarini Siz qanday baholaysiz?
2. Kimyo fanini oʼqitish jarayonini loyihalash deganda Siz nimani tushunasiz?
3. Kimyo fanini oʼ
qitish jarayonini loyihalashda nimalar muhim ahamiyatga ega?
4. Kimyo fanini oʼrganish bilan bogʼliq faoliyatingizni muayyan loyiha asosida tashkil etganmisiz?
Soʼngra ishtirokchilarga kimyo fanini oʼqitish jarayonini loyihalash boʼyicha nazariy
maʼlumotla
rni beriladi.
1. Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar hamda taʼlim jarayoni (kichik maʼruza);
2. Kimyo fanini oʼqitishga bagʼishlangan tadbir loyihasini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb
etadigan omillar, koʼrgazmali tarqatma materiallar bilan
tanishish.
3. Kimyo fanini oʼrganishni muayyan loyiha asosida tashkil etish namunasi (А
maliy trening).
Keyin ishtirokchilar oʼrtasida kimyo sohasidagi ijodiy faoliyatni tashkil etladi.
1. Mustaqil ravishda kimyo fanini oʼrganishga bagʼishlangan tadbir l
oyihasini ishlab chiqish
(avtogen mashq).
2. Men -
loyihachiman (koʼrgazmali taqdimot).
3. Eng mukammal loyiha (tanlov).
Undan keyin ishtirokchilar tomonidan egallangan bilim, hosil qilingan koʼnikmalar darajasi
aniqlanadi.
4.1 Kasbiy taʼlimga bagʼishlangan tadbirning mazmuni va yoʼnalishi xususida Siz qanday
fikrdasiz? (Interv
ь
yu).
4.2 Kasbiy taʼlimga bagʼishlangan tadbir jarayonida muayyan maʼlumotlarga ega boʼldingizmi?
(Interv
ь
yu).
4.3 Kasbiy taʼlimga bagʼishlangan taʼlimviy tadbirlarni oldindan loy
ihalashtirishning afzalliklari
(Davra suhbati).
III. Yakuniy qism - trening jarayoni va uning natijalarini tahlil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |