Keywords:
predicate,
structural semantic,
explanatory,
model
,
formal-functional.
O‘tgan asr o‘rtalaridan boshlab tilshunoslikda sintaktik hodisalarni tadqiq etishda struktur-
semantik metodni qo‘llashga ko‘p e’tibor qaratila boshlandi. Ular uchun sintaktik strukturalarning o‘z
shakli va o‘z mazmuniga egaligi sintaktik munosabatlarning o‘ziga xos tomonlarini tushunishda umumiy
tamoyilga aylandi. Aniq tipdagi sintaktik ma’noni etkazuvchi, ma’lum konstruktiv sxema (model) bo‘yicha
sodda yoki murakkab gap qurilishi sintaktik shakl hisoblanadi. Sintaktik shakl modul komponentlarining
o‘zaro semantik-grammatik aloqasi asosida hosil bo‘ladi. Har bir komponentning semantik belgisi ma’lum
bir tilda sintaktik komponentning u yoki bu vazifada keluvchi so‘z leksik va grammatik ma’nosining
tiplarga ajralishi natijasida vujudga keladi. Sodda gapdan farqli ravishda qo‘shma gaplarning modul
komponenlarini qo‘shma gapning bir qismini ifodalovchi predikativ komplekslar tashkil qiladi.
Gapning konstruktiv sxemasi garchi sintaktik shaklga ta’luqli bo‘lsa-da, shakliy emas, balki
ma’nolilik tushunchasi mavjud, modomiki gap komponentlarning sematik roli, sxemada shakli yoki
boshqacha aytganda ularning texnikasi bir biriga ulashgan va mujassam bo‘lgan leksika va morflogiya
haqida ketmoqda. Nutq sintaktik tuzilishining bunday namoyon bo‘lishi, struktur-kompozitsion belgilari
yoki konstruksiyalar mezonlari ularning semantik mazmunidan yaxlit, har bir elementigacha ajratib
bo‘lmaydi, shuning uchun bu xildagi tushuncha struktur-semantik metod nomini oldi.
Struktur-semantik metod qo‘shma gapni o‘rganish bo‘yicha ilgari qo‘llangan metodlarga nisbatan
sezilarli natijalar beradi. Tarixan ilgarigi metodning mohiyati formal-funksional yondashuv bo‘lib,
qo‘shma gapning tobe bo‘lagi gap bo‘lagining analogi sifatida qaralgan va shuning o‘zi yetarlicha tavsif
bo‘lgan. Shuning uchun qo‘shma gaplar dastlab bog‘langan-bog‘lovchisiz gaplarga ajratildi, keyin
bog‘langan qo‘shma gaplar to‘ldiruvchi ergash gap, aniqlovchi ergash gap, ega ergash gap, kesim ergash
gap, ravish ergash gap kabi turlarga ajratilib tasniflandi.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar bog‘lovchili qo‘shma gaplarning analogi sifatida qaraldi.
Barcha asosiy grammatikalar (sintaksis qismlari nazarda tutilmoqda) va o‘zbek tili sintaksisi
bo‘yicha muhim ishlar yaxlit struktur-funksional yondashuv nuqtai nazaridan yozilgan. Ammo barcha
tadqiqotlar qatorida, avvalo akademik “O‘zbek tili grammatikasi” (Toshkent, 1976, 2 tom) struktur-
semantik tahlilni va shunga muvofiq murakkab gap qismlarini tasniflash metodlarini aniq qo‘llash va
nazariy asoslash bo‘yicha ma’lum qadamlar qo‘yildi. Ammo to‘lasincha struktur-semantik yondashuv yoki
metod (ishda, barcha joyda tor- maxsus termin ma’nosida) o‘zbek tilshunosligida, umuman keng ma’noda
Do'stlaringiz bilan baham: |