Birikma terminlar
. Aytilganidek, barcha terminosistemalarda birikmali terminlar miqdorining
ustuvorligini kuzatish mumkin. Bu holat avtoyo‘lsozlik terminosistemasiga ham birday daxldor deyish mumkin.
Birikma terminlar, boshqa murakkab leksemalar kabi birdan ortiq leksik birlik (o‘zak) lardan tashkil
topadi va ko‘p hollardabirikma holatida bo‘ladi. Misollar:
yoy bissektrisasi
,
yoylar orasidagi to‘g‘ri chiziq
,
yo‘l qoplamasi, yo‘l poyi
,
yo‘l chetidagi ariq
(kyuvet),
klotoid yoy
,
plandagi egrilik chizig‘i
,
yordamchi yoy
,
vertikal bo‘ylama kesim yuzidagi yoy
(chiziq krivaya v prodolnom profile (vertikalnaya)),
bir qator aylanma egri
chiziqdan iborat bo‘lgan yoy
(krivaya korobovaya), aylanma egri chiziq (krivaya krugovaya),
asosiy egri
chiziq
,
o‘tuvchi egri chiziq
(krivaya perexodnaya),
bir-biriga teskari yo‘nalgan yoylar
(krivыe obratnыe),
bir
tomonlama yoylar
(krivыe odnostoronnыe),
qatnov qismi qirg‘og‘i
(kromka proyejey chasti),
yo‘l yoqasi
(obochina),
qatnov qismi
(proyezjaya chast),
yo‘lning ko‘ndalang kesim yuzasi
(profil dorogi poperechnыy),
yo‘lning bo‘ylama kesim yuzasi
(profil dorogi prodolnыy) kabilar.
Birikmali terminlar struktur jihatdan o‘z o‘rnida ikki uzvli, uch uzvli, to‘rt uzvli, besh uzvli va h.
turlarga ega.
Ikki uzvli murakkab terminlar
. Ikki uzvli birikma terminlar sodda so‘z birikmasi shaklida bo‘lib,
ularda ma’noviy yaxlitlanish kuzatilsa-da, shaklan hokim-tobelik munosabati sezilib turadi:
ta’mir brigadasi,
yo‘l axborotnomasi, ko‘priklarga oid axborotnoma, o‘rkachsimon o‘nqir-cho‘nqir, qoplamaning nurashi,
mustahkamlik zahirasi (qo‘ri), sirpanish koeffitsenti, to‘shamalarning o‘pirilishi, toshtaxtalarning liqillashi,
joriy ta’mir, yemirilish reperi, qoplamadagi siljish, qirra sinishi, yo‘l xizmati, yo‘lni saqlash, bordyurni
tiklamoq, yedirilish qatlami, qor bo‘roni (qor uyumlari), qor to‘siq, qorli mash’al, qoplamani tozalash,
muzlarning tirbandligi, yuklovchi, g‘ildirakli ekskavator, ishlab chiqarishni avtomatizatsiyalashtirish, burg‘ilab
kovlamoq, tebratib zichlash, suvni pasaytirish, trassani tiklash, to‘nka ko‘chirish, suvli ekish, trassani
mahkamlash (bog‘lash, mustahkamlab qo‘ymoq), chokni to‘ldirish, tuproqni maydalash, industriatsiyalashtirish,
tosh yotqizish, sachratib sepmoq, tuproqni surmoq, siljitib bekitmoq, chokni qirqish, ustki ishlov berish, shlam
bilan ishlov berish, kromkani kesmoq, aylanib o‘tish, chetlab o‘tish, qurilishni tashkil qilish, tuproqni
ag‘darmoq, chim bosmoq, chim yotqizmoq, tuproqni taqsimlash, materiallarni bo‘lish, tuproqni qirqish,
bog‘lovchi sepish, tuproqni silikatlash, yo‘lda aralashtirish, qurilmada aralashtirish, qatlamni qirqish, tuproqni
mustahkamlash, qiyalikni mustahkamlash (yonbag‘ir), tuproqlarni yaxshilamoq, tuzatmoq, to‘siq o‘rnatish,
qurishni uyushtirmoq, betonga qarash, qoplamani frezerlash
kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |