ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son
10
tarkibida ham termin bo‘la olmaydi [14, 48]. Bunda olim qator olimlarning fikrlariga metodologik asos sifatida
tayanib, tadqiqotchilarning mulohazalarini “ular faqat terminlarning nutqiy substitutlaridir, fikrni ifodalash
vositalaridir, biroq voqea-hodisalarning nomi bo‘la olmaydi” tarzida umumlashtiradi va ularning ishlariga havola
beradi [7; 8; 17]. Kitobda
temir yo‘l, muzyorar, ustqurma, besh yillik, uchburchak, gidroliz, antioksidlovchi,
antikosinus, avtobaza, avtobenzin, kinokomediya, karbonvodorod, elektrostansiya
kabilar qo‘shma terminlar
sifatida qayd etiladi. Olim fikrlariga qo‘shilgan holda, e’tiroz sifatida fe’l terminlar ham terminosistemalarda
ko‘plab uchrashini aytib o‘tish lozim. Masalan, avtoyo‘lsozlik terinologiyasida
burg‘ilash, tekislash, shibbalash,
payvandlash
so‘zlari terminologik mohiyatga egaligini ko‘rishimiz mumkin.
Olim qo‘shma terminlarning bir ko‘rinishi sifatida gibrid terminlarni ajratadi. “Gibrid terminlar
o‘zbek ilmiy-texnikaviy terminologiyasida keyingi yillarda paydo bo‘lgan yangi tipdagi qo‘shma terminlardir.
Gibrid so‘zi keng ma’noda “turli til elementlaridan tuzilgan “duragay” so‘zlardir [1, 98]. Masalan, fizikadagi
kvazizarralar termini gibrid so‘z bo‘lib, u lotincha
quasi
(soxta, yolg‘on) so‘z formasi hamda o‘zbek tilidagi
zarra
so‘zining qo‘shilishidan yasalgan. Demak, o‘zbek terminologiyasidagi gibrid qo‘shma terminlar asosan
internatsional terminelementlar sifatida grekcha va lotincha prefiksal xarakterdagi bog‘liq morfemalar ishtirok
etadi. Masalan, aviasanoat, aerofotosurat, gidrotuzlar, ultratovush singari gibrid qo‘shma terminlarning birinchi
komponentlari (
avia-, aero-, gidro-, ultra
-) ana shunday internatsional terminelementlar, ikkinchi komponentlari
esa o‘zbekcha so‘zlardir” [14, 56]. Olimning fikrlariga qo‘shilgan holda, undagi ayrim e’tirozli nuqtalarni ham
qayd etib o‘tish lozim deb o‘ylaymiz. Chunki mazkur gibrid terminlar ikkinchi komponentlarining barchasi ham,
albatta, o‘zbekcha so‘zlar emas. Masalan,
sanoat, surat, zarra
kabi so‘zlar o‘zlashma qatlam birliklaridir.
Keyingi uzvlari o‘zbekcha so‘zlar bo‘lgan gibrid terminlar avtoyo‘lsozlik terminosistemasida ham ko‘plab
uchraydi, albatta. Masalan,
avtoyo‘l,avtoyo‘lsozlik, avtoharakat, avtohalokat
kabi.
Olim juft terminlarni ham ajratadi. “Ikki mustaqil leksik ma’nolo komponentlarning teng bog‘lanishi
asosida tashkil topib, umumlashtirish, jamlik kabi ma’nolarni ifodalovchi so‘z – juft termindir. Juftlashuvchi
qismlar orasidagi tenglik munosabati yozuvda defis bilan ko‘rsatiladi. Talaffuzda bu qismlar teng fonetik
cho‘qqiga ega bo‘ladi, ayni vaqtda, ikkichi yagona leksik urg‘u yordamida leksema bo‘lib birlashadi” [14, 68].
Tilshunos
elektron-optik, zichlagich-planka, to‘qima-trikotaj, universal-chopiq
kabilarni bunga misol sifatida
keltiradi. Bunday misollar avtoyo‘lsozlik terminologiyasi tizimida ham uchrab turadi. Masalan,
bitumli-gruntli,
sement-tuproqli, shlak-tuproqli, qatron-betonli, qum- asfalt-betonli qoplama
kabi
.
Biz ulardan terminlarga nisbatan
birikma
atamasini qo‘llashni ma’qul ko‘ramiz.
Murakkab
terminini qo‘llash ma’qul emasligini bir necha sabablar bilan asoslash mumkin.
Birinchidan, so‘zlar kabi terminlar ham shakl va ma’no birligidan iborat. Shu boisdan
murakkab
atamasi qo‘llanganda terminning shaklining ham, ma’nosining ham murakkabligi tushunilishi mumkin. Bu esa
masala mohiyatining yaqqol ifodalanmasligiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ikkinchidan,
murakkab
atamasi so‘zlarga nisbatan qo‘llanganda, ularning o‘zaklari miqdoriga asosiy
e’tibor qaratiladi. Bu holda birdan ortiq o‘zakdan tashkil topgan, qo‘shma so‘z holidagi terminlar ham, so‘z
birikmasi shaklidagi terminlar ham anglashilishi mumkin. Holbuki, ko‘p hollarda
murakkab
atamasi ostida
birikma shaklidagi terminlar nazarda tutiladi.
Shuningdek,
birikmali termin
atamasida ham ma’lum darajada mantiqiy xatolik bordek tuyuladi.
Ma’lumki, -
li
qo‘shimchasida “biror narsaga ega” ma’nosi ham mavjud bo‘lib,
birikmali termin
deganda, o‘z-
o‘zidan, termin biror-bir birikmaga ega degan ma’no uqiladi.Shuning uchun
birikma termin
atamasini qo‘llash
har jihatdan qulay.
Aytilganlar asosida biz avtoyo‘lsozlik terminlarini shakliy strukturasiga ko‘ra dastlab to‘rt yirik
guruhga ajratishni ma’qul ko‘ramiz:
a) sodda terminlar;
b) qo‘shma terminlar;
v) juft terminlar;
v) birikma terminlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |