Keywords:
road construction, lexical gap, terminology, term element, types of terminology.
Terminlar boshqa til birliklaridan tarkibiy tuzilmasining murakkabligi bilan xarakterlanadi. Masalan,
umumnutqda so‘z birikmasi shaklidagi birliklarning mustaqil atov birliklari sifatida qo‘llanilishi kamdan-kam
kuzatiladi. Ayrim hollardagina leksik lakunalar bilan bog‘liq ravishdagi bunday qo‘llanishlarga duch kelishimiz
mumkin [6, 258; 1, 215; 18, B.49; 2; 5, 136-146; 9, 129; 10, 40-45; 11; 12, 77-83; 13, 3]. Lekin sohaviy nutqda
bunday holatlar ko‘plab uchrashiga lug‘atlar asosida amin bo‘lish mumkin:
davlat bankining qimmatli
qog‘ozlarning bahosini e’lon qilishi
;
minimal chastotaviy siljishli Gauss manipulyatsiyasi, vaqt bo‘yicha
ajratilgan dupleks uzatish, ruxsat etilgan foydalana olish kanali, sohaning e’lon qilinmagan qayta tanlanishi,
axborotni (signalni) qo‘lga kiritishning kam-kam ehtimolligi
. Bu holat tilning ijtimoiy hodisa ekanligi, biroq
terminlar jamiyatning tor qatlami uchun xosligi va, aksariyat hollarda, mavjud til vositalari, birikmalar asosida
ijod qilinishi bilan bog‘liqdir. Shuningdek, terminlarning faqat sohaviy nutqda uchrashi, o‘z-o‘zidan, ularning
kam qo‘llanishini keltirib chiqarib, lisoniy birliklar sifatida umumiste’mol til birliklari kabi “silliqlanmasligiga”
sabab bo‘ladi va bu terminosistemada mavjud terminlarning aksariyatida formal-semantik nomuvofiqlikka sabab
bo‘ladi. Zero, aytilganidek, bunday terminlarda shaklan erkin birikmalik, ma’noviy jihatdan esa yaxlitlanish,
muayyan bir tushunchani ifodalash tendensiyasi ustuvor bo‘ladi. Avtoyo‘lsozlik terminosistemasida ham bunday
holat yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Ko‘p hollarda so‘zlarni, ayniqsa, terminlarni shakliy jihatdan turlarga ajratganda, birdan ortiq
o‘zakdan tashkil topgan birliklarga nisbatan
qo‘shma, juft, murakkab, tarkibli, birikmali, birikma
terminlari
ishlatilaveradi.
O‘zbek texnik terminologiyasida barakali xizmat qilgan tilshunos R.Doniyorov terminlarni tuzilishiga
ko‘ra o‘ziga xos tarzda tasniflaydi. U birdan ortiq leksik uzvdan tashkil topgan terminlarni sintaktik yo‘l bilan
hosil bo‘lgan terminlar sifatida qaraydi. “O‘zbek tilining texnik terminologiyasida yakka so‘zli terminoarga
nisbatan sintaktik usul bilan hosil bo‘lgan terminlar ancha salmoqli o‘rinni egallaydi. Buning boisi nimda?
Buning sababi shundaki, sintaktik usul bilan yasalgan terminlar barcha tillarda bo‘lganidek, o‘zbek tilida ham
muhim nominativ manba sanaladi. Bunda olim tilshunos A.N.Kojinning ularda ifodalanyotgan narsaning belgisi
shundoqqina ifodalanib turadi, ular bilishsizlikdan bilish sari harakat jarayonida ijtimoiy ma’lumotlarni
mustahkamlashda “so‘zdan iborat to‘siqni oshib o‘tishga yordam beradi” degan fikriga metodologik asos sifatida
tayanadi [2, 97]. Olim sintaktik usul bilan hosil bo‘lgan texnik terminlarni ot+ot, nisbiy sifat+ot, sifatdosh+ot,
jarayon nomi+ot tipidagi ko‘rinishlarga bo‘ladi. Ot+ot tipidagi terminlarni I tip izofali, II tip izofali, III tip izofali
turlarga ajratadi. Tilshunos bu terminlarni yasalish jihatidan sintaktik usul bilan yasalgan va tuzilish jihatdan
qo‘shma terminlar nomi bilan ataydi [2, 148].
R.Doniyorovning yuqoridagi tasniflarida ayrim e’tiborga molik jihatlar ko‘zga tashlanadi.
Birinchidan, u sintaktik usul bilan yasalgan terminlar sirasida fe’l turkumiga mansublarini ajratmaydi.
Ikkinchidan, olim ayrim sintaktik usul bilan hosil bo‘lgan terminlarning qoliplarini morfologik (masalan, ot+ot
tipidagi), ba’zilarini semantik (jarayon nomi+ot) asosda belgilaydi.
Umuman olganda, tilshunos R.Doniyorov terminlarni tuzilish jihatidan sodda va qo‘shma turlarga
ajratadi.
Tilshunos N.Qosimov “O‘zbek tili ilmiy-texnikaviy terminologiyasi masalalari” (So‘z o‘zlashtirish va
affiksatsiya masalalari) asarida birdan ortiq komponentli terminlarni qo‘shma, juft va gibrid turlariga ajratadi.
“O‘zbek tili leksikasida ilmiy-texnikaviy tushunchalarni ifodalovchi qo‘shma terminlar salmoqli o‘rin
egallaydi... Umumtilshunoslikdagi “qo‘shma so‘zlar” (sobstvenno-
slojnыe slova) terminiga qiyosan
terminologik sistemalardagi xuddi shu tipdagi, ya’ni ikki va undan ortiq mustaqil termin yoki
terminoeelementlarning o‘zaro qo‘shilib hosil qilingan yangi leksik birlik – yangi yaxlit terminga “qo‘shma
termin” birikmasini qo‘llash maqsadga muvofiqdir”[14, 47]. Olim bunda V.V.Vinogradovning “so‘z yasash
sohasida tilning ichki rivojlanish qonunlari, ayniqsa yaqqol ko‘rinadi. Yangi so‘zlarning yasalishi tilda
allaqachon barqarorlashgan yoki yangi o‘zaklarning ajralishi va yangi affiksal unsurlarning qo‘llanilishi bilan,
shuningdek, so‘z yasash sistemasining rivojlanishi va takomillashuvi bilan bog‘liq holda yangidan vujudga
kelayotgan modellar hamda so‘z yasash tiplari bo‘yicha amalga oshadi” [3, 155] degan metodologik tabiatli
fikriga tayangan holda ish tutadi. Shu bilan birgalikda, olim qo‘shma terminlarning qo‘shma so‘zlardan ayrim
jihatlari bilan farqlanishini ham ta’kidlaydi. “Masalan, qo‘shma so‘zlar barcha mustaqil so‘z turkumlari
doirasida amal qilishi mumkin. Qo‘shma terminlar esa asosan ot turkumi doirasida amal qiladi, qo‘shma sifatlar
faqat terminelement, ya’ni birikma terminning aniqlovchi komponenti sifatidagina qaraladi. Bu yerda shuni qayd
etish kerakki, otdan boshqa so‘z turkumlarining termin bo‘la olishi, potensial bo‘lib, ular ayrim olingan holda,
termin bo‘la olmaydi. Ularning terminologik xarakteri kontekstda aniqlanadi, masalan, fe’llar birikmalar
Do'stlaringiz bilan baham: |