Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
14 
turkiyshunoslikda endigina o‘z yo‘lini topmoqda. Bunga misol tariqasida M.A.Abdurazakov (1978), 
I.X.Axmatov (l983), K. M. Abdullaev (l983; 1984), R.G. Sibagatov (1984)larning kitoblari va 
dissertatsiyalarini, ular orasida A.Nurmonov (1982; 1983), D.M.Nasilov (l983), N.M. Mahmudov (1984), 
A.B. Abdullaev (1979; 1984), A.N.Nurmonov va N.Mahmudov (1995)larning dissertatsiyalari va 
turkiyshunoslik bo‘yicha jurnallar va to‘plamlarda e’lon qilingan o‘zbek tili sintaksisiga bag‘ishlangan 
maqolalarini keltirish mumkin. Bu yerda A.Z.Abdullaevning K.X. Axmatovning kitobiga yozgan 
taqrizidagi quyidagi fikrlarini keltirish o‘rinli bo‘ladi: “Hammaga ma’lum leksik-semantik yo‘nalishda 
erishilgan yutuqlardan farqli ravishda sintaktik-semantik tahlil haqida nazariy va uslubiy ishlanmalar endi 
shakllanmoqda”. 
Izhorli qurilmalar (keyinchalik qisqartirib IQ) o‘zbek yoki boshqa turkiy tillar uchun maxsus 
tadqiqot obyekti bo‘lgan emas. “O‘zbek tili grammatikasi”da IQ asosiy semantik tip sifatida ajratilmaydi, 
struktur-funksional yondashuv va qo‘shma gaplar tasnifiga muvofiq quyidagicha izohlanadi: ergashgan 
qo‘shma gaplar orasida ega, kesim va to‘ldiruvchi ergash gap, bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibida 
izohlash munosabatini ifodalovchi sifatida ajratiladi. 
A.N.Kononovning "Grammatika sovremennogo uzbekskogo literaturnogo yazika" kitobida izhorli 
munosabati bog‘lovchili va pauzali (bog‘lovchisiz) gaplar tarkibida asosiy semantik-sintaktik ma’no 
sifatida ajratiladi. 
IQ tobe komponentga sinetik ifodalangan aloqasi bilan bu yerda struktur-funktsional yondashuvga 
muvofiq ularning semantik tasnifisiz sodda gap doirasida qaraladi. 
Umuman, keltirilgan havolalar (nisbatan ishonchliroqlari)ga va ko‘plab boshqa ishlarga tayangan 
holda aytish mumkinki, IQlarning struktur tiplari va ko‘rinishlari adabiyotlarda aniqlangan, savollar 
yetarlicha ko‘p, ammo ular semantik-grammatik (asosan bu yo‘nalishning rus, nemis tilshunosligi va 
boshqalarda chuqur taraqqiy etayotganligini hisobga olganda) jihatdan yetarlicha o‘rganilmagan va bu 
o‘zbek tili materiallari asosida mazkur tadqiqotni amalga oshirishni dolzarb qilib qo‘yadi. 
Funksional-struktur yondashuv nuqtai nazaridan sintaktik strukturalar uchun tashkiliy boshlanish 
ularning gap tarkibidagi shakliy vazifasi va gap strukturasiga bu funksional tuzilmaning shaklan qo‘shilish 
usulidir. Struktur-semantik nuqtai nazaridan gap uning mazmuniy (semantik-grammatik) 
komponentlarining o‘zaro semantik munosabatidan hosil bo‘ladi, aniq formal-grammatik usullar va 
ularning gapda mujassam bo‘lishi va qo‘shilishi, birinchidan, yetkazilayotgan mazmunga nisbatan mustaqil 
ma’noga ega emasligi va ikkinchidan, o‘zining bor holicha harakatda bo‘lishi bilan xarakterlanadi, shunday 
ekan, bosh usullarni hisobga olish va chetdagilarini hisobga olmaslik ishning mohiyatini tushunish uchun 
to‘g‘ri deb hisoblash mumkin emas. Sintaktik strukturalarning shakliy va mazmuniy jihatdan o‘zaro ta’siri 
qurilmaning har bir aniq tipi uchun nihoyatda har xildir. 
Bu yerda ifoda planining nima va qanday o‘zgarishiga bog‘liq holda tipik strukturalar qatori
ko‘plab miqdorda ko‘chuvchi va aralash sintaktik tuzilmalar - modifikatsiyalar, transformatsiyalar, 
perifrazalar hosil bo‘ladi. Gap strukturasida bu variyatsiyalarning barchasi turli daraja yoki bosqichdagi 
sintaktik birliklar, o‘ramlar bilan murakkablashgan gap, ergash gapli va bog‘lovchisiz qo‘shma gap sifatida 
chiqadi. Turli sathdagi IQlarni bu tarzda qamrab olish o‘zida semantik bir planlilikni tavsiflovchi, 
sintaksisning ma’lum qismini “vertikal” qirqib olishni ifodalab, bir tomondan qurilma tashkiliy 
tuzilishining ularning komponentlari grammatik mujassamligi xususiyatlariga bog‘liqligini va ular 
o‘rtasidagi aloqa turlarini chuqur o‘rganishga imkon beradi. Boshqa tomondan, turli sathdagi IQlarni 
struktur-semantik tadqiq etish ularning sinonimlariga murojaat etishni taqozo qiladi. 
Sintaktik sinonimiya turkiyshunoslik uchun yangi mavzu bo‘lib, bu borada Sayfullaeva va 
boshqalarning ayrim ishlarigina amalga oshirilgan xolos. Ammo nazariy jihatdan erishilgan natijalar 
qoniqarli deb bo‘lmaydi. Sintaksisning bu qismining ko‘plab qoidalari aniqlanmay qolmoqda, nimalarni 
sinonimik qurilmalar deb hisoblash mumkin, sinonimlik va sinonimiya chegarasidan tashqariga chiquvchi 
tuzilmalar va shu kabilar
.
IQ struktur- semantik tiplarini va ularning sinonimik munosabatlarini va bunda erishilgan ma’nili 
natijalarni o‘rganish o‘zbek tili sintaksisining dolzarb masalalaridan biri ekanligi oydinlashadi. 
“O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi”da izoh so‘zi shunday sharhlangan: “Izoh - 1) so‘z, ibora, voqea 
hodisa va b.ga beriladigan tushuntirish, sharh, tavsif (mas. so‘z ma’nosining izohi, qonun moddasining 
izohi, sharhi); 2) matnning ayrim joyiga kiritilgan yoki ayrim masalaga berilgan qo‘shimcha ma’lumot, 
tushuntirish, eslatma, uqtirish”. 
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da izoh so‘zi va u vositasida hosil qilingan so‘zlarga berilgan 
sharhlarda ham o‘zaro uyg‘unlik mavjud: 
Izoh (a.)– tushuntirish, sharh 1. So‘z, ibora yoki voqea-hodisa va sh.k.ga berilgan sharh; 
tushuntirish. 
Kitob izoh va sharhlar bilan ta’minlangan. Zaynab keyingi so‘zlarga tushuna olmagan… 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish