UDK: 891.709
LUTFIYNING BOYSUNQUR MIRZOGA BAGʼISHLANGAN QASIDALARI
M. J. Hasanova
Samarqand davlat universiteti
ikaroy84@mail.ru
Аnnotatsiya.
Maqola Mavlono Lutfiyn
ing Boysunqur Mirzoga bagʼishlangan qasidalari haqidadir.
Muallif qasidalarni tahlil etish asnosida XV asr Xuroson voqeligi, Boysunqur temuriyning madaniyat va
adabiyot sohasida tutgan o‘rni va fojiasi haqida fikr yuritgan.
Kalit so`zlar:
qasida
,
mamduh
,
xattot, musavvir, sahhof, so`fiylik, murshid, mulk, kotib, o`tkinchi
hayot, xalqparvar shaxs,
дуо, қофия.
Касыды Лутфия посвященные Бойсункур Мирзе
Аннотация.
Статья посвящена анализу касыд Мавлоно Лутфий о жизни Бойсункура
Мирзы. Автор освещает события
в Хуросоне в XV веке и позиции Бойсункура Мирзы в отношении
культуры и литературы.
Ключевые слова:
ода, мемдух (хвалить), каллиграф, художник, редактор, суфизм, муршид,
имущество, секретарь, короткая жизнь, патриот, молиться, рифма.
Lutfiy’s qasidas devoted to Boysunqur Mirzo
Abstract.
In this article the author says about events of Khuroson in XV centure and Boysunqur
Mirza’s position in the culture and literature and also Boysunqur Mirza’s fatal death.
Keywords:
ode, memduh (praise), calligrapher, artist, editor, Sufism, murshid, property, secretary,
transitional life, patriot, to pray, rhyme.
ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 6-son
16
XV asr qasidachiligiga katta hissa qo‘shgan shoirlardan biri Mavlono Lutfiydir. Mavlononing
qasidago‘yligi haqida
А
lisher Navoiy shunday deydi:
«… valekin forsigo‘y ustodlardin ko‘
pining mushkil sheʼrlarigʼa javob aytibdur va yaxshi aytibdur…» [3;
54]. Аmmo bu qasidalar bizgacha yetib kelmagan. Lutfiyning bundan tashqari, 4 ta turkiy madh qasidasi
maʼlum b
o‘lib, ularn
ing bittasi Shohruh Mirzoga, 2 tasi Boysunqur Mirzoga, 1 tasi Аlouddavlaga
bagʼishlangan [1; 11
-17] .
Manbalardan maʼlumki, XV asrda Xurosonda Shoxruh Mirzo buyrugʼi bilan Boysunqur Mirzo
tarafidan tashkil qilingan ulkan kutubxonada yuzlab qimmatli qo‘lyozmalar to‘plandi. Unda 40dan ortiq
xattotlar, musavvirlar, zarkorlar, sahhoflar ana shu ko‘hna qo‘lyozmalardan nusxa ko‘
chirishdi. Аlisher
Navoiyning so‘zlariga qaraganda, Shoxruh dunyoviy ilmlar ichida tarixni xush ko‘rganligi bois, ko‘pgina
yirik tarixnav
islarni saroyiga taklif qilgan. Sharafiddin Аli Yazdiy, Hofizi Аbr
o‘
, Аbdurazzoq
Samarqandiylar shular jumlasidandir. Davlatshoh Samarqandiy Boysunqur Mirzo haqida: «…hunarparvar
va hunarmandlikda jahonda mashhur bo‘
ldi. Sheʼriyat va xattotlik uning zamoni
da rivoj topti. Hunarmand
va fazl egalari uning ovozasini eshitib atrof va tevarakdan uning xizmatiga keldilar. Xush xat kotiblardan
40 kishi uning kutubxonasida kitobat qilish bilan mashgʼul edilar… hunarmandlarni rioyat qilar, shuaroni
do‘st tutar edi… t
urkiy va forsiy sheʼrlarni yaxshi aytardi va olti qalam bilan xat yozar edi va juda chiroyli
yozar edi» [4; 55] deb yozadi.
Shu munosabat bilan Boysunqur mirzoning (1397-1434) shuhrati oshgan ediki, Lutfiy unga
bagʼishlab 2 ta qasida bitgan. Ularning biri
nchisi 29 baytli bo‘lib, nasihat usulida yozilgan.
Bunga sabab shuki, Davlatshoh Samarqandiy taʼrif etganidek «Zamon sultonlaridan Xusravi
Parvizdan keyin hech kim Boysunqur Sultondek ishratu zebu-ziynatda kun kechirmagan» [6; 141]ligi
bo‘lsa kerak. Xuddi
shuningdek, «Matlaʼi saʼdayn»da shahzodaning vafoti zikrida uning olam
podshohlaridan ustun bo‘lgan bir qancha fazilatlari yuqori baholanib, «… shahzoda shunday kamolotga
egaligiga qaramay, doimiy ichkilik ichishga rujuʼ qilgan edi, tiriklik bir daqiqadan
iborat bo‘lganida ham
agar u laʼl rangli maysiz b
o‘lsa, uni harom hisoblar…»[5; 29-44] deb yozilgan. Tarixiy asarlarda keltirilgan
ushbu taʼriflarga qaraganda, Lutfiy qasidasi tarixiy ahamiyatga ham ega deya olamiz.
Shoir qasida orqali shahzodaga nasihat qiladi:
Ko‘
ngulni bogʼlama, foniy jahongʼa, ey oqil,
Safar yarogʼini qil b
o‘
lma bir nafas gʼofil.
Ko‘zungga uyqu harom et, bu yo‘lda ogoh bo‘l,
Kim, asru maqsad iroqu hatarnok ul manzil.
Safar yarogʼini sen tonglagʼa solursen, lek,
Аmiri qofila k
o‘chti ravon qilib mahmil.
Muning bikin yurumak birla bilmasang qayda,
Harimi Kaʼbai hazratqa b
o‘
lgʼaysen vosil. [1; 11]
Unga murojaat etib, ko‘zingga uyquni xarom qilgin, bu yo‘l ogohlik yo‘li bo‘lishi kerak, ko‘p
maqsadlar uzoqda; senga xazinalarni Tangri tijorat uchun berdi, shuncha xazinalarni hosil etib nima
qilding; bugun mollarning egasi bularni oson hal etishi mumkin, ammo so‘roq kunida So‘roqchi
so‘raganda, hisobini berish mushkul bo‘ladi, do‘st visoli kerak bo‘lsa, o‘zingdan kech, chunki bu oraga
o‘zingni solsang, to‘siq qo‘ygan bo‘lasan, habib yuzini mahsharda ko‘rganda hijolat bo‘lmagin, Tangrining
ishini bugun qilish kerak, sen johil esa ertaga qoldirding, havas ortidan yurib, nafsning so‘zlarini ko‘ngling
qulogʼiga kiritmaki, u Bobil sehru jodusidekdir, deydi:
Xazinalarni senga berdi Haq tijorat uchun,
Ne qilding oncha xazoyin bila qilib hosil.
Bukun tasarrufi amvol xush qilur oson,
So‘ruqchi tongla so‘rarda hisob erur mushkil.
Ko‘ngulni kes bu jahondin, ibodat etkim erur,
Xudoy toatidin o‘zga barchasi botil.
Tila ne saltanatu mulk Tengrini ista,
Xudoy boqivu mulki jahon erur zoyil.
Havas keynicha yurub, sanmagʼil xudoy y
o‘lin,
Daraxt shoxi bikin bo‘lma, bil bila moyil.
Hadisi nafsini ko‘
nglung qulogʼ
ina qotma,
Kim, ul fasona turur sehri jodui Bobil. [1; 11-12]
Qasidada Mirzoni bu o‘tkinchi hayotga berilmaslikka undab, tangri ibodatidan boshqa hamma
narsa, mulku jahon foniy ekanligini, dunyoni egallash orzusi bilan yongan necha-necha podshohlar hozir bu
dunyoda yo‘q ekanligini uqtiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |