Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son 
55 
qilish kanallarini qamrab olish. Amaliyot tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘quv qo‘llanmada, kompyuter 
yoki videodasturda ma’lumotni bayon qilish qanchalik ko‘rgazmali va xilma-xil bo‘lsa, shuncha 
ma’lumotni eslab qolish tez hamda mustahkam bo‘ladi (o‘qitishni multimediyalilik tamoyili). 
4.
Talaba olgan bilimlarini axborot xavfsizligi va Internet muloqotidagi tabiiy til nuqtayi 
nazaridan bayon qila olishi va tahlil eta olishi lozim.
5.
Talabani nafaqat muloqotning virtual tilida axborot xavfsizligi bo‘yicha asosiy ma’lumotlar 
bilan, balki bir-biriga yaqin bo‘lgan sohalarda ishlashga tayyorlash kerak bo‘ladi (axborot sohalarini 
mavzulashtirish va uni konkretlashtirish). Bu yerda ma’lumotnomalar va boshqa yordamchi manbalardan 
foydalanish o‘rinli bo‘lishi nazarda tutiladi. 
Elektron ta’lim, xususan, zamonaviy axborot texnologiyalar potensialidan foydalanishga 
asoslangan ochiq va masofaviy ta’limning tez sur’atlar bilan rivojlanishi, boshlang‘ich tajriba to‘plash, 
elektron kutubxonalar bosqichidan asta-sekinlik bilan elektron pedagogikaga e’tibor berilmoqda.
Hozirgi vaqtda obyektiv mavjudlik sifatida elektron ta’limni o‘rganish, qayta ishlash, tatbiq etish 
va foydalanishga yo‘naltirilgan uslubiy, nazariy ishlarning davri amalga oshmoqda. Bizning nuqtayi 
nazarimizga ko‘ra, quyidagilarni aniq farqlash maqsadga muvofiqdir: 
1.
Masofaviy ta’lim (MT) – ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosobatni 
masofadan turib, ta’lim vositalari va ularni yetkazib berish kanallari orqali ta’minlab beruvchi ta’lim 
hisoblanib, o‘quv jarayoniga xos bo‘lgan elementlarni: maqsad, mazmun, metod va shakllarni amalga 
oshirilishini ta’minlaydi. Bu yerda eng muhimi o‘qituvchi bilan doimiy yuzma-yuz muloqotsiz bilim 
olishdir. 
2.
Kompyuterli ta’lim – kompyuter texnikasi, pedagogik dasturiy vositalar hamda kompyuter 
telekommunikatsiya vositalaridan foydalaniladigan maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu vaziyatda eng 
muhim talab turli xil kompyuter uskunalari bilan ishlash ko‘nikma va malakasini erkin egallash 
hisoblanadi.
3.
Elektron ta’lim (ET) – o‘qitish yoki o‘qish, o‘quv axborotlarni yetkazish yoki u bilan o‘zaro 
almashish telekommunikatsiya texnikalari va aloqa kanallari (telefon, radio, televidenie, kino, faksimil 
aloqalar va boshqalar)dan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bu yerda eng muhimi axborotni topish, 
qayta ishlash, uni o‘quv materiali sifatida o‘zlashtirish haqidagi bilim va ko‘nikma hisoblanadi.
Umuman olganda, didaktik tizimlarga bevosita o‘rgatish va o‘qitish jarayonini amalga oshirishga 
taalluqli va quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi (ular ham o‘z navbatida yetarlicha murakkab qism 
tizimlar ham hisoblanadi) [4]: maqsad, mazmun, usullar, vositalar, shakllar, ta’lim beruvchilar 
(o‘qituvchilar), ta’lim oluvchilar (talabalar, tinglovchilar). 
Tadqiqot ishimizda ta’lim maqsadini ixtisos modeliga mos ravishda shakllanadigan va 
rivojlanadigan bilimlar, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar hamda shaxsiy tajriba, qobiliyat va sifatlar 
tizimi deb tushunamiz.
O‘quv maqsadi
 –
o‘quv jarayonini tashkil qilish va uning sifatini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat 
qiladi.
Ta’lim mazmuni – bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, tajriba va atrof-muhitga bo‘lgan hissiy-
qadriyatli korporativ ijtimoiy buyurtmaga mos pedagogik moslashtirilgan munosabatlar tizimidir. 
Axborot xavfsizligi kursi bo‘yicha elektron ta’limga nisbatan biz o‘qitish usullari deb pedagogik 
dasturiy vositalar va telekommunikatsiyalardan foydalanish tufayli ta’lim beruvchi tomonidan bilvosita 
boshqariladigan ta’lim oluvchining (ta’lim oluvchilar guruhining) ketma-ket o‘zaro bog‘liq amaliy tizimini 
tushunamiz. 
Fikrimizcha, faqat elektron ta’lim sharoitlaridagina umumdidaktik usullari to‘liq tarzda amalga 
oshiriladi [3, 24-67-b.]: 
-
axborot-retseptiv; 
-
reproduktiv; 
-
muammoli, evristik; 
-
tadqiqotli. 
Yuqorida sanab o‘tilgan usullardan dastlabki ikkitasi passiv, chunki ular ta’lim oluvchidan 
axborotni faol qayta ishlash va uning ustida refleksiya o‘tqazishni talab etmaydi. Bu usullarni qo‘llaganda 
o‘qitish sifati yo axborotni eslab qolish, yoki uni qayta takrorlash darajasi bilan aniqlanadi.
Muammoli, evristik va tadqiqot usullari ta’lim oluvchidan bilimlarni faol ijodiy qayta ishlashini, 
refleksiyani hamda shaxsiy tajribasini qayta ko‘rib chiqishni talab etadi. Bu usullarning har biri 
o‘qitishning o‘ziga xos maqsadlari, bilimlarni o‘zlashtirish usullari, ta’lim jarayoni subyekt va 
obyektlarning faoliyati me’yorlari va o‘zaro hamkorlik tavsifi bilan aniqlanadi. Elektron ta’lim usullarini 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish