Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet152/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son 
117 
UDK: 37:378 
TALABALARDA KONFLIKTOLOGIK KOMPETENTLIKNI
SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI 
 
dots. Yu. A. Ahrorov , N. Sh. Mirzoyeva 
Samarqand Davlat universiteti 
 nigora-2204@umail.uz 
 
Annotatsiya.
Ushbu maqolada o‘quv jarayonida sodir bo‘ladigan talabalar va ularning ta’lim- 
konfliktli vaziyatlarda talabalarda konfliktologik kompetentlik sifatlarini shakillantirish yo‘l-yo‘riqlari va 
mexanizmlari ishlab chiqilgan. Mavzuga doir ilmiy izlanishlar va nazariy bilimlar keng yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
konflikt, ziddiyat, pedagogik nizo, ijtimoiy tanglik, adovat, xulq-atvor, munosabat, 
muloqot, anglashilmovchilik.
 
Теоретические основы формирования
 
конфликтологической компетентности 
 
у студентов
Аннотация
.
В данной статье рассматриваются противоречивые ситуации, возникающие у 
студентов в процессе образавания, а также рассмотрены принципы и механизмы развития 
компетенций студентов в конфликтных ситуациях. Широко освещены теоретические и 
практические знания по теме. 
Ключевые слова:
конфликт, конфликт, педагогический конфликт, социалная напряженность, 
враждебность, поведение, отношение, общение,
недопонимание.
 
Theoretical basis of forming confliktological competence of students
Abstract.
This article is about some conflicts in educational process of students. 
Recommendations and mechanisms of forming the ability of conflict competence of students in conflict 
situations are worked out. Scientific researches and theoretical knowledge are widely expressed in it.
Keywords:
Conflict, pedagogical conflict, social problem, opposition, attitude, conversation, 
misconception.
Keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda shiddat bilan amalga oshirilayotgan tub islohotlar 
o‘zining ijobiy samaralarini ko‘rsata boshladi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev olib borayotgan uzoqni 
ko‘zlovchi istiqbolli siyosatning tag zamirida ham, eng avvalo, O‘zbekistonni eng rivojlangan ilg‘or davlatlar 
qatoriga qo‘shish, yurtimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash, shuningdek, birinchi navbatda, 
xalqimizning turmush farovonligini yuksaltirish va munosib hayot kechirish uchun barcha zarur sharoitlarni 
yaratib berish orqali odamlarni rozi qilishdan iboratdir. 
Haqiqatdan ham, hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun o‘z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon 
yo‘qotmaydigan masala bo‘lib qolmoqda. Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida yangi-yangi, buyuk 
imkoniyatlar ochmoqda. Buning uchun yoshlarimiz bilan ko‘proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, 
dardini bilish, muammolarini yechish uchun amaliy ko‘mak berishimiz kerak. [1]
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-yil 7-fevralda 
2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 
tasdiqlandi. Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo‘yicha yil nomlanishidan 
kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi.
Xususan ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil 
oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy 
faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy 
infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, 
ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini 
takomillashtirish kabi vazifalar belgilab berilgandir. Dasturda ushbu yo‘nalishda ta’lim tizimiga ham alohida 
e’tibor qaratilgan. Malakali kadrlar, bilamizki, yurtimiz rivojida, uning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini yanada 
mustahkamlashda eng asosiy omil hisoblanadi. Shuning uchun ham dasturda maktabgacha ta’lim tizimidan 
tortib, umumiy o‘rta ta’lim, oliy va undan keyingi ta’lim, malaka oshirish masalalari yuzasidan chora-tadbirlar 
belgilanganligini ko‘rish mumkin. Masalan, bitiruvchilar jamg‘armasini tashkil qilish rejalashtirilganligini 
olaylik. Bu shunday jamg‘arma bo‘lishi ko‘zlanganki, ta’lim muassasasini bitirib, xayriya qilish imkoniga 
erishgan bitiruvchilar o‘zlarining ushbu ta’lim muassasini rivojlantirishga hissasini qo‘shish imkoniyati tartibi 
belgilanadi. Bunda, albatta, jalb qilinayotgan mablag‘lar maqsadliligi va samaradorligi ortishi imkoni yaratilib, 
barcha darajadagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotganlar va o‘qituvchi-professorlarni rag‘batlantirishning 
qo‘shimcha imkoniyati yaratiladi. 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish