ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son
13
chingiziylar va eng so‘nggi hamda ko‘p miqdorda kelishi XVI asrning boshlarida, aniqrog‘i
Shaybonixon hukmronligi davriga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, qipchoq o‘zbeklar ba’zi kishilar o‘ylaganidek, Markaziy Osiyoga kelganga (keng
tarqalgan davrlarigacha, XVI asr- U.S.) qadar ko‘chmanchi, juda qoloq davlat vakillari bo‘lgan emas,
balki ular ham bu davrgacha turg‘un hayotga, ancha katta madaniyatga, og‘zaki va yozma adabiyotga
ega bo‘lganlar. Ular bu yerga (Markaziy Osiyoga –U.S.) kelganga qadar Misrda, Turkiyada va
xususan, Oltin O‘rda hamda temuriylar davlatida juda katta mavqega ega bo‘lganlar. Ular Temuriylar
davlati bilan eng yaqin iqtisodiy, siyosiy, madaniy va hatto, qarindoshlik munosabatlarida
bo‘lishgan...” [9, 7-12]. Ushbu muhim malumotlar bilan birlikda qipchoqshunos olim o‘z asarida
qipchoq qabilasiga xos juda ko‘p urug‘lar va ularga xos tarmoqlarining nomlari va tarqalish yerlari
haqida ham muhim ma’lumotlar bergan. Lekin ushbu maqolamizda ular haqida keng to‘xtalish imkoni
yo‘q. Bu mavzu alohida, maxsus ishni talab etadi.
Xullas, yuqorida keltirilgan tarixiy manbalardagi ma’lumotlarda qipchoq-o‘zbeklar turkiy
qabilalarning yirik va eng qadimgilaridan bo‘lib, ularning Markaziy Osiyoda tub aholi sanalgan
turkiy-o‘zbeklar bilan aloqa-munosabati va aralashuvi miloddan avvalgi davrlar bilan bog‘lanadi,
degan dastlabki xulosaga kelish mumkin. Shuningdek, qipchoqlar va ularning dialekti (tili)ni o‘zbek
xalqi va tilining shakllanishida asosiy komponetlardan biri degan fikrga to‘liq qo‘shilamiz. Bu xulosa
talqin etilayotgan keyingi manbalarda to‘liq o‘z tasdiqini topadi.
Adabiyotlar
1.
Abdurahmonov G‘. O‘zbek xalqi va tilining shakllanishi haqida. -T.: TDSHI, 1999. -88 b.
2.
Abulg‘oziy Baxodirxon. Shajarai turk. (Nashrga tayyorlovchilar:Q.Munirov, Q.Mahmudov).-
T.: Cho‘lpon, 1992. -200 b.
3.
Abushiy X.A. Turkiy qavmlar tarixi. –T.: Cho‘lpon, 1995. - 240 b.
4.
Asqarov A. O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi. -T.: Universitet, 2007. -340 b.
5.
Doniyorov X. O‘zbek xalqining shajara va shevalari. -T.: Fan, 1968. -98 b.
6.
Doniyorov X. O‘zbek xalqining shajara va shevalari, (
Жданко T.A. Каракалпаки (основные
проблемы этнической истории и этнографии). -М.: 1964). - 98 b.
7.
Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. Uch tomlik. 1-t. -T.: Fan, 1960. -499 b.
8.
Nasimxon Rahmon. Turk xoqonligi. -T.: Abdulla Qodiriy, 1993. -142 b.
9.
Sanaqulov U. Qipchoq etnonimi va uning Dashtiqipchoq toponimiga aloqasi. -T.: Navro‘z,
2015. -48 b.
10.
Shoniyozov K. Qarluq davlati va qarluqlar. -T.: Sharq, 1999. -191 b.
11.
Xudoynazarov H. Shajarai turk va uning o‘rganilishi. -T.: O‘qituvchi, 1983. -128 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |