10-sinf ona tili
1 “O’zbek tili-o’zbek xalqining ma’naviy mulki” fikri kimga tegishli?
A. Abdulla Avloniy
B.Sirojiddin Sayyid
C. Islom Karimov
D.Abdulla Qodiriy
2. Milliy til nima?
A. Ma’lum millat vakillari uchun umumiy bo’lgan til.
B. Xalq shevalari, oddiy so’zlashuv unsurlari, jargonlarni o’z ichiga olgan til.
C.Milliy madaniyatning ko’zgusi sifatida xalqni ruhan birlashtiradigan vosita.
D. Barcha javoblar to’g’ri.
3. Badiiy uslubda qo’llangan shevaga oid unsurlar nima maqsadga xizmat qiladi?
A. Uslubiy-estetik maqsadga xizmat qiladi.
B.Adabiy tilning qimmatini oshiradi.
C. Shevaga oid so’zlarni yaratadi.
D.Barcha javoblar to’g’ri.
4. Ijobiy va salbiy munosabatlarni ifodalovchi uslubiy bo’yoqni toping?
A.Funksional bo’yoq
B.Emotsional-ekspressiv bo’yoq
C.Tasviriy ifoda
D.Barcha javoblar to’g’ri
5.Murshid so’zining ma’nosi nima?
A.Tariqat odoblaridan saboq beruvchi pir, shayx, ustoz
B.Dushman, g’anim
C. Islom dini tarqalgan mamalakatlarda bilimdon kishilarga berilgan nom.
D.So’fiylik yo’liga kirgan shaxs
6. Badiiy uslubga xos so’zni toping.
A.Ovqat
B.Taom
C. Ne’mat
D.Xo’rak
7 Quyida berilgan sinonimlardan qaysi biri, asosan, “gunoh-aybni kechirish iltimosi” ma’nosida qo’llanadi?
A. Kechirim
B.Uzr
C. Avf
D.Afv
8.Mumtoz adabiyotdagi tuyuq janrining asosini qanday so’zlar tashkil etadi?
A.Ma’nodosh so’zlar
B. Shakldosh so’zlar
C.Paronim so’zlar
D.Uyadosh so’zlar
9. Yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, jamol so’zlaridagi ma’lum uslubga xoslanganligi va uslubiy bo’yog’ini farqlang.
AYuz – biron-bir uslubga xoslanmagan, bet, aft, bashara, turq – so’zlashuv uslubida, salbiy bo’yoq.
Chehra, jamol – badiiy uslubda, ijobiy bo’yoq.
B.Yuz, bet - biron-bir uslubga xoslanmagan, bet, aft, bashara, turq – so’zlashuv uslubida, salbiy bo’yoq. Chehra, jamol – badiiy uslubda, ijobiy bo’yoq.
C.Yuz – biron-bir uslubga xoslanmagan, bet, aft, bashara, turq - badiiy uslubda, ijobiy bo’yoq.
Chehra, jamol – so’zlashuv uslubida, salbiy bo’yoq.
D.Yuz, bet - badiiy uslubda, ijobiy bo’yoq. bet, aft, bashara, turq - so’zlashuv uslubida, salbiy bo’yoq. Chehra, jamol – biron-bir uslubga xoslanmagan
10. Tig’i ishqing yorasidur butmagan,
Dardini har kimga aytib butmagan.
Hajr sahrosida ohim o’tidin,
Anda gul yoxud giyohe butmagan. (A.Navoiy)
Shakldosh so’zlarning ma’nosini izohlang.
A.tugamagan, o’smagan, tuzalmagan
B.tuzalmagan, tugamagan, o’smagan
C.tugamagan, tuzalmagan, o’smagan
D.o’smagan, tugamagan, tuzalmagan
11. Funksional bo’yoqdor so’zlarni toping.
A. Inson, bashar
B.Jamol, bashara
C. Jujuq, bag’rim
D.Kun, tun
12. Adip so’zining manosi …
A. Adabiy asarlar ijodkori, yozuvchi
B.Tortmoq, olmoq
C. Mol-mulk
D.To’n, xalat kabilarning chetiga tikiladigan ensiz mato – mag’iz
13. Adabiy tilning yozma shaklga xos bo’lib, muyyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo’lgan nutq uslubi qaysi?
A. Badiiy
B.Rasmiy
C.Publitsistik
D.So’zlashuv
14. “O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati” muallifi kim?
A. A.Hojiyev
B. N.Mahmudov
C. Sh.Rahmatullayev
D. A.Ma’rufov
15. Gap bo`laklarining odatdagi tartibi qanday bo`ladi?
1) kesim odatda gapning oxirida keladi;
2) hol kesimdan oldin turadi;
3) hol egadan oldin turadi;
4) to‘ldiruvchi kesimdan oldin turadi;
5) aniqlovchi aniqlanmishdan keyin keladi.
A. 1, 2, 4, 5
B. 1, 2, 4
C. 1, 3, 4, 5
D. 1, 3, 4
16.. Dissertatsiya qaysi uslubning shakli hisoblanadi?
A. badiiy uslub
B. rasmiy uslub
C. ilmiy uslub
D. publitsistik uslub
17. Azob, aziyat, jabr, jafo, ozor, zahmat, alam, iztirob, uqubat, sitam.
Berilgan sinonimlardan qaysi biri keng tushunchaga ega, u «ruhiy va jismoniy qiynoq» ma’nosida ham, «o‘zga tomonidan bo‘ladigan, shuningdek, biror narsadan bo‘ladigan qiynoq» ma’nosida ham qo‘llanaveradi?
A. azob
B. aziyat
C. jabr
D. zahmat
18. Jilmaymoq so`zining qaysi sinonimida salbiy baho kuchli?
A. tirjaymoq
B. irshaymoq
C. irjaymoq
D. ishshaymoq
20. Rabot so`zi qanday ma’nolarni ifodalaydi?
1) Mustahkamlangan qo‘rg‘onlarda soqchilar turadigan joy yoki bir-biridan ma’lum masofada joylashgan istehkom; qo‘rg‘on.
2) Savdo yo‘llaridagi mustahkamlangan manzil, karvonsaroy.
3) Shahardan chetroqdagi turar-joy.
A. 1, 2
B. 2, 3
C. 1, 2, 3
D. 1, 3
21.Qaysi so`roq gapda hayrat va taajjub ma’nosi ifodalangan?
A. Shunaqayam bo‘ladimi?!
B. Men g`olib bo`ldimmi?
C. Vaqtida yetib bora olarmikanmiz?
D.Bu kishi kimingiz bo‘ladir, bek aka?
22. Yamon so‘zkim kelib jong‘a urg‘ay,
Do'stlaringiz bilan baham: |