Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son 
78 
Literary views of Confucius and the emergence of ancient Chinese literature 
Abstract.
The article examines the literary views of Confucius and the process of the 
emergence of early Chinese literature. Writers usually begin the chronology of ancient Chinese 
literature with the oldest monument of Chinese literature "Shi-jing" ("Book of Songs", 
诗经
). The 
book contains 305 folk songs of various genres, created in the XI-VI centuries B.C. and they reflect 
the diverse phenomena of spiritual and social life. The drafting of the works is attributed to Confucius. 
The book was included in the canonical collection of Confucian texts "Pentateuch". Confucius and his 
disciples contributed to the euhemerization of Chinese myths, as a result of which some mythical 
images turned into historical personalities. The article also provides information about the first 
Chinese poet Qu Yuan, and his works “Lisao” and “Questions to Heaven." 
Keywords:
Confucius, Shi jing, Lunyu, Sy-shu, Wu-ching, Chinese mythology, Yang and Yin 
philosophy, myth, euhemerizetion, Qu Yuan, his works “Lisao” and “Questions to Heaven”. 
Odatda adabiyotshunoslar eng qadimgi xitoy adabiyotining solnomasini «Shijing» (“Qo‘shiqlar 
kitobi”, 
诗经
,
 
Shī Jīng
) folklor qo‘shiqlari to‘plamidan boshlashadi. Asar xitoy mumtoz adabiyotining 
eng qadimgi yodgorligi bo‘lib, til, mafkura, etika va xalq an’analari haqida ma’lumot beruvchi nodir 
manba hisoblanadi. Uning ahamiyatini hindlarning Rigveda va zardushtiylikning Avesto kitobi bilan 
qiyoslash mumkin. «Shijing» konfutsiylik qonunlar kitobi Vujing ( Besh kitob) to‘plamiga kirgan 
bo‘lib, er. ol. XI
 –
VI asrlarda ijod qilingan 305 xalq qo‘shiqlaridan iborat.
[
1, 231
]
“Shijing” nafaqat xalq ommasi orasida, balki xitoy oliy tabaqasi, ziyolilar muhitida ham sevilib 
o‘qilgan, “Qo‘shiqlar”ni yod bilish Xitoyning madaniy tabaqa vakili deb tan olinishiga asos bo‘lgan. 
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda “Shijing” Konfutsiy (
孔子

Kǒngzǐ, er. ol. 28.09.551 – 479 yy.) tahrir 
qilganligi uchun konfutsiylik mumtoz kitoblari sirasiga kiritilgan.
Konfutsiyning o‘git va suhbatlari asosida uning shogirdlari “Lunyuy” kitobini tartib berishgan. 
“Lunyuy boshdan-oyoq “jo‘mard inson” tushunchasiga bag‘ishlangan. Konfutsiyning eng muhim 
kategoriyalari – “jen”, “li”, “ven” bo‘lib, bir vaqtning o‘zida komil inson va ham “jo‘mard inson” ning 
tushunchalaridir.” 
[
2, 25
]
Konfutsiylik kitoblariga mansub «Sishu» ( 



Si 
Shū
, to‘rt kitob) va «Vujing» ( 



Wǔjing

besh kitob) asarlari bizning davrimizgacha etib kelgan eng qadimgi adabiy-ma’naviy yodgorliklardan 
hisoblanadi.
Konfutsiylikka kirish manbasi vazifasini o‘tagan To‘rt kitob - «Sishu» faylasuf va pedagog Chju 
Si ( 
朱熹

Zhū Xī
,12 asr) tomonidan tartib berilgan. Uning tarkibiga «Lunyuy» (
论语

L’n Yǔ
, suhbatlar 
va talqinlar), “Mengzi” (
孟子
, ustoz Men), Szenzining «Dasyue» (
大學
, Buyuk Bilim) va Szisining 
«Chjunyun» (
中庸
, O‘rta haqida Bilim) asarlari mansubdir.
Konfutsiylik qonun-qoidalarining besh kitobi - «Vujing»ga quyidagilar mansubdir: Ijing 
(易
经)
— evrilishlar kitobi, karomat qilishning o‘ziga xos tizimi talqiniga bag‘ishlangan kitob. 
Keyinchalik “10 qanot” asari sirasidagi tafsirlar bilan boyitilgan, Shijing (
诗经
)— qo‘shiqlar kitobi, 
Vujing 

书经)
- tarix kitobi. Xitoy elining vujudga kelishi va uning qadimgi tarixi haqidagi saj’ 
shaklida yozilgan epik asar, Litszi
(礼

) — marosimlar kitobi. Hukmronlik va boshqaruvning 
mukammal tizimiga oid qaydlar — ijtimoiy munosabatlarni, urf-odat marosimlarini tartibga solish, 
konfutsiylik talablaridagi eng mukammal deb bilingan qadimgi xonlar boshqaruv tizimi, qadimgi 
taqvim haqidagi yo‘riqnoma, Chunsyu
(春秋)
— Bahor va kuz. Lu amirligining solnomasi. Garchi 
asar shaxsan Konfutsiy ma’lumotlari asosida yozilgan deyilsa-da, manbaning so‘ngidagi hodisalar 
allomaning o‘limidan keyin yuz bergan. Asar voqealar tafsiloti bayonidan ko‘ra, ko‘proq ularga 
konfutsiylik axloq siyosati tomonidan berilgan baho, munosabatga bag‘ishlangan. 
Qadimgi xitoy miflarining o‘ziga xos asosiy xususiyatlaridan biri ulardagi mifologik 
personajlarning tarixiylashtirilishi (evgemeratsiyasi) bo‘ldi. O‘zlarining nazariyalariga mos ravishda 
miflarni talqin qilishga xarakat qilgan Konfutsiy izdoshlari ruhlarni odamlarga aylantirishga, mif va 
asotirlar uchun ratsional talqinlar topishga ko‘p ter to‘kishdi. Bu holat konfutsiylikning idrokka 
asoslangan dunyoqarashi ta’sirida yuz berib, afsonaviy obrazlar qadimiyatning real shaxslari sifatida 
talqin qilindi. Miflardagi ma’bud va yarim xudolar hukmdor va imperatorlarga, qolganlar esa 
amaldorlar,to‘ra, boyvachcha va turli ko‘rinishdagi personajlarga aylanishdi.
Shunday qilib, miflar an’anaviy tarixning ajralmas kismiga aylandi. Masalan mifologik talqinda 
sariq imperator Xuangdining to‘rt yuzi bo‘lgan, Konfutsiyning mohirona talqini natijasida Xuangdi to‘rt 
amaldorni erning to‘rt tomonini idora qilish uchun yuborgan mazmuniga o‘zgarib ketgan. Shu kabi 



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish