ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son
79
xitoy miflari taqdirning taqozosi bilan turli o‘zgarishlarga yuz tutdi va o‘zining dastlabki badiiy
mazmunini yo‘qota bordi.
Konfutsiylik bilan bir davrda paydo bo‘lgan “Daosizm” (“narsalar yo‘li” ta’limoti) mustaqil
falsafiy ta’limoti xitoy folklori va yozma adabiyotining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Ta’limotning asoschisi sifatida qadimgi xitoy donishmandi, yarim afsonaviy Laozi (er.ol.VI — V asrlar)
qayd etiladi, unga nisbat beriladigan va gohida “Laozi”, nomi bilan ataladigan “Dao dejing” asari xitoy
xalqlari tafakkurining buyuk yodgorligi bo‘lib, O‘rta Sharq madaniyatining taraqqiyotiga ulkan hissa
qo‘shdi
[
3, 15
]
. Daosizm negizida Chu xonligining va boshqa qo‘shni davlatlarning mistik va
shomonlik tushunchalari, Si xonligining abadiylikka oid ta’limoti va sehrgarlik amaliyoti, shimoliy
Xitoyning falsafiy-adabiy an’analari o‘z aksini topdi.
Muallifi mavjud bo‘lgan xitoy she’riyati Xitoy janubidagi Chu saltanatida vujudga keldi.
“Shijing” ta’sirida vujudga kelgan “Chu she’riyati” nomini olgan lirik to‘plamga mansub bo‘lgan 17
asardan 8 she’r Syuy Yuanga tegishli ekanligi manbalardan ma’lum.
Syuy Yuan ( er. ol. 340—278 yy.) birinchi bo‘lib xalq she’riyatini ijodiy o‘zlashtirib, individual
she’riyatga aylantirdi. Uning adabiy merosi quyidagilardir: “Lisao” va “Osmonga savollar” dostonlari,
“To‘qqiz elegiya (mungli she’r)” turkumidagi she’rlar, “to‘qqiz yalla” maqomidagi o‘n bir qo‘shiq va
“Qalbning chaqirig‘i” turkumiga mansub bo‘lgan qo‘shiqlar.
Adib ijodining cho‘qqisi “Lisao” dostonidir. “Li” ieroglifining ma’nosi – ayriliq, “sao” – adabiy
termin bo‘lib, asosan “elegiya” ma’nosini anglatgan. Asarning bir qancha talqinlari mavjud bo‘lib, ular
“Motamga g‘arq bo‘lgan”, “G‘amga botgan”, “Ayriliq azobi” shaklida keltiriladi.
Xitoy adabiyoti, folklori kabi qadimgi tarixga ega bo‘lib, xalqning bu buyuk dahosi bir necha
asrlar va sulolar davrida yaratilib takomillashib keldi. Ayrim manbalarda keltirilishicha, qadimgi
sulolalar mifologik ildizlarga ega bo‘lib, ular Konfutsiy izdoshlari tomonidan reallashgan.
Qadimgi xitoy mifologiyasi bizning davrgacha parchalar holida etib kelgan. Buning sabablari
quyidagichadir:
Birinchidan, Konfutsiylik paydo bo‘lgach asosan etika, oila asoslari, davlat boshqaruvi
o‘rganildi, ma’budlar va yovuz ruhlar talqiniga bag‘ishlangan, fantastik tushunchalar aks etgan qadimgi
miflar Konfutsiy va uning izdoshlari tomonidan evgemerizatsiya qilindi;
Ikkinchidan, qadimgi xitoy miflarida turkiy asotirlardagi kabi ezgulik va yovuzlik ruhlarini qat’iy
farqlash, qutblash bo‘lmagan. Ularning o‘rniga yaratila boshlangan yangi miflarda bu masalada
siljishlarga erishilgan bo‘lsa-da, xalq miflarni yangilangan shaklini kabul qilolmagan. Bu kabi miflar el
orasida ommalashmaganligi sababli oldingi miflar kabi yangilari ham nuqsonli bo‘lib qolgan;
Olib borgan tadqiqotimiz jarayonida xitoy – o‘zbek folklori epik qahramonlari faoliyati, dinamik
evolyusiyasi, sayyor syujetlardagi in’ikosida ko‘plab uyg‘un jihatlarga egaligi ma’lum bo‘ldi. Bu holat
ikki xalq mifologik tushunchalari ma’lum bir “bobo” syujetlarga - bir genezisga ega bo‘lganligini
asosladi. Qadimgi xitoy adabiyotining vujudga kelishida Konfutsiyning o‘rni katta bo‘ldi. Garchi
miflarning evgemeratsiyasida konfutsiy ta’limoti vakillarining ta’siri bo‘lgan bo‘lsada, bu ta’limot ilk
xitoy adabiyoti rivojiga o‘ziga xos turtki vazifasini o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |