Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

 
UDK: 398.3 
LАTIFАDА METАFORА ( ISTIORА) 
 
B. M. Suvankulov 
Jizzax davlat pedagogika instituti 
Baxt19@mail.ru  
Аnnotatsiya
. Maqolada latifalardagi anʼanaviy vositalardan biri – metaforaning latifadagi 
g‘oyaviy-badiiy o‘rni va ko‘rinishlari (turlari) tahlil qilingan. 
Kalit so‘zlar
: latifa, metafora, aytuvchi, dialog, metaforik nutq, komik vaziyat. 
 
Метафора в латифах 
Аннотация

В статье проанализирована идейно-художественная роль метафоры и их 
виды как одно из традиционных средств латифы. 
Ключевые слова
: латифа, метафора, сказитель, диалог, метафорическая речь, 
комическая ситуация. 
 
Metaphor in latif 
Abstract.
The article deals with the detailed analysis of metaphor – as the means of traditional 
chunk in latifs, its ideological-literary role and types.
Keywords
: joke, metaphor, author, dialogues, metaphoric speech, comic situation 


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son 
30 
Xalq latifalari badiiy tasvir vositalari tizimida metafora o‘z o‘rniga ega. Latifalarda kam 
uchrashiga qaramay u o‘z shakli va vazifasi bo‘yicha hajviy latifalarning badiiy-g‘oyaviy xususiyatlari 
bilan mahkam bog‘
langan anʼanaviy vositadir. 
Metaforaning roli xalq hajviy asarlari komik personajlarining nutqida qo‘llanishi haqida 
aytilgan bo‘lsada latifalarda maxsus o‘rganilmagan. 
Ikki narsa-hodisaning o‘xshashligiga asoslangan majoz metafora deb ataladi. Metafora yopiq 
o‘xshatish hisoblanadi. Oddiy o‘xshatishda biron narsa – hodisa ikkinchisiga o‘xshatiladi. Metaforada 
faqat ikkinchi unsurning, yaʼni o‘xshatilgan narsa – hodisaning o‘zi bo‘ladi. Shunga ko‘ra,metafora 
orqali o‘xshagan narsa – hodisa faraz qilish yo‘li 
bilan tasavvur etiladi. Masalan Аfandi qo‘l 
qovushtirib, o‘zining ayanchli holini bayon qilganda: 
“- O‘n ikkidan uchni olsang bo‘lmaydimi, axir?- dedi podsho” [1].
Bu yerda faqat o‘
xshatilgan narsa, yaʼni o‘n ikki va uch tilga olinadi. Bundan – bir yil o‘n ikki 
oy bo‘ladi, to‘qqiz oy ishlab, uch oy dam olsang bo‘lmaydimi, deganini faraz qilishimiz mumkin 
xolos. O‘xshatish uchun zarur bo‘lgan so‘z va qo‘shimchalar metaforada tushib qoladi. 
Maʼlumki, latifalarning badiiy tasviriy vositalarining alohida vazifasi va tanlovi, undagi 
“aytuvchi” hikoyasidan ustunlik qiladigan, personajlarning nutqini xarakterlovchi asosiy usullar, yaʼni 
to‘qimaning alohida xarakteri, konfliktlar, syujet dinamikasi va dialogning alohida roli orqali 
aniqlanadi. Latifada metaforaning qo‘llanilishi ham xuddi shunday janrning xususiyatiga, uning 
g‘oyaviy – badiiy vazifalariga muvofiqdir. 
Baʼzi hajviy latifalarda harakat kam o‘rin egallaydi. Ular dialog, maʼnodor jumboqli savol-
javob, so‘z o‘yini va hokazolarga quriladi. Ular qurilishi asosida kontrastlik yotadi. Bu latifalarda 
asosiysi – dialog. Latifalarning bunday qurilishi uning g‘
oyasi, yaʼni birining dono,aqlliligini va 
boshqasining go‘l, befahmligini ko‘rsatish bilan aniqlanadi. 
“Аqllar bahsi” asosiy o‘rin egallaydigan va metaforik nutqni yuzaga chiqaradigan latifalarni 
ikki guruhga ajratish maqsadga muvofiqdir. Birinchisiga Аfandining oqilona javoblari haqidagi 
latifalar kirsa, ikkinchi guruhga Аfandining go‘lligi haqidagi latifalar kiradi. 
Latifadagi metaforalar va ularning vazifalarini qarab chiqamiz. Metaforik nutq latifaning 
hikoyalanuvchi qismlariga xos emas, u faqat personajlar nutqi (dialog) da keladi. Lekin uning 
qo‘llanishi, odatda, o‘zgacha, ko‘pincha komik vaziyat yaratadi. Latifaning tugunini, konfliktini va 
kengroq – uning g‘oyasi, asosiy fikr va pafosini belgilaydi. 
“Sirli gap” [2] latifasida bir kun kechasi podsho bilan shahar aylanib yurgan vazir Аfandi va 
podsho o‘
rtasidagi jumboqli savollar va javoblarning maʼnosini tushunmaydi. Vazir bu yerda hajv 
qilinayotgan personaj emas, u oddiy odam. Аfandi esa – kamolga yetishgan shaxs, uning donoligi 
“normal” insoniy qobiliyatdan ziyod. Vazir xalq donoligining o‘ziga xos sinovidan o‘tadi. Podsho va 
Аfandi orasida majoziy shunday savol-javob bo‘lib o‘tadi. 
“- O‘n ikkidan uchni olsang bo‘lmaydimi, axir?- dedi podsho.
- O‘ttiz ikkiga yetmaydi-da taqsir,- 
javob berdi Аfandi. 
- Bo‘lmasa, bir g‘oz yuborsam patini yulib berasanmi? 
- Marhamat qilsalar, yulib berardim. 
Podsho shu javobni eshitdi-yu, o‘z yo‘liga ketaverdi”. Shundan keyin vazir – podsho suhbat 
mazmunini so‘rab qolsa javob berolmay boshim ketmasin,- 
deb xavotirlanib Аfandiga keladi. Аfandi – 
bu podshoning siri, deb hech ko‘nmaydi, vazir “bor naqd oltin – kumushlarimni keltirib beraman aytib 
beraqoling?” – 
deb yolvora boshlaganda Аfandi “o‘sha mol-dunyolarni hozir keltirib berasiz”,- deydi. 
“Vazir nochor qolib, mol-dunyolarining barini keltirib berdi. 
- Qani, ayting endi. 
- Podsho, o‘n ikkidan uchni olsang, bo‘lmaydimi? – dedi, bu – bir yil o‘n ikki oy bo‘ladi, 
to‘qqiz oy ishlab, uch oy dam olsang bo‘lmaydimi, degani edi. Mening, o‘ttiz ikkiga yetmaydi, 
deganim – bola-chaqam ko‘p, topganim, o‘ttiz ikki tishga yetmaydi, deganim edi. Podsho, bir g‘oz 
yuborsam, patini yulib berasanmi, dedi. Men rozi bo‘ldim. Mana, u seni yubordi. Patingni yulib oldim-
ku!...” 
Latifada metaforani reallashtirish usuli ahamiyatli o‘ringa ega. Metaforani reallashtirishda 
P.Bogatirev metaforik ifodani boshlang‘
ich maʼnosida talqin qilinishini tushunadi va shunga dialoglar, 
dialoglardan keyingi harakatlardan misol keltiradi. Ularni faqat shu xususiyati bilan cheklab 
qo‘ymaydi [3]. Latifa metaforani nafaqat nutqda reallashtirish, balki ko‘proq kulgi ostiga olinayotgan 



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish