Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son 
28 
tasvirlanayotgan obrazning barcha shakl-shamoyili bilan kitobxon ko‘z o‘ngida aniq gavdalanishini 
ta’minlaydi. Metafora poetik matnda ta’sirchan vosita sifatida kitobxon ruhiyatida kutilmagan, nozik 
his-tuyg‘ularni junbushga keltiradi. Qolaversa, tasvirda kutilmaganlik metaforalarga xos xususiyat. 
Uning yana bir jihati obrazlilikdan tashqari fikrlarning qisqaligi, aniqligini ta’minlash hisoblanadi.
Tilshunoslikda an’anaviy metaforalar atamasi ham mavjud bo‘lib, bunda ko‘proq zoonimlar 
yoki afsonaviy mavjudotlar nomlari asosida yuzaga kelgan metaforalar nazarda tutiladi. Poetik 
metaforalarda xabar, ta’sir, tasvir, ruhiyat o‘zaro uyg‘unlashib, birlashib ketadi. Boshqacha aytganda, 
ma’no ko‘chishining bu turi hosila ma’noning yuzaga kelish ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. 
Metafora nutq jarayonida o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. U bir-birini taqozo qiluvchi boshqa 
vositalar bilan chambarchas bog‘liq. Uning ana shu xususiyatini hisobga olgan M.Mirtojiev 
metaforalarni sof metaforalar, sinesteziyalar va jonlantirishlar kabi ko‘rinishlarda bo‘lishini qayd 
etadi: “Sof metaforalarda o‘zaro o‘xshatilgan denotatlarning biror belgisi, aniq va ko‘zga 
tashlanadigan belgisi asos qilib olingan bo‘ladi. Masalan, darvoza oti va ulamoq fe’lida metaforik 
hosila ma’no yuzaga kelarekan, hosil qiluvchi va hosila ma’no denotatlari o‘rtasidagi o‘xshashlik 
shunday aniq belgiga asoslangan.
Sinesteziyalarda hosil qiluvchi va hosila ma’no denotatlari o‘rtasidagi o‘xshashlik belgilarning 
ongdagi umumlashmasiga asoslanadi. Masalan, 
mayin yung 
va 
mayin ovoz 
birikmalaridagi mayin 
so‘zining bu ikki ma’nosi denotatlari o‘rtasidagi o‘xshashlik birida tusmollashga, ikkinchisida 
eshitishga asoslangan belgilar ta’siri haqidadir. Sezgiga ta’sirdagi umumiylik bir xil xususiyatga 
egadir. Sinesteziyalar asosan sifat turkumiga oid so‘zlarda va fe’l turkumiga oid so‘zlarning sezgiga 
ta’sir belgilarida ko‘p uchraydi. Masalan, 
terisi dag‘allashgan 
va 
ovozida g‘allashgan 
birikmalaridagi 
dag‘allashmoq fe’llari leksik ma’nosiga e’tibor berish mumkin. Ularning birinchi hosil qiluvchi va 
hosila ma’nosi namoyon bo‘lgan. Har ikki leksik ma’no ham boshqa-boshqa sezgilarga asoslangan 
belgilarga ega kechimni bildiradi. 
Jonlantirishlarda jonli narsa nomi bilan jonsiz narsa yoki voqelikni, umuman jonli narsaga xos 
belgi, harakat yoki holat nomi bilan jonsiz narsaga xos belgi, harakat yoki holatni atash va bunda 
o‘xshatishga asoslanish orqali mazkur nomda hosila ma’no yuzaga keltirishdir. Bu hodisa ayrim 
tilshunoslikka oid asarlarda personifikatsiya deb ham ataladi [4,10-11]”. 
Olim metaforalarda hosila ma’noning yuzaga kelishini ekstra lingvistik va intra lingvistik 
sabablarga bog‘lab talqin qiladi. Ekstra lingvistik sababga ko‘ra metafora va jonlantirishlar yuzaga 
keladi.
Tilshunoslikda ifoda-tasvir vositalari tahliliga bag‘ishlangan ishlarda metaforalarning 
mazmuniy tomoniga alohida e’tibor berilib, badiiy nutqqa obrazlilik baxsh etuvchi vositalardan biri 
jonlantirish ekanligi ta’kidlanadi. Ularda ko‘rsatishicha, “jonlantirish odamlarga xos bo‘lgan 
xislatlarni jonsiz predmetlar, tabiat hodisalari, hayvonot, parranda, qush kabilarga ko‘chirish orqali 
paydo bo‘ladigan tasvir usulidir [2,11]. A.Shomaqsudov, I.Rasulov, R.Qo‘ng‘urov, H.Rustamovlar 
tomonidan yaratilgan “O‘zbek tili stilistikasi” kitobida jonlantirishga “kishilarning harakatlari, his-
tuyg‘ulari, so‘zlash va fikrlashlari jonsiz predmetlarga ko‘chirilishi” sifatida izoh beriladi [7,245].
Jonlantirish metaforaning bir ko‘rinishi sifatida badiiy, xususan, poetik matnlarda ko‘p 
ishlatiladi. Bunda ijodkorning aslida jonsiz bo‘lgan narsa va predmetlarga, hodisalarga xuddi tirik 
insonlarga qilinganidek munosabatda bo‘ladi, ularni fikrlashga, so‘zlashga yoki ma’lum xatti-
harakatlarni bajarishga undashi zamirida ma’lum bir kommunikativ maqsad yotadi. Badiiy matnlarda 
jonsiz narsa va predmetlarning insonga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi, fikrlashi, xatti-harakati asosida 
aslida insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatib berish, ularni obrazli, ta’sirchan tarzda o‘quvchiga 
etkazish ko‘zda tutiladi.
O‘zbek mumtoz adabiyotida qadimdan tasviriy vosita sifatida qaaraluvchi jonlantirishning 
tashxis hamda intoq deb yuritiluvchi turlari o‘zaro farqlangan. Poetik nutqda shoir o‘z fikrlarining 
obrazliligini ta’minlash uchun ko‘pincha tashxisdan foydalangan. Ijodkor o‘z fikrlarini metafora 
vositasida ifodalash bilan kutilmagan obrazlilik hosil qilgan va o‘zi yaratgan obraz orqali o‘quvchini 
tushunishini osonlashtirgan. U bu orqali o‘quvchining voqelik faktlariga to‘g‘ri munosabatda 
bo‘lishiga hamda ularni haqqoniy baholashi uchun zamin yaratgan. Masalan: 
“Faust” yondi gurillab \ 
“Xamsa” o‘tga tutashdi \ Bu sado jahon bo‘ylab \ Taraldi, tog‘lar oshdi \ Bu sado yangrar hamon \ 
Sira ado bo‘lmaydi \ Olam aytar hech qachon \ Ona tilim o‘lmaydi. (E.Vohidov) 
Jonlantirishning ikkinchi turi bo‘lgan intoqda esa nutq ob’yektini xuddi insonlardek gapirtirish 
ko‘zda tutiladi. Jonlantirishning bu turi ko‘proq bolalar adabiyotida ko‘p uchraydi. Intoq masallarda 



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish